MBAZA.UZ IMTIHON JAVOBLAR 3. Gulli o‘simliklarning 10000 turi asalarilar yordamida changlanadi. Agar Yer yuzida asalarilar bo‘lmaganda bu o‘simliklar taqdiri qanday hal bo‘lar edi. Javobingizni izohlang. 16-BILET 1. Bug‘doydoshlar oilasining ildizi, poyasi, bargi, guli va mevasi uvun xos belgilarni ayting? Bu oilaga Yer sharidagi quruqlikning deyarli hamma qis- mida tarqalgan 10 000 ga
yaqin turga mansub bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simliklari kiradi.
Bug‘doydoshlaming ildizi qo‘shimcha ildizlar yig‘in- disidan tashkil topgan popuk
ildiz tizimli. Poyasi silindrsi- mon, tik ocsadi, bo‘g‘imlarga boclingan.
Bug‘doydoshlarga mansub o‘simliklar poyasi poxol yoki somon poya deb
ataladi. Barglari oddiy, ikki qator bo‘lib bo‘gcimlarda o‘r- nashgan. Bargi ikki
qismdan: poyani o‘rab olgan pastki qism - barg qinidan va qayrilgan qayishsimon,
nashtarsimon, tu- xumsimon yoki bigizsimon shaklli barg yaprog‘idan iborat.
Barg yaprog‘ining tagida yoki uning qindan ajralgan yerida kichkina, yupqa,
pardasimon o‘simta bo‘ladi. U tilcha deb ataladi. Tilcha yomg‘ir paytida, barg qinining
ichiga suv ki~ rishidan saqlaydi (142-rasm). Gullari mayda, rangsiz, ko‘-
kimtir, boshoqchalarda joylashgan. Boshoqchalar esa 1-10 yoki un- dan ko‘p gulli
bo‘lib, o‘z navbati da, murakkab boshoq, ro‘vak kabi to‘pgulga yig‘ilgan. Gullari ikki
jinsli yoki bir jinsli. Har bir bo- shoqcha ikkita (ostki va ustki) bo- shoqcha qipig‘i
bilan o‘ralgan. Uning ichida ikki gul qipig‘i bilan o‘ralgan changchilar va urug‘chidan
iborat gullar o‘mashgan. Gul qipig‘ining boshoqcha o‘qidan chiqqan etli va
kattarog‘i ostki gul qipig‘i, uning qarshisidagi gulbanddan chiqqan, kichikroq, nozik
va mayini ustki gul qipig‘i deyiladi. Changchila-
ri ko‘pchiligida 3 ta, ba’zan 6 ta.
Urug‘chisi bitta, tumshuqchasi 2-3 ta bo‘lib, patsimon shoxlangan. Mevasi quruq, bir
urug‘li dondir. Adiming yuqori va tog‘ning o‘rta qismida joylashgan yalangliklarda
bo‘yi 50-150 sm keladigan piyozli arpa o‘sadi. Uni javdar, xarduma, tak-tak, tog‘arpa
deb ham atashadi. 0 ‘zbekistonda oilaning tabiiy holda tak-tak, g‘umay, qo‘ng‘irbosh,
ajriq, qamish kabi turlari o‘sadi. 0 ‘zbekistonda begona o‘t - g‘u- mayni bilmaydigan
odam kam. G‘umay jo ‘xori turkumiga oid, bo‘yi 50-150 sm keladigan ildizpoyali ko‘p
yillik o‘t. Ko‘pchilikka tanish bo‘lgan begona o‘tlardan yana biri chayir ajriqdir. U
uzun va sershox ildizpoyali ko‘p yillik o‘t. Poyonsiz cho‘l va adirlarda joylashgan
qorako‘lchilik yaylovlarida o‘sadigan yem-xashak o‘simliklardan biri qo‘n-
g‘irbosh turkumiga mansub o‘simliklardir. Oziq-ovqatning asosiy manbalaridan biri va
qadim za- monlardan beri ekilib kelinadigan o‘simlik bug‘doy, sholi, makkajo‘xori va
oqjo‘xorilar ham bug‘doydoshlar oilasiga mansubdir (143-rasm). Bug‘doydoshlar
oilasidan faqat 2 ta tur 0 ‘zbekiston Res- publikasining «Qizil kitob»iga kiritilgan.