MBAZA.UZ IMTIHON JAVOBLAR hisoblanadi. Ra’nodoshlar oilasiga tegishli o‘simliklar respublikamizda madaniy holda
ham ko‘p tarqalgan. Ularga o‘rik, shaftoli, gilos va olxo‘ri, qulupnay, malina kabilar
kiradi va ular xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega. Oila vakillaridan ikkitasi (0 ‘rta
Osiyo noki, Olga sorbariyasi) 0 ‘zbekiston Respublikasining «Qizil kitob»iga kiritilgan.
2. Kuzda o‘simliklar hayotida qanday o‘zgarishlar yuz beradi. Kuzda o‘simliklarda sodir bo‘ladigan muhim biologik o‘zgarishlardan biri
xazonrezgilikdir. Ba’zi o‘simliklarda xazonrezgilik sovuq tushmasdan oldin
boshlanadi. Ayrim daraxt va butalaming barglari kuz kelishi bilan, ayrimlarini-
ki esa birinchi sovuqdan keyin to‘kila boshlaydi. Masalan, jiyda, zarang, bodom, terak,
akatsiya, tikan daraxt va aylant- ning barglari ancha barvaqt to‘kiladi.
Xalqimiz bu faslni «01tin kuz» deb ataydi. Buning boisi shundaki, birinchidan, bu
davrda juda ko‘p mevalar g‘arq pishadi. Ikkinchidan, ko‘pchilik daraxt va butalaming
bar gi qizg‘ish, sarg‘ish, qo‘ng‘ir rangga kirib, tabiatga ajoyib manzara baxsh etadi.
Bir qator o‘simliklar (nastarin, atirgul, ligustrumning bargi uzoq vaqtgacha yashil
rangini saqlaydi, hatto qish iliq kelganda bargi to‘kilmay turaveradi. Kuz kelishi bilan
kunlar qisqarib, quyoshdan yerga ke- ladigan yorug‘lik kamayadi. Yorug‘lik
yetishmasligi tufayli hujayralarda jiddiy fiziologik jarayonlar sodir bo‘ladi. Nati-
jada barglarga yashil rang beruvchi xloroplastlar yemirilib, yashil barglar asta-sekin
sarg‘ish, sarg‘ish-qizg‘ish, qo‘ng‘ir- qizg‘ish ranglarga kiradi.
Barglar nima uchun to‘kiladi, degan savol tug‘ilishi ta- biiy, albatta (66-rasmga qarang).
Barglar bandining novda- ga birikkan joyida po‘kak hosil bo‘ladi. Po‘kakning hosil
bo‘lishi barglaming to‘kilishidan darak beradi. Barglar- ning to‘kilishida suv
bug‘lanishining ham ahamiyati katta. Birinchidan, to‘kiladigan barglar orqali bir yil
davomida o‘simliklarda to‘planib yotgan keraksiz moddalar chiqarib
tashlanadi, ikkinchidan, ayniqsa qishda, barglar orqali suv- ning bug‘lanishi to‘xtaydi.
0 ‘simlik tinim davriga o‘tadi. Kech kuzda ildiz tuklari sovuq suvni so‘rib ololmaydi,
nati- jada o‘simliklaming yerustki qismi suv bilan ta’minlanmay
qoladi. Barglar suv
bug‘latishdan to‘xtaydi. Shunday qilib, xazon- rezgilik - barg to‘kish yo‘li bilan
o‘simliklar qishga tayyorlanadi. Qishda o‘simliklarda tinim dav- ri boshlanadi, ya’ni
oziq modda lar hosil bo‘lishi, hujayradagi shi- ra harakati deyarli to‘xtaydi, nafas
olish sekinlashadi. Yil bo‘yi o‘sib, barglari qishda ham saqlanib qola- digan shamshod,
archa, qarag‘ay, qora qarag‘ay singari doim yashil o‘simliklar ham ko‘p uchraydi.
Shamshod va archa yil davomida barglarini asta-sekin almashtirib turadi. Shu sababli
ham uyashil rangini deyarli saqlab qoladi.