MBAZA.UZ IMTIHON JAVOBLAR
ichida yopiq holda emas, balki qubbalaming tangachalarida ochiq holda yetishadi.
Shuning uchun ham ular ochiq urug‘li o‘simliklar deyiladi. Ochiq urug‘li o‘simliklarga
misol qilib archa, saur, qarag‘ay va qoraqarag‘ay, sekvoyadendron kabi o‘simliklami
keltirish mumkin.
2. Ildiz turlari va tizimlari haqida ma’lumot bering.
Ildiz yuksak o‘simliklaming vegetativ organi bo‘lib, o‘simlikni tuproqqa biriktiradi,
tuproqdan suv va unda erigan mineral tuzlami shimadi va o‘simlikning yer usti qismiga
yetkazib beradi. Ildiz novdadan farq qilib, barg hosil
qilmaydi. Ildizlar, odatda, asosiy, yon va qo‘shimcha
ildizlarga bo‘linadi. Murtakdagi boshlang‘ich ildizning
bevosita o‘sishidan asosiy ildiz hosil bo‘ladi. Qo‘shimcha
ildiz
lar poyadan, bargdan hosil bo‘ladi. Yon ildizlar asosiy
va qo‘shimcha ildizdan hosil bo‘ladi
3. Piyozning ichki tuzilishini izohlab bering.
Bosh piyozning piyozini hammamiz yaxshi bilamiz. U kurtak singari, tashqi tomondan
quruq qobiq bilan o‘ralgan. Bu qobiq uni yozda issiqdan va qishda sovuqdan saqlaydi.
Agar u uzunasiga kesib qaralsa, tubida qisqargan kalta poyacha borligini ko‘rish
mumkin. Piyozning tubidagi kalta poyacha asosidan pastga qarab mayda qo‘shimcha
ildizlar hosil bo‘ladi. Yuqorida esa seret qobiqlar (shakli o‘zgargan barglar), kurtaklami
ko‘rish mumkin. Piyozning ana shu seret barglari shakli o‘zgargan barglar bo‘lib,
ulaming hujayralarida oziq moddalar to‘planadi. Vaqt o‘tishi bilan kurtakdan barglar,
gulpoya o‘sib chiqadi. Gulpoya uchida to‘pgul hosil bo‘ladi. Demak, piyozbosh shakli
o‘zgargan yerosti novdadir.
Dostları ilə paylaş: