3. Turli o‘simlik barglaridan foydalanib oddiy va murakkab barglarga ajrating. 19-BILET 1. Barglarning ichki tuzilishi haqida tushuncha bering ? Barglar ham, o‘simliklaming boshqa organlari kabi hujayralardan
tuzilgan. Birorta o‘sirn1ikning yangi bargi- dan ko‘ndalangiga
yupqa kesib olib, buyum oynasidagi bir
tomchi suvga joylanadi, so‘ngra ustidan qoplagich oyna yopib,
mikroskopda ko‘riladi (36-rasm). Barg yaprog‘ining ustki va ostki
tomoni po‘st bilan qop- langan. Uning hujayralari bir-biriga zich
yondashgan. Barg po‘stining deyarli hamma hujayralari shaffof
bo‘lib, ular or- qali yorug‘lik barg ichiga o‘tadi. Po‘st bargning ichki
qat-
lamlarini shikastlanishdan va qurib qolishdan saqlaydi. Barg
po‘stida yana loviyasimon juft hujayralar bo‘lib, ularda si toplazma
va yadrodan tashqari, yashil tusdagi plastidalar ham bo‘ladi. Ular
barg og‘izchalari hujayralari deyiladi. Og‘izchalar barglaming faqat ostki tomonida
emas, balki ust ki tomonida ham bo‘ladi. Barglaming ustki va ostki tomonidagi po‘sti
oralig‘ida barg eti hujayralari joylashgan. Ular qobiq hamda sito plazma, yadro,
xlorofill donachalaridan tashkil topgan. Barg eti hujayralari bir necha qavat bo‘lib
joylashgan. Ustki po‘st tagidagi qavat ustunchalarga o‘xshash cho‘ziq hujayralardan
tashkil topgan. Uning ostida ovalsi- mon va yumaloq shakldagi hujayralar joylashgan.
Bargning ko‘ndalang kesmasida to- mirlami ko‘rish mumkin. Ular ichida qalin devorli
o‘lik hujayralardan tash kil topgan o‘tkazuvchi naylar joylash gan. Shuningdek,
tomirlarda naycha- lardan tashqari, cho‘ziq, bir-biri bilan
zanjir shaklida ulangan tirik hujayralar ham bor. Bu hujayralar to‘rga o‘xshab, bir-biri
bilan ko‘p sonli teshikchalar orqali tutashgan elaksimon naychalami hosil qiladi.
Bulardan tashqari, tomir larda yana po‘sti qalin, pishiq, juda uzun hujayra (tola)lar
ham bo‘ladi. Bular bargga mustahkamlik beradi. Bargdagi tomirlarda suv va unda
erigan oziq moddalar harakatlanadi. 0 ‘tkazuvchi naylar, elaksimon naylar va tolalar
birgalikda barg tomirining nay tolali boylamlarini hosil qiladi. Tomir- lar barg etining
hamma qismiga kirib boradi.