MBAZA.UZ IMTIHON JAVOBLAR
Suv va unda erigan mineral moddalarning yog‘ochlik orqali harakatini ko‘rsatuvchi
tajriba
18-BILET
1. O‘simliklarga qanday ekologik omillar ta’sir qiladi ?
0 ‘simliklaming hayoti tashqi muhit bilan uzviy bog‘langan. Tashqi muhitning o‘simlik
hayot faoliyatiga ta’sir etuvchi ayrim tarkibiy qismiga
ekologik omil deb ataladi.
Ekologik
omillar yig‘indisi, o‘simliklaming
yashash sharoiti, ya’ni ulaming
tashqi muhitini
belgilab beradi. Ekologik omillar
abiotik va
biotik guruhlarga ajratiladi.
Abiotik
omillarga o‘lik tabiatning tarkibiy qismlari kiradi. Ulardan eng muhimlari tuproq,
harorat, suv, yorug‘lik va havodir. Biotik omillarga tirik tabiatning
tarkibiy qismlari
kiradi. Bularga bakteriyalar, zamburug‘lar, hayvonlar va o‘simliklar kiradi.
Tuproq
o‘simliklaming yashash muhiti hisoblanadi. Ulami suv va mineral ozuqa moddalar bilan
ta’minlaydi.
2. Oddiy va murakkab to‘pgullar bir – biridan qanday farq qiladi ?
Bir-biriga yaqin joylashgan bir nechta gullar yig‘indisi
to‘pgul deyiladi. To‘pgul hosil
qilmaydigan yakka-yakka gulli o‘simliklarga lola, binafsha va behini misol qilib
keltirish
mumkin. Ko‘pchilik o‘simliklarda gullar to‘pgullarda yig‘iladi. To‘pguldagi
gullar
yakka gullarga qaraganda yaxshi changlanadi. Gullari asosiy gulpoya (to‘pgul o‘qi)da
joylashgan
to‘pgullar oddiy to‘pgullar deyiladi. Bir qancha oddiy to‘pgullaming yig‘indisi
murakkab to‘pgullami hosil qiladi. Bunday to‘pgullar murakkab to‘pgullar deyiladi.