O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti
Iqtisodiyot va mehnat sotsilogiyasi kafedrasi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
”MEHNAT BOZORI TARTIBGA SOLISHNING HUDUDIY
ASOSLARI”
Bajardi: Xo’jaqulov A.
Ilmiy rahbar: dots.Bozorov B.U.
SAMARQAND – 2015
3
MUNDARIJA
I-Bob.
MEHNAT BOZORINI TARTIBGA SOLISHNING NAZARIY
ASOSLARI………………………………………………………… 7
1.1.
Mehnat bozorining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va rivojlanish
tamoyillari............................................................................................ 7
1.2.
Mehnat bozorini tartibga solish usullari……………….................
11
1.3.
Mehnat bozorini tartibga solishda davlatning roli va uning ijtimoiy-
iqtisodiy ahamiyati..............................................................................
19
II-Bob. SAMARQAND
VILOYATIDA
MEHNAT
BOZORINI
TARTIBGA
SOLISHNING
IJTIMOIY-IQTISODIY
KO’RSATKICHLARI TAHLILI………………………………...
28
2.1.
Samarqand viloyati mehnat bozorining rivojlanishiga ta’sir etuvchi
omillar tasnifi………………………………………………………
28
2.2.
Mehnat
bozorini
tartibga
solishning
ijtimoiy-iqtisodiy
ko’rsatkichlarining tahlili…………………………………………..
37
2.3.
Mehnat bozorini tartibga solinishda mehnat shartnomalarining o’rni
va uni tartibga solishning mintaqaviy usullari……………………… 49
III-Bob. IQTISODIYOTNI
ERKINLASHTRISH
SHAROITIDA
MEHNAT BOZORINI TARTIBGA SOLISHNING ASOSIY
YO’NALISHLARI………………………………………………..
54
3.1.
Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solishni
takomillashtirish…………………………………………………….
54
3.2.
Mehnat bozorini tartibga solishning strategiyasi va yo’nalishlari…. 59
XULOSA…………………………………….................................... 64
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
66
KIRISH………………………………………………………………………... 3
4
RO’YXATI………………………………………………………….
Mavzuning dolzarbligi. Mehnat bozori ish bilan bandlikni tartibga solishda
faol rol o’ynaydi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi mos ravishda ijtimoiy mehnat
sohasidagi munosabatlarning rivojlanishini ham taqozo qiladi. Bu esa, ish bilan
bandlik oshirish va uning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishni zarurat etadi. SHu
nuqtai nazardan Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “2012-yilda
mamlakatimizda kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish hisobidan qariyb
1 millionta yangi ish o’rni tashkil etildi. Bu ish o’rinlarining 62 foizga yaqini qishloq
joylarda yaratildi. Bu borada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
evaziga 485 ming kishi, kasanachilikning barcha shakllarini kengaytirish hisobidan
yesa 218 ming kishi ish bilan ta’minlandi...
Yangi ish o’rinlari tashkil etish va mamlakatimiz aholisi bandligini ta’minlash
2013-yil va undan keyingi yillarga mo’ljallangan maqsadli vazifalarni hal qilishning
eng muhim ustuvor yo’nalishi bo’lib qoladi”
1
.
Erishilgan yutuqlarga qarmasdan, ishsizlikni kamaytirish uchun yangi ish
joylarni, ayniqsa qishloq hududlarida yaratish respublikaning ustuvor vazifalaridan
biri. Tadqiqotlar natijasidan ma’lumki, demografik hususiyatlar sababli yangi asr
boshida O’zbekistonda mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni keskin o’sib
bormoqda va bu o’sish doimiy aholi soni o’sishidan yuqoriroq. SHuning uchun,
umumiy aholi sonida mehnat resurslari ulushining o’sishi kuzatilmoqda. Mehnat
bozoriga har yil yangi ish kuchlari chiqishi, iqtisodiyotning qayta tashkil etilishi va
ba’zi sohalardan ish kuchi bo’shashi (asosan agrar qismidan) va ish beruvchilarning
kasbiy va malakaviy talablariga ish kuchi javob bermasligi sababli mehnat bozorida
ish kuchi taklifi unga bo’lgan talabdan kattaroq. Bundan tashqari, O’zbekiston
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2012-йилда мамлакатимизни ижтимоий-иқтисодий
ривожлантириш якунлари ҳамда 2013-йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига
бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси. “Халқ сўзи” газетаси,2013 йил 19 январь, №13
(5687).
5
mehnat bozori hozirgi kunda ulg’ayib rivojlanmoqda va uni tartibga solish uchun ish
bilan bandlik tarkibi dinamikasi va omillarini, ayrim viloyatlardagi milliy ijtimoiy-
mehnat munosabatlarnining maxsus xususiyatlarini inobatga olgan holda o’rganish
zarur.
Ushbu mintaqaviy rivojlanish dasturlarida viloyatlarning moddiy, mehnat va
tabiiy resurslaridan majmuali va samarali foydalanish asosida mehnatga layoqatli
aholi ish bilan bandligi tizimini takomillashtirish ko’zda tutilgan. Ish bilan bandlik
darajasini oshirish bilan birga aholi farovonligi keskin oshishiga erishish shart. Agar
tarixga nazar tashlasak, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar aholisi ish bilan
bandligining tarkibi davlat olib borgan monetar va soliq siyosatlari natijasida
o’zgarib, hozirgi kunda muqobil ko’rinishga kelgan. Nazariy tarzda bu ilmiy masala
g’arb olimlari tomonidan aholi sonidan kelib chiqib o’rganilgan, ammo
O’zbekistonda bu muammoning nazariy va amaliy jihatlari hali yetarli darajada
o’rganib chiqilmagan. Bundan kelib chiqib, aytish mumkinki, iqtisodiyotni
modernizasiyalash sharoitida Samarqand viloyat mehnat bozorini tartibga solishning
ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini tadqiq etish – dolzarb ilmiy muammodir.
Muammoning o’rganilganlik
darajasi. Mehnat bozori shakllanishi va uni
tartibga solish masalalari A.Alaverdov, G.Bankov, S.Barkalov, D.Novikov, S.Popov,
B.Genkin, S.Kartashov, Yu.Odegov, K.Kozimov, M.Kolosnisina, S.Kuzmin,
I.Kulinsev, K.Kyazimov, K.Makkonel, Yu.Godelov, G.Rudenko, L.Babininiyalar
kabi xorijlik olimlar tomonidan ilmiy tadqiq etilgan. O’zbekistan Respublikasida
ushbu muammoning turli jihatlari bilan K.Abduraxmonov, B.Murtazoyev,
T.SHarifullina, F.Mamarasulov, X.Abulqosimov, SH.Zaynutdinov, D.Ortiqova,
D.Raximova,
A.Sotvoldiyev,
M.Yuldashev,
A.Islomov,
SH.Xolmo’minov,
N.SHoyusupova, R.Ubaydullayeva, O.Ota-Mirzayev, L.Maksakova, R.SHodiyev,
N.Raximova, R.Murtazina va boshqalar shug’ullanishgan.
Bu olimlarning ilmiy asarlarini tahlil etish ishchi kuchining ish bilan
bandligining tarkibiy siljishlarini o’rganish bo’yicha mukammal tadqiqotlar
o’tkazilmaganligini ko’rsatdi. Bu esa, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida
6
aholining ish bilan bandlik tarkibi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borish zarurligini
talab etdi va tadqiqot mavzusining tanlanishini belgilab berdi.
Bitiruv malakaviy ishi maqsadi - iqtisodiyotni modernizasiyalash
jarayonida Samarqand viloyatida mehnat bozorini tartibga asosiy yo’nalishlarini
takomillashtirish bo’yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan
iborat.
Ko’zlangan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar qo’yilgan:
mehnat bozorining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini yoritib berish va uning
rivojlanish tamoyillarini ishlab chiqish;
mehnat bozorini tartibga solish usullarini aniqlash;
mehnat bozorini tartibga solishda davlatning rolini aniqlash va uning
ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini yoritib berish;
Samarqand viloyat mehnat bozorining rivojlanish ta’sir etuvchi omillar
tasnifilash;
mehnat
bozorini
tartibga
solishning
asosiy
ijtimoiy-iqtisodiy
ko’rsatkichlarini tahlil etish;
mehnat bozorini tartibga solishda mehnat shartnomalarining o’rni va uni
tartibga solishning mintaqaviy usullarini aniqlash;
mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy yo’nalishlarini
aniqlash;
- mehnat bozori infratuzilmasini takomillashtirish bo’yicha ilmiy asoslangan
taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot obyekti - Samarqad viloyati mehnat bozori.
Tadqiqot predmeti – innovasion rivojlanish sharoitida mehnat bozorini
tartibga solishning asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqish bo’yicha amalga
oshiriladigan mehnat munosabatlari.
Malakaviy bitiruv ishining nazariy va uslubiy asoslari. O’zbekiston
Respublikasi Qonunlari, Respublika Prezidenti I.A.Karimovning ishlari va
ma’ruzalarida berilgan nizom va xulosalar, Vazirlar Mahkamasining karorlari hamda
7
xorijiy va mahalliy iqtisodchi-olimlarning ish bilan bandlik va ishsizlik sohalaridagi
tadqiqotlari ishning nazariy va uslubiy asosini tashkil etadi. SHuningdek,
dissertasiyada Davlat statistika qo’mitasi, Samarqand viloyati statistika boshqarmasi,
viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi ma’lumotlari
ishlatildi.
Malakaviy bitiruv ishini yozishda statistik, matematik, qiyosiy tahlil, tarkib-
tizim, monografik kuzatish, abstrakt fikrlash usullaridan foydalanildi.
Malakaviy bitiruv ishining tuzilishi va hajmi. Ish kirish qismi, uch bob,
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Kirish qismida tadqiq qilinayotgan muammoning dolzarbligi asoslangan va
uning o’rganilganlik darajasi, maqsadi, vazifalari, ilmiy va nazariy asoslari hamda
tadqiqot ishining tuzilishi yoritilgan.
«Mehnat bozorining shakllanishi va uni tartibga solishning nazariy
asoslari» nomli birinchi bobda mehnat bozorining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati yoritib
berilgan va uning rivojlanish tamoyillari hamda mehnat bozorini tartibga solish
usullari aniqlangan. SHuningdek, mazkur bobda mehnat bozorini tartibga solishda
davlatning roli aniqlanib va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati nazariy jihatdan
tadqiq etilgan.
«Mehnat bozorini tartibga solishning ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlari
tahlili» nomli ikkinchi bobda Samarqand viloyatida mehnat bozorining rivojlanishiga
mehnat bozorini ta’siri, viloyat mehnat bozorini tartibga solishning ijtimoiy-iqtisodiy
ko’rsatkichlari tahlil etilgan. SHuningdek, mehnat shartnomalarini mehnat bozorini
tartibga solishdagi ahamiyati hamda mehnat bozorini tartibga solishning mintaqaviy
usullari bayon etilgan.
«Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitidaa mehnat bozorini tartibga
solishning asosiy yo’nalishlari» nomli uchinchi bobda mehnat bozorini davlat
tomonidan tartibga solish tizimi hamda mehnat bozori infratuzilmasini
takomillashtirish bo’yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Malakaviy bitiruv ishining yakuniy qismida xulosa va takliflar bayon
etilgan. SHuningdek, mavzuni yoritishda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirib
o’tilgan.
8
I-BOB. MEHNAT BOZORINING SHAKLLANISHI VA UNI TARTIBGA
SOLISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Mehnat bozorini mohiyati, obyekti va subyektlari, vazifalari.
Mehnat bozorida mehnat sotilmaydi, ishlovchilarning mehnat qilish qobiliyati,
mehnat xizmati sotiladi, chunki mehnat kishilarning ma’lum maqsadga
yo’naltirilgan faoliyati jarayoni bo’lib, unda ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish
vositalari
qo’shilishi
natijasida
kishilarning
ehtiyojlarini
qondirishga
mo’ljallangan mahsulot yaratiladi va xizmat ko’rsatiladi. Ishchi kuchi esa
insonning mehnat qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisi
bo’lib, har bir mehnat jarayonida ishga solinadi.
Mehnat bozori-bozor iqtisodiyotidagi ijtimoiy–iqtisodiy munosabatlarning
tarkibiy kismi xisoblanadi, jamiyatda mexnat bozori yaxshi faoliyat kursatmas
ekan, bozor iqtisodiyoti tizimi xam uzining ijobiy samarasini bermaydi.
Mehnat bozorini shakllantirish va uning faoliyatini rivojlantirish uchun, avvalo,
oldi-sotdi munosabatlarini asosini tashkil kiluvchi bozor obyektini chukur anglash
lozim.
Mehnat bozorida insonning mexnat kilish layokati tovar shaklida namoyon
buladi va yollanma ishlamokchi bulgan kishilar tomonidan taklif kilinadi. Bu
layokat insondagi turli kirralarni, kishining ma’naviy va jismoniy rivojlanish
darajasi, malakasi, kobiliyati, iktidori, mexnatsevarligi, ruxiy xolati va boshkalarni
kamrab oladi. Ish beruvchi xodimning sarf kilgan mexnatga layokati baxosini (ish
xakini) tulab boradi.
Mehnat bozori insonning mexnatga layokatini baxolovchi, mexnat layokatini
yagona baxosini shakllantiruvchi va kengrok ma’noda, insonning uziga mexnat
layokatini tashuvchi sifatida baxo beruvchi yagona bozor shaklidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishga yollash buyicha munosabatlar ikki tomonning
tulik erkinligida amalga oshadi. Ishga joylashmokchi bulgan tomon yangi ish
urnidagi ish xaki, mexnat sharoitlari, uzining mutaxassisligi bilan yangi ish
9
urnidagi ishning barkarorligi, jamoadagi psixologik muxit, yangi raxbarning
muomalasi va boshka bir kator unsurlarga e’tibor beradi. Ish beruvchi uzining
extiyojlari, imkoniyatlari, ish surab murojaat kilgan xodimning yoshi, jinsi
mexnat layokatining sifati va ish urniga talablarini urgangan xolda, bush ish urni
uchun zarur xodimning kasbiy, malakaviy darajasi, tajribasini xodimning shu
xususiyatlari bilan takkoslaydi. Agar ish beruvchi va yollanma ishchining
talablari bir-biriga tugri kelsa, ishga yollash buyicha mexnat shartnomasi
imzolanadi.
Mehnat bozorining tadkikotlari bozordagi talab va taklif taxlili bilan
boshlanadi va tugaydi. Boshka turdagi bozorlarda bulganidek, mexnat bozorida
xam talab va taklif konuni amal kilishi natijasida uziga xos muvozanat baxo
urnatiladi.
Talab va taklif egri chiziklarini grafikda tasvirlab, kuyidagi xolatlarni
aniklashimiz mumkin: ish xaki W/R2 darajasida teng bulganda, mexnat bozorida
muvozanat vujudga keladi (Ye nukta).
Buning ma’nosi shuki, agar kim ish
izlayotgan bulsa, u ish bilan ta’minlanadi,
ishbilarmonlar uzlariga kerakli ishchini
topa oladilar. Ye nukta tula ish bilan
bandlik xolati deb xam ataladi (1-
chizma).
Ish xaki W/R1 nuktada bulganda, mexnat layokati taklifi juda kam va
ishbilarmonlarning mexnat layokatiga bulgan talabi yukori bulishi okibatida, ular
bu talabni kondira olmaydilar. Bu xolat ishchi kuchi takchilligi deb nomlanadi. Ish
xaki W/P3 nuktada bulganda, ortikcha mexnat layokati taklifi yuzaga kelib,
ishsizlik sodir buladi.
Мехнат лаёкати микдори, L
E
S
D
1.1.1-чизма. Мехнат бозоридаги талаб ва
таклиф эгри чизиги.
W/P
3
W/P
2
W/P
1
L
1
L
2
L
3
Реал
иш
хаки,
W/P
D
S
E
10
Mehnat bozori esa uz navbatida xukukiy, iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, tabiiy
shart-sharoitlar asosida va bir kator omillar ta’siri ostida shakllanadi va amal
kiladi.
Mehnat bozorining vujudga kelishi ishchi kuchiga bulgan talab va uning taklifi
urtasidagi muvozanatga erishish uchun uzaro rakobat kilishga tayyor erkin va teng
xukukli subyektlarni iqtisodiy munosabatlarda bulishini takozo kiladi. Mehnat
kilishning erkinligi va ixtiyoriyligi mexnat bozori shakllanishining asosiy
shartidir. Mehnat bozori bilan boglik mexnat munosabatlari Uzbekiston
Respublikasining mexnatga oid konunlari va Uzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi karorlari va Uzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,
respublika xukumatining karorlari, davlat xokimiyatining va boshka vakillik
organlari uzlarining vakolatlari doirasida kabul kiladigan karorlari bilan tartibga
solinadi.
Mehnat bozori shakllanishi xamda uning konyukturasiga xududdagi demografik
xolat xam ta’sir kursatadi. Ma’lumki, demografik xolat axolining tugilishi, ulim
mikdori, nikox va ajralishlar soni kabi tushunchalarni uz ichiga oladi. Bulardan
tashkari migrasiya, axolining turli urf-odatlari va boshkalar xam mexnat bozori
konyunkturasiga sezilarli ta’sir utkazadi. Uzbekiston Respublikasi tugilish darajasi
va axolining tabiiy usishi yukori bulgan mamlakatlar katoriga kiradi. Bu esa
boshka omillar ta’siri uzgarmas bulgan sharoitda, mexnat bozori taklifi usishiga va
bozordagi oldi-sotdi munosabatlari barkaror bulishini ta’minlaydi.
Mehnat bozori shakllanishi va amal kilishiga bir kator iqtisodiy omillar xam ta’sir
kursatadi. Bu iqtisodiy omillarni axoli daromadlari, ish xaki mikdori va yollanma
xodimlar daromadidan olinadigan solik kabilar tashkil etadi.
Mehnat bozorida ishchi kuchini sotish va sotib olish erkin xodimni ishga yollash
shaklida namoyon bo’ladi. Ishga yollash ma’lum shartlar, ya’ni ish kunining
uzunligi, ish sharoitlari va rejimi, ish haqining miqdori, bajariladigan ish turi,
lavozim va kasb majburiyatlari asosida amalga oshiriladi. SHu boisdan mehnat
bozori ishga yollanishga zarurat sezgan ishchi kuchi egasi bilan yollanma ishchi
11
kuchiga ehtiyoj sezgan ishlab chiqarish vositalari egalari o’rtasidagi murakkab
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimi hisoblanadi. Bunday munosabatlar ishchi
kuchini ishlab chiqarishga jalb etish, uning amal qilishi va takror ishlab chiqarishi,
shuningdek, ish joylarining taqdim etilishi, taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi
yuzasidan sodir bo’ladigan munosabatlardir.Mehnat bozori o’zining obyekti
vasubyektlariga ega (1.1.1-rasm).
1.1.1-rasm. Mehnat bozori obyekti va subyektlari.
Mehnat (ishchi kuchi) bozori quyidagi vazifalarni bajaradi:
- ishchi kuchini zamonaviy ehtiyojlarga asosan takror ishlab chiqarishni
ta’minlashga ko’maklashish;
- ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar o’rtasida taqsimlanishi va
qayta taqsimlanishini ta’minlash;
- ishchi kuchining mobilligi, ya’ni harakatchanligini faollashtirish;
- mehnat unumdorligini o’stirishga rag’batlantirish;
- mehnatga layoqatli aholining ish bilan ta’minlanishi orqali aholi daromadlari
va turmush darajasini o’stirish (1.1.2-rasm).
Мехнат бозори объектлари
Ишчи кучи
Иш уринлари
Давлат ва унинг мехнат муносабатларини
тартибга солувчи муассасалри
Тадбиркорлар уюшмалари
Иш берувчилар ва уларнинг уюшмалари
Ишчи кучи эгалари, ёлланма ходимлар ва
Мехнат бозори субъектлари
Мехнат бозорининг вазифалари
Ишчи кучини такрор ишлаб чикаришга
кумаклашиш
Демографик омиллар
Мехнат бозорига таъсир этувчи
омиллар
Dostları ilə paylaş: |