MBAZA.UZ IMTIHON JAVOBLAR 2. Meva va uning turlari haqida aytib bering? Gulli (yopiq urug‘li) o‘simliklarda urug‘lanishdan keyin meva hosil bo‘ladi. Meva,
asosan, urug‘chi tugunchasidan hosil bo‘ladi. Mevaning hosil bo‘lishida urug‘chidan
tashqari, gulning boshqa qismlari ham ishtirok etadi. Masalan, gulqo‘rg‘on, gulo‘mi va
boshqalar. Mevalar, asosan, ikki xil bo‘ladi: 1. Agar u tugunchaning o‘zidan hosil
bo‘lsa, chin meva (o‘rik, olcha, shaftoli, olxo‘ri, gilos) deyiladi. 2. Agar mevaning
shakllanishida tugunchadan tashqari gulning boshqa qismlari ham ishtirok etsa, bunday
mevalar soxta meva (olma, nok, behi) deyiladi. Meva, birinchidan, urug‘ pishib
yetilguncha uni tashqi ta’sirdan himoyalab turadi. Hdrinchidan, urug‘ning tarqali-
shiga yordam beradi. Mevalaming oraliq qismi seret va qa lin bo‘lsa, bunday mevalar
ho‘l meva deyiladi (o‘rik, shaf toli, olcha) (51-rasm). Agar oraliq qismi yupqa, etsiz,
quruq bo‘Isa, bunday mevalar quruq meva deyiladi. Masalan, no‘xat, mosh, loviya,
bug‘doy, makkajo‘xori mevalari. Ho‘l mevalar orasida ko‘p urug‘li rezavor mevalar
juda ko‘p. Ularga shirinligi bilan ajralib turadigan yuzlab uzum navlari, pomidor,
qoraqat, ituzum kabilar kiradi. Qovoq, tarvuz, qovun, handalak, tomoshaqovoq va bod-
ringning eti rezavor mevalamikiga qaraganda qalin va usti qattiq po‘st bilan o‘ralgan,
shuning uchun ular qovoq me- valarga kiradi. Bog‘larimizdan keng o‘rin olgan va
qattiq danagi, sersuv eti hamda shu danak ichida joylashgan bittadan (ba’zan ik-
kitadan) mag‘zi bilan ajralib turadigan ho‘l mevalar: o‘rik, olxo‘ri, olcha, gilos kabilar
danakli mevalardir. Bular inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan foydali moddalar-
ga va darmondorilarga boy bo‘ladi. Olma, nok, behi kabi o‘simliklaming mevasi olma
meva deb yuritiladi. Quruq mevalar chatnaydigan va chatnamaydiganlarga
bo‘linadi. Chatnamaydigan mevalarga bir urug‘li don meva
kiradi. Don mevali
o£simliklarga bug‘doy, arpa, suli, makkajo‘xori kabilar misol bo‘ladi. Chatnaydigan
mevalarga qo‘zoq, qo‘zoqcha, dukkak, ko‘sak mevalar kiradi. Bular- ning mevasi
pishgach chokidan ochiladi (chatnaydi). Masa lan, mosh, loviya, turp, rediska, jag‘-jag‘
va boshqalar. Ko‘sak mevalar bir nechta mevabargdan tashkil topgan. Urug‘
pishgandan keyin chokidan ochiladi. G‘o‘za, lola, bangidevona, mingdevona,
chuchmoma va boychechakning mevasi ko‘p urug‘li ko‘sak meva hisoblanadi (52
rasm). No‘xat, mosh, loviya, burchoq va oq akatsiya dukkak mevali o‘simliklardir.
Dukkak meva bitta mevabargdan ho sil bo‘lib, pishgach mevapallasi yon tomonidagi
chokidan ochiladi. Urug‘lari mevapallaga birikib turadi. Qo‘zoq meva (karam, qurttana,
rediska, turp) ikkita me vabargdan hosil bo‘ladi, pishgach ikkita pallaga ajraladi.
Pallalar orasida yupqa to‘siq bo‘lib, unga urug‘lar birikadi. Qo‘zoqcha meva tuzilishi
bilan qo‘zoq mevaga o‘xshaydi, faqat bo‘yi kaltaroq bo‘ladi.