Mbaza. Uz imtihon javoblar


yon kurtak deb ataladi. Shuningdek, qo‘shimcha kurtaklar



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/39
tarix04.01.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#78396
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
6 sinf botanika imtihon javoblari

yon kurtak deb ataladi. Shuningdek, qo‘shimcha kurtaklar (ildizda, bargda) ham 
bo‘ladi. Quyida ko‘pchilikka tanish manzarali o‘simlik – terakning kurtaklari bilan 
tanishamiz. Ular novdada ketma-ket joylashadi, eng uchidagi kurtak yirik, pastdagilari 


MBAZA.UZ IMTIHON JAVOBLAR 
maydaroq bo‘ladi. Terakning kurtaklari tashqi tomondan pishiq qobiq (tangacha barg) 
bilan o‘ralgan. Bu qobiq ulami, ayniqsa, qishning qattiq sovug‘idan, kasallik 
tug‘diruvchi bakteriya, zamburug‘lardan saqlaydi. Kurtaklar uzunasiga kesib qaralsa, 
qobig‘i ostida joylashgan boshlang‘ich poyani va zich bo‘lib joylashgan boshlang‘ich 
barglami ko‘rish mumkin 
Kurtaklar qishki tinim davridan o‘tgach o‘sa boshlaydi. Tajribadan shu narsa ma’lumki, 
kech kuzda barglar to‘kilgandan keyin daraxt va butalaming shoxlaridan kesib olib 
suvga solib qo‘yilsa, kurtaklar ko‘p vaqtgacha bo‘rtmay turaveradi. Agar shoxchalar 
yanvaming ikkinchi yarmi va fevralda suvga solib qo‘yilsa, kurtaklari tez o‘sa 
boshlaydi. Kurtaklaming bo‘rtib, yangi barg yoki gul chiqarishi ma’lum bir vaqt ichida 
o‘tadi. Bu davr faza deyiladi. Erta bahorda o‘rik, shaftoli, bodom kabi o‘simliklarda 
dastlab generativ so‘ngra vegetativ kurtaklari yoziladi. 
 
3. Gerbariy va tabiiy o‘simliklardan foydalanib ildiz turlarini aniqlang?
Ildiz yuksak o‘simliklaming vegetativ organi bo‘lib,
o‘simlikni tuproqqa biriktiradi, tuproqdan suv va unda erigan 
mineral tuzlami shimadi va o‘simlikning yer usti qis-
miga yetkazib beradi. Ildiz novdadan farq qilib, barg hosil
qilmaydi. Ildizlar, odatda, asosiy, yon va qo‘shimcha ildiz-
larga bo‘linadi. Murtakdagi boshlang‘ich ildizning bevosi- ta 
o‘sishidan asosiy ildiz hosil bo‘ladi. Qo‘shimcha ildiz-
lar 
poyadan, bargdan hosil bo‘ladi. Yon ildizlar asosiy va qo‘shimcha ildizdan hosil 
bo‘ladi (15-rasm).
Bir tup o‘simlikdagi ildizlar yig‘indisi ildiz tizimi (sis- temasi) deyiladi. Ildiz 
tizimining o‘lchami va tuzilishi o‘simliklar turiga, ildizining shoxlanishiga, qo‘shimcha 
il- dizlarga hamda tuproq unumdorligiga bog‘liq. Ildiz tizi­ mi tuzilishiga ko‘ra: o‘q 
ildiz va popuk ildizga bo‘linadi (16-rasm). Murtakdagi boshlang‘ich ildiz rivojlanishda 
davom etsa, undan yon ildizlar o‘sib chiqadi, natijada o‘q ildiz tizimi ho­ sil bo‘ladi. 
Bunday moslashish ko‘pchilik ikki urug‘pallali o‘simliklarga xos. 0 ‘q ildiz tizimida 
asosiy ildiz yaxshi rivojlangan bo‘- lib, undan yon ildizlar o‘sib chiqadi. Bu ildiz tizimi 
ikki urug‘pallali o‘simliklarga xos bo‘lib, uni do‘lana, terak, saksovul, na’matak, 
g‘o‘za, qovun, tarvuz, no‘xat, loviya va mosh kabilar misolida k‘rish mumkin.
Agar 
murtakdagi boshlang‘ich ildiz o‘sishda davom et- masa, u holda boshlang‘ich poyadan 
qo‘shimcha ildizlar o‘sib chiqadi. Natijada popuk ildiz tizimi hosil bo‘ladi. 
Popuk ildiz tizimi mayda qo‘shimcha va yon ildizlardan tashkil topadi. Uning asosiy 
ildizi yaxshi rivojlanmaydi. Bun- day ildizlar, asosan, bir urug‘pallali o‘simliklarda 
uchraydi (bug‘doy, makkajo‘xori, arpa). Demak, ildizlar kelib chiqi- shiga ko‘ra, 
asosiy, yon va qo‘shimcha ildizlarga bo‘linadi. Shuningdek, o‘q va popuk ildiz 
tizimlari ajratiladi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin