MBAZA.UZ IMTIHON JAVOBLAR
yog‘ochlik tolalari va yumaloq - sklereid hujayralar. Skle- reid hujayralar urug‘laming
qobig‘i (yong‘oq, olcha, o‘rik) da, meva eti (nok, behi)da bo‘ladi.
3. Gulning tuzilish qismlari va vazifalarini aniqlang.
Gul - gul bandi, gul o‘mi, gulqo‘rg‘on (gulkosa, gultoj),
changchi va urug‘chidan tashkil topgan.
O‘simliklaming guli novdaga bandi bilan birikib turadi va unga gulband deyiladi.
Gulbandning yuqori qismida biroz kengaygan joy - gulo‘mi bor, unda
gulning hamma
qismlari joylashadi. Gulband shakli va o‘lchami bilan bir-biridan farq qiladi. Tabiatda
gulbandi rivojlanmaydigan o‘troq gullar ham uchraydi.
8-BILET
1. Bargning tuzilishi va vazifasi haqida tushuncha bering?
Barglar ham, o‘simliklaming boshqa organlari kabi hujayralardan tuzilgan. Birorta
o‘sirn1ikning yangi bargi- dan ko‘ndalangiga
yupqa kesib olib, buyum oynasidagi bir
tomchi suvga joylanadi, so‘ngra ustidan qoplagich oyna yopib, mikroskopda ko‘riladi
(36-rasm). Barg yaprog‘ining ustki va ostki tomoni po‘st bilan qop- langan. Uning
hujayralari bir-biriga zich yondashgan. Barg po‘stining
deyarli hamma hujayralari
shaffof bo‘lib, ular or- qali yorug‘lik barg ichiga o‘tadi. Po‘st bargning ichki qat-
lamlarini shikastlanishdan va qurib qolishdan saqlaydi. Barg po‘stida yana loviyasimon
juft hujayralar bo‘lib, ularda si toplazma va yadrodan tashqari,
yashil tusdagi
plastidalar ham bo‘ladi. Ular barg og‘izchalari hujayralari deyiladi. Og‘izchalar
barglaming faqat ostki tomonida emas, balki ustki tomonida ham bo‘ladi.
Barglaming ustki va ostki tomonidagi po‘sti oralig‘ida barg eti hujayralari joylashgan.
Ular qobiq hamda sito plazma, yadro, xlorofill donachalaridan tashkil topgan. Barg
eti hujayralari bir necha qavat bo‘lib joylashgan. Ustki po‘st tagidagi qavat
ustunchalarga o‘xshash cho‘ziq hujayralardan 41 tashkil topgan. Uning ostida ovalsi-
mon va yumaloq shakldagi hujayralar joylashgan. Bargning ko‘ndalang kesmasida to-
mirlami ko‘rish mumkin. Ular ichida qalin devorli o‘lik hujayralardan tash kil topgan
o‘tkazuvchi naylar joylash gan.
Shuningdek, tomirlarda naycha- lardan tashqari,
cho‘ziq, bir-biri bilan zanjir shaklida ulangan tirik hujayralar ham bor. Bu hujayralar
to‘rga o‘xshab, bir-biri bilan ko‘p sonli teshikchalar
orqali tutashgan elaksimon
naychalami hosil qiladi. Bulardan tashqari, tomir larda yana po‘sti qalin, pishiq, juda
uzun hujayra (tola)lar ham bo‘ladi. Bular bargga mustahkamlik beradi. Bargdagi