Mbaza. Uz imtihon javoblar


 O‘simliklar qanday hayotiy shakllarga ega?



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/39
tarix04.01.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#78396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
6 sinf botanika imtihon javoblari

2. O‘simliklar qanday hayotiy shakllarga ega?
O‘simliklaming tashqi muhitga har xil shaklda moslashishi hayotiy shakl deyiladi. Gulli 
o‘simliklar hayotiy shakllariga ko‘ra daraxt, buta, yarimbuta, bir yillik, ikki yillik va 
ko‘p yillik o‘tlarga bo‘linadi. 
Daraxtlar - bitta yo‘g‘on yog‘ochlashgan tanali, baquvvat ildizli va keng shox-shabbali, 
baland bo‘yli ko‘p yillik o‘simliklar. Olma, o‘rik, yong‘oq va shaftolining shoxshabbasi 
yoyiq; qarag‘ay va terakniki g‘uj va tik; sadaqayrag‘ ochniki sharsimon bo‘ladi (3-
rasm). 
Tabiiy holda o‘sadigan daraxtlar sharoitga qarab birbiridan keskin farq qiladi. 
Tog‘laming o‘rta qismidagi archa bo‘ydor bo‘lib o‘ssa, eng balandliklardagisi esa 
yerdan 0,5- 1 m ko‘tariladi, xolos. Bu hoi o‘simliklami doimiy esib turadigan 
shamoldan va qishning qattiq sovuqlaridan saqlaydi. 
 
3. Kartoshka tugunagini kesing va uning bir bo‘lagiga bir tomchi yod tomizing.
Qanday o‘zgarish kuzatiladi? Kartoshka tugunagida qaysi modda zahira holda


MBAZA.UZ IMTIHON JAVOBLAR 
to‘plangan? Fikringizni izohlab bering?
 
 
2-BILET 
1. Gullar qanday usullar bilan changlanadi?
Changdonda yetilgan changlaming urug‘chi tumshuqcha-
siga tushishiga changlanish deyiladi. 
Changlanish chetdan changlanish, o'z-o'zidan changla­ 
nish (71-rasm) va sun’iy changlanishga bo‘linadi. 
2. O‘simliklar hayotida barglarning suv bug‘latishi qanday ahamiyatga ega?
0 ‘simliklar hayotidagi muhim jarayonlardan yana bin suv bug‘latishdir. Suv 
bug‘lanishi tufayli ildiz orqali suv va mineral tuzlaming so‘rilishi tezlashadi. Bu 
moddalar poya bo‘ylab harakat qiladi. Suv bug‘latish o‘simlik organ-
larini qizib ketishdan saqlaydi. Buni tajribada oson tekshirib ko‘rish mumkin. Masalan,
gultuvakda o‘sib turgan o‘simliklardan birining bargli nov- dasini kolbaga solib, og‘zi 
paxta bilan berkitilsa, oradan bir necha soat o‘tgach kolba devorida suv tomchilari hosil
bo‘lganini ko‘rish mumkin (64-rasm). Bu o‘simliklar bargi- dan bug" shaklida ajralgan 
suvdir. Suv barglardagi og‘izchalar orqali bug‘lanib chiqadi. Bir tup o‘simlikdagi 
barglar qancha suv bug‘latishini hisoblab chiqish mumkin. Buning uchun o‘simlikning 
bargli novdachasi suvli shi­ sha idishga solinadi va suv bug‘lanib ketmasligi uchun ning
yuziga ozroq moy tomiziladi. Tarozining bir pallasiga shisha idish, ikkinchi pallasiga 
qadoq tosh qo‘yib5 pallalar muvoza- natga keltiriladi. Barglar suvni bug‘latganligi 
uchun shisha idishdagi suv kamayadi. Natijada shisha idishli tarozi pallasi asta-sekin 
ko‘tariladi. Oradan bir sutka o‘tgandan keyin ta­ rozi pallalari qadoq toshlar orqali yana 
muvozanatga kelti­ riladi va bir sutkada qancha suv bug‘langanligi aniqlanadi.
0 ‘simliklar tuiiga va qayerda o‘sishiga qarab tuproqdan ola- digan suvni turli darajada 
bug*latadi. Issiq va quruq sharoitda o‘sadigan 0‘simliklar suvni nisbatan kam 
bug‘latadi. Chunki ayrim cho‘l o‘simliklarining barglari juda maydalashib ket-
gan (saksovulda) yoki shaklini o‘zgartirib, tikanga (kaktus- larda) aylangan. Boshqa bir 
tur o‘simliklar esa tuklar bilan qalin qoplanganligi uchun suvni kam bug‘latadi. Ayrim
cho‘l o‘simliklari (shuvoq, qora boya- lich va boshqalar) suvni kam bug‘latishi
uchun yoz oylarida barglarini to‘kib yuboradi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin