MBAZA.UZ IMTIHON JAVOBLAR
Mikroskop yunoncha so‘z bo‘lib, mikro-kichkina, skopeo-ko‘ryapman, degan ma‘noni
bildiradi. Mikroskop – okulyar, obyektiv, buyum stolchasi, ko‘zgu, makrovint,
mikrovint, shtativ va taglikdan iborat. Mikroskop necha marta kaqttalashtirib
ko‘rsatishini bilish uchun obyektiv bilan okulyardagi sonlar bir-biriga ko‘paytiriladi.
Masalan, okulyar 15, obyektiv 40 bo‘lsa (15*40) buyum 600 marta kattalashtirilgan
bo‘ladi
3-BILET
1. Meva va urug‘lar qanday yo‘llar bilan tarqaladi?
va urug‘i ham shuncha xilma-xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra,
ular tabiatda va madaniy
sharoitda turli xil yo‘llar bilan tarqaladi.
Tabiatda o‘simliklar million yillar davomida
shamol, hayvonlar, qushlar,
hasharotlar, suv yordamida va boshqa usullar bilan tarqalib ko‘payishga moslashgan.
Meva va urug‘laming tarqalishi, ko‘p
jihatdan, ulaming tuzilishi (morfologiyasi)ga
bog‘liq. Meva va urug‘larini o‘z kuchi bilan tarqatadigan o‘simliklarga
avtoxo‘r
0
‘simliklar deyiladi. Bunga xina, ko‘pchilik
dukkakli
0
‘simliklar, burchoq, itqovun
(o‘qotar bodring), yorongul kabilar misol bo‘ladi. Bulaming urug‘i mevasi, ichki bosim,
pallalarining chatnashi yoki buralishi hisobiga tashqariga otilib chiqadi.
Shamol
yordamida tarqaladigan o‘simliklaming mevalari nihoyatda yengil bo‘ladi. Ayrim
turlaming mevalari bir necha, hatto 50 va undan ham ortiq kilometrgacha uchib boradi.
Masalan, terak, tol, qoqio‘t, qo‘g‘a kabi mevalaming uchida joylashgan bir tutam popuk
(tuk)lar hisobiga uchadi. Qayrag‘och, shumtol,
saksovul, cherkez, boyalish, baliqko‘z,
zarang, rovoch, jud kabilarda meva atrofini o‘rab olgan qanotchalar orqali shamolda bir
yerdan ikkinchi yerga tarqalib o‘tadi. Meva va urug‘laming
tarqalishida suv katta rol
o‘ynaydi. Ayrim o‘simliklaming mevalari suv o‘tkazmaydigan qobiqqa ega bo‘lganligi
tufayli suv (dengiz, daryo, ko‘l va ariqlar) da uzoq masofalarga,
hatto bir necha kun
mobaynida qalqib borish yo‘li bilan tarqaladi. Bularga nilufar, g‘umay, kurmak,
machin, qo‘ypechak, zarpechak, zubturum, qurttana kabilar kiradi.
Dostları ilə paylaş: