MBAZA.UZ IMTIHON JAVOBLAR
shingil, qalqon, soyabon shaklidagi to‘pgullarda
joylashgan, ikki jinsli, to‘g‘ri gul,
hasharotlar yordamida changlanadi. Gulqo‘rg‘oni murakkab, to‘g‘ri, ko‘pincha 5 a’zoli.
Gul- tojbargi 5 ta, qo‘shilmagan. Changchilari ko‘p. Urug‘chisi bitta yoki ko‘p.
Mevalari bir danakli (shaftoli, o£rik), ko‘p danakli (malina, olma, nok) mevalar.
Bu oilaga tobulg‘i, olcha, na’matak, olma, olxo‘ri, bodom, nok, shaftoli, kamxastak,
gilos,
qulupnay, maymunjon kabi turkumlar kiradi (94-rasm). Mazkur oilaga kiruvchi
tur va turkumlaming ko‘pligi tu- fayli ulaming gul tuzilishini yagona formula va
diagramma bilan ifodalab bo‘lmaydi. Tog‘ va to‘qaylarda na’matak turkumiga mansub
turlar o‘sadi. Ulardan biri oddiy n a ’matak (ra’no)dir (95-rasm). U bo‘yi 2-3 m ga
yetadigan, poyasi ko‘p, tikanli, ser- shox buta.
Barglari murakkab, toq patsimon, 5-9
yaproq- chali. Iyun-iyul oylarida gullaydi. Gullari yirik, eni 8-9 sm, asosan och pushti,
gulkosacha va gultoji 5 tadan. Gulda juda ko‘p changchi va urug‘chilari bor.
3. Maktab hovlisida o‘suvchi gulli o‘simliklardan foydalangan holda o‘simlik
organlari va ularning vazifalarini aytib bering?
4-BILET
1. Urug‘lanish nima ?
Changchi va urug‘chidagi jinsiy hujayralaming qo‘shilish jarayoni urug‘lanish deyiladi.
Bu yangi organizm demakdir. Shubhasiz, chang nima, u qanday tuzilgan, degan savol
tug‘iladi. Bitta changdonda yuzlab va minglab chang dona- chalari yetiladi.
Chang
o‘simliklaming turiga qarab har xil shaklda va kattalikda bo‘ladi. Uni zamonaviy
mikroskoplar- da ko‘rish mumkin. Har bir chang donachasi mayda-yirik ikkita
hujayradan tuzilgan. Ana shu hujayralaming
yirigi vegetativ hujayra, maydasi jinsiy
(generativ) hujayra deb ataladi. Ulaming har birida sitoplazma va yadro bo‘ladi.
Urug‘chi tumshuq chasiga tushgan chang o‘simliklar tomonidan tumshuqcha
yuzasining notekisligi va undan ajralib chiqib turadigan yopishqoq shira
orqali ushlanib
qoladi. Ushlanib qolgan chang asta-sekin o‘sa boshlaydi. Uning vegetativ hujayrasi
o‘sib, uzun va ingichka naycha hosil qiladi. Generativ hu jayra bo‘linib, ikkita sperma
hosil qiladi. Chang naychasi tez o‘sib, urug‘chidagi tumshuqcha hamda ustuncha ichiga
kira di va tuguncha tomon o‘sadi. Chang naychalari turli tezlikda o‘sadi.
Ulardan
bittasi qolganlaridan o‘zib ketib, tuguncha ichidagi urug‘kurtakkacha borib yetadi.
Hosil bo‘lgan ikkita sperma chang naychasi orqali urug‘kurtakka borib, ichiga
kiradi. Shu vaqtning o‘zida urug‘kurtak ichida tuxum hu jayra va markaziy hujayralar
yetilgan bo‘ladi. Spermalar- dan biri tuxum hujayra bilan, ikkinchisi markaziy hujayra
bilan qo‘shiladi. Bu jarayon gulli o‘simliklarda urug‘lanish (qo‘sh urug‘lanish) deb
ataladi (74-rasm).
Dostları ilə paylaş: