Mbaza. Uz imtihon javoblar


-BILET  1. Fotosintez nima?



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/39
tarix04.01.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#78396
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
6 sinf botanika imtihon javoblari

20-BILET 
1. Fotosintez nima?
0 ‘simliklarda quyosh nuri ta’sirida va xlorofill donachalari ishtirokida anorganik 
moddalardan organik moddalar hosil bo‘lishi va havoga kislorod ajralib chiqish 
jarayoni fotosintez deyiladi. Fotosintez - yunoncha so‘z bo‘lib, «fo- tos» - yorug‘lik va 
«sintez» - qo‘shish, birlashtirish de­ gan ma’noni anglatadi. Ijodiy faoliyatining asosiy 
qismini yashil o‘simliklardagi fotosintez jarayonini o‘rganishga bag‘ishlagan va fanga
o‘zining munosib hissasini qo‘shgan rus olimi A. Timirya- zevdir. U o‘zining «Quyosh, 
hayot va xlorofill» nomli kito- bida fotosintez jarayonini asoslab bergan 
2. O‘tkazuvchi to‘qima haqida tushuncha bering?
0 ‘tkazuvchi to‘qima. Bu to‘qima o‘simlik tanasida moddalaming 
harakatlanishini ta’minlaydi. Bu jarayon poya va ildizning o‘tkazuvchi to‘qimalari - 
ksilema va floema naylari orqali sodir bo‘ladi. Ksilemada o‘lik hujayralardan iborat 
o‘tkazuvchi naylar va traxeidlar bo‘lib, ular orqali suv va unda erigan mineral tuzlar 
ildizdan o‘simlikning barcha
organlariga harakatlanadi. Floemada tirik hujayralardan 
ibo­ rat elaksimon naylar bo‘lib, ular orqali barglarda fotosin­ tez jarayonida hosil 
bo‘lgan organik moddalar o‘simlikning boshqa organlariga yetkaziladi. Elaksimon nay 
hujayralari yadroga ega emas, ulaming yonida yo‘ldosh hujayralar bor
 
 
 
3. Ushbu rasmdagi o‘simlik haqida ma’lumot bering va har bir qismlari nomlarini


MBAZA.UZ IMTIHON JAVOBLAR 
ayting. 
Dala qirqbo‘g‘imi: A - bahorgi novdasi. B - yozgi novdasi. 1 - ildizi; 2 - 
ildizpoya; 3 - shoxchalari; 4 - spora beruvchi boshoq; 5 - bo‘g‘imlar; 6 - 
barglari. Erta bahorda dala qirqbo‘g‘imining ildizpoyasidagi 
kurtaklardan 
bahorgi - generativ novda o‘sib chiqadi. Bu novda qo‘ng‘ir rangli, 
shoxlanmagan bo‘lib, uchida spora beruvchi bitta boshoq hosil bo‘ladi. 
Ularda sporofillar (shakli o‘zgargan barg) halqa hosil qilib o‘mashadi. 
Sporofillaming ostki tomonida 6-8 ta sporangiy joylashgan. 
Sporangiyda 
esa sporalar yetiladi 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin