10-BILET 1. Qoplovchi to‘qimaning tuzilishi va vazifasi. Qoplovchi to‘qimalar o‘simlikning barcha organla- rini tashqi tomondan qoplab turadi.
Qoplovchi to‘qima o‘simlik organlarini himoya qilish funksiyasini baja-
radi. Bu to‘qima 3 ga bo‘linadi: epiderma, periderma va po'stloq. Epiderma barg va
yosh novdalami qoplab turadi. Bu to‘qima bir qavat zich joylashgan shaffof
hujayralardan tashkil topgan. Epiderma to‘qimasi tashqi tomondan kutiku-
la yoki mum bilan qoplanadi, bu suv bug‘lanishini kamay- tiruvchi moslanishdir. Barg
va yashil poyalar epidermasida og‘izchalar bo‘lib, ular gaz almashinuvi va suv
bug‘latishda ishtirok etadi. Ko‘p yillik o‘simliklaming poya va ildizla-
rida epiderma ikkilamchi qoplovchi to‘qima - periderma bilan almashinadi. Periderma
po‘kak va boshqa hujayralar dan tarkib topgan. Po‘kak o‘lik hujayralardan iborat
bo‘lib, uning qobig‘iga maxsus yog‘simon modda (suberin) shimilgan. Shuning uchun
po‘kak o‘zidan suv va gazlami o‘tkazmaydi. Uning asosiy vazifasi o‘simlikni yozda
yuqo- ri haroratdan, qishda sovuqdan va kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlardan
saqlashdan iborat. Po‘kak hujayralari orasida yasmiqchalar shakllanadi. Daraxt va
butalaming ta- nasi va ildizida har yili po‘kak to‘qimasining yangi qavati shakllanadi.
Natijada po‘stloq qavati hosil bo‘ladi. Po‘stloq hujayralari cho‘zilish xususiyatiga ega
bo‘lmaganligi sa- babli, daraxt va butalar tanasi yo‘g‘onlashgan sari po‘stloqda
yoriqlar paydo bo‘ladi.
2. Bir hujayrali yashil suvo‘tlarining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Suvo‘tlar (tuban) ancha sodda tuzilgan o‘simliklar bo‘lib, ulaming tanasi ildiz, poya va
barglarga bo‘linmagan. Suvo‘tlar orasida bir hujayrali va ko‘p hujayralilari ham bor.
Tuban o‘simliklar tanasi qattana yoki tallom (ildiz, poya va bargga bo‘linmagan tana)
deb ataladi. Tuban o‘simliklami suvo‘tlar tashkil etadi. Suvo‘tlar, asosan, suvda
yashaydigan, hujayralarida xlorofill donachalarini saqlaydigan va yoruglik ta’sirida
organik moddalar
hosil qiladigan tuban o‘simliklar. Hozirgi vaqtda suvo‘tlaming fanga ma’lum bo‘lgan
turlari 30 000 ga yaqin bo‘lib, ular orasida ko‘k-yashil, sarg‘ish-yashil, yashil,