MBAZA.UZ IMTIHON JAVOBLAR tomirlarda suv va unda erigan oziq moddalar harakatlanadi. 0 ‘tkazuvchi naylar,
elaksimon naylar va tolalar birgalikda barg tomirining nay tolali boylamlarini hosil
qiladi. Tomir- lar barg etining hamma qismiga kirib boradi.
2. Qoqio‘tdoshlar oilasiga xos asosiy belgilar nimalardan iborat? Bu oila gulli o‘simliklar ichida eng kattasi hisoblanadi. U deyarli hamma qit’alarda va
turli-tuman ekologik sharo- itlarda o‘sadigan 920 turkumga mansub 19 000 tumi o‘z
ichiga oladi. Qoqio‘tdoshlaming ko‘p turlari bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar bo‘lib,
ulaming juda kam qismini yarim butalar tash kil etadi. Faqat tropik mintaqalarda unga
oid buta, liana va daraxtlar o‘sadi. Bu oila vakillarining barglari oddiy, poyada asosan
ketma-ket, ba’zan qarama-qarshi joylashgan. Barg yaprog‘i butun (kungaboqar), ba’zan
patsimon bo‘lingan (shuvoq). Qoqio‘tdoshlaming muhim belgisi to‘pgullarining savat-
cha shaklida bo‘lishidir. Savatcha sirtdan bir yoki bir necha ator, turli shakldagi
o‘rama bargchalar bilan qoplangan. Qoqio‘tdoshlaming ko‘pchiligida savatchalar, o‘z
nav- batida, shingil, ro‘vak, qalqon va boshcha to‘pgullarga o‘mashib, murakkab
to‘pgul hosil qiladi. Gulkosachabargi, tojbarg va changchilari 5 tadan. Gul- kosachasi
juda qisqarib ketgan, 5 tishli o‘simta yoki tukchalar shaklida. Gultoji tutash
gultojbargli, to‘g‘ri (naysimon gul) yoki qiyshiq (tilsimon gul, voronkasimon gul) (124-
127- rasmlar). Mevasi - pista meva. Qoqio‘tdoshlar oilasi asosan gul tuzilishiga qarab 2
ta oilachaga bo‘linadi.
Qoqio‘tlar dorivor o‘simlik sifatida juda qadrlanadi (128-rasm).
Yozning o‘rtalaridan boshlab voha- lardagi ekinlar orasida, yo‘l yoqalari va ariqlar
bo‘yida mazkur oilacha va- killaridan bin zangori sachratqi gul- laydi (129-rasm).
U sachratqi turkumining 0 ‘zbe- kistonda o‘sadigan yagona turi hisob lanadi.
Sachratqining savatchasidagi hamma gullar zangori rangli, ikki jins li tilsimon bo‘ladi.
Sachratqi - dorivor o‘simlik. Uning ildizi, barglari va gullagan paytda poya- sidan
tayyorlangan dorilar oshqozon- ichak kasalliklarini davolashda ishla tiladi.