22-BILET 1. Poyaning ichki tuzilishi haqida tushuncha bering? Poya yuksak o‘simliklarning yer ustidagi asosiy vegeta tiv organi bo‘lib, tayanch,
moddalar transporti, zaxira oziq moddalar to‘plash, vegetativ ko‘payish kabi
funksiyalarni bajaradi. Poya urug‘ning murtak qismidagi boshlang‘ich poyachadan
hosil bo‘ladi. Urug‘ning unishi bilan poya yer
ustiga chiqadi va meristema
hujayralaming bo‘linishi hamda yiriklashishi hisobiga o‘sadi. 0 ‘simliklar poyasi ular
qaysi sistematik birlikka kiri- shi (bir va ikki urug‘pallali) va qaysi hayotiy shaklda (o‘t,
buta yoki daraxt) bo‘lishiga qarab ichki tuzilishi turlicha bo‘ladi.
Daraxt, butalar tanasining tuzilishi o‘t o‘simliklar poyasining tuzilishidan tubdan farq
qiladi. Quyida tut darax- tining yosh poyasi ichki tuzilishi bilan tanishamiz.
Poyaning yuzasi bir qavat hujayralardan tashkil topgan epiderma bilan qoplangan.
Epiderma ostida ko‘p qavatli tirik hujayralardan hosil bo‘lgan po‘st parenximasi
(asosiy to‘qima) joylashgan.
2. O‘simliklar hayotida o‘g‘itlarning ahamiyati qanday? 0 ‘simliklar yaxshi o‘sishi, mo‘l hosil berishi va uzoq yil yashashi uchun tuproqqa
o‘g‘it solish kerak. 0 ‘g‘it tarkibida turli mineral tuzlar, mikroelementlar va boshqalar
bo‘ladi. 0 ‘g‘itlar, asosan, ikki guruhga bo‘linadi. Birinchisi, ham- mamizga ma’lum
bo‘lgan organik o ‘g ‘itlar, ya’ni go‘ng. Ular tuproqda chirib, uning holatini yaxshilaydi
va hosildor- ligini oshiradi, o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan moddalami hosil qiladi.
Ikkinchisi - mineral o ‘g'itlar. Bu o‘g‘itlar kimyo zavodlarida maxsus tayyorlanadi.
Mineral o‘g‘itlar har xil bo‘ladi. Ular azotli (selitra), fosforli va kaliyli o‘g‘itlardir.
Ular o‘simliklarga har xil ta’sir qiladi. Masalan, azotli o‘g‘itlar o‘simliklaming
o‘sishini tezlashtirsa, fosforli va ka liyli o‘g‘itlar mo‘l hosil to‘planishiga va uning tez
pishib yetilishiga yordam beradi. Qisqa qilib aytganda, o‘g‘itlar mo‘l hosil garovidir.