2.2.7.-jadval.
Samarqand viloyatida 2011-2012 yil 1 yanvar holatiga kichik korxona
va mikrofirmalarda tashkil qilingan yangi ish joylari
№ Ko’rsatkichlar
2011 yil
2012 yil
Dastur Amalda %
Dastur Amalda %
1
Sanoatda
9329
8914
95,6 9809
9834
100,3
2
Uy-joy qurilishi va ta’mirlashda
7197
7013
97,4 7022
7057
100,5
3
Xizmat ko’rsatish va servis sohasi (boshqa
yo’nalishlar)
15129
15083
99,7 18580
18643
100,3
Jami
31655
31010
98,0 35411
35534
100,3
Manba: Samarqand viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi ma’lumotlari
asosida hisoblangan.
52
Umuman olganda, iqtisodiyotning innovasion modeli rivojlanishi sharoitida,
aholini ish bilan bandligi muammolari davlat ijtimoy-iqtisodiy siyosatida ham
yetakchi rol o’ynaydi. Ish bilan bandlik nafaqat, jamiyat taraqqiyotining asosi,
iqtisodiy rivojlanish va makroiqtisodiy barqarorlik omili, balki ijtimoiy ishlab
chiqarishning elementi, aholi turmush sifati oshishi hamda inson salohiyati
rivojlanishining shart-sharoiti hisoblanadi. Bu esa o’z navbatida innovasion
rivojlanish sharoitida mehnat bozorini tartibga solinishi uning samarali rivojlanishiga
olib keladi.
2.3. Mehnat bozorini tartibga solinishda mehnat shartnomalarining o’rni
va uni tartibga solishning mintaqaviy usullari
Mehnat bozori munosabatlarini tartibga solish kompleks – shartnoma
tizimining qayishqoqligi, shuningdek, munosabatlari sohasida tenglik va ijtimoiy
adolat tamoyillarini ro’yobga chiqarish haqidagi keng yoyilgan to’g’ri tasavvurlarga
ega bo’lishdir. Ayrim xodim muzokaralarda o’zidan ancha kuchli sherigi – ish
beruvchiga nisbatan yakka tartibda amalga oshiradigan xatti-harakatlari bilan
qarshilik ko’rsata olmaydi Boz ustiga, jamoaviy shartnomaga ko’ra, malakasi past
hamda yetarli darajada yuqori unum bilan ishlay olmaydigan ishchi kuchining ish
joyi muayyan muddatga saqlab turiladi. Jamoaviy shartnoma mehnat munosabatlari
barqarorligiga erishishda muhim ahamiyatga ega. Jamoaviy shartnoma tizimi mehnat
bozoridagi xo’jalik subyektlarining o’zaro munosabatlaridagi mojarolarni o’zicha
bartaraf eta olmaydi. Chunki, ushbu mojarolar asosini ijtimoiy manfaatlar, maqsadlar,
intilishlar, talablardagi farqlar tashkil etadi. Garchi, jamoaviy bitimlar tizimi
manfaatlarni kelishib olish, o’zaro bir qarorga kelish va mojarolarni tezlik bilan
bartaraf etish jarayonlarini ko’zda tutsada, muzokaralar jarayoni ancha maqbul
natijalarga erishish imkoniyatini ham yaratadi. Ayni paytda bitim shartlari shartnoma
shaklini olib, ikki tomonni mazkur shartlar asosida ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni
ta’minlash maqsadida oxirgi choralarni ko’rmasdan, ya’ni, ish tashlash yoki ishdan
bo’shatishga yo’l qo’ymay, harakat qilishga majbur etadi.
53
Kelajakda jamoaviy bitimlar, shuningdek, mehnat bozori faoliyatini, kadrlarni
o’qitish va malakalarini oshirish hamda o’zgartirish, ularning ish haqi va ishsizlarni
ish bilan ta’minlash ko’rsatkichlarini tartibga solish masalalarini ham qamrab oladi.
SHuni qayd etib o’tish kerakki, asosan jamoaviy mehnat shartnomasi tizimi va
bevosita davlatning tartibga solib borishi amal qilishiga qaramay, xodim bilan ish
beruvchi o’rtasidagi munosabatlar yakka tartibda ham hal etilishi mumkin.
Xodim bilan tuzilgan shaxsiy shartnoma ish beruvchi uchun ancha foydalidir.
SHaxsiy shartnoma tizimi yollanuvchining mehnat sharoiti va unga to’lanadigan ish
haqini shu odamga qarab belgilash imkonini beradi. Jamoaviy bitimlarga ko’ra esa,
bunday qilib bo’lmaydi. SHu bilan birga, tuziladigan shaxsiy bitim ko’p hollarda
yollanuvlarni ijtimoiy kafolatlarning kattagina qismidan mahrum etadi.
Mehnat munosabatlarini shaxsiy uslubda tartibga solish va bandlikning
qayishqoq shakllarini joriy etish - yollanuvlar kuchidan foydalanishni (ekspluatasion
xarakterda) kuchaytirish hamda doimiy ishlovchi shaxslar uchun ilgari mavjud
bo’lgan ijtimoiy kafolatlardan voz kechilishidan tashqari yana bir qator salbiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Jumladan, rivojlangan mamlakatlardagi mehnat
bozorlarida doimiy ishchi kuchlarini vaqtincha yoki to’liqsiz ish vaqtida ishlovchi
shaxslar (yoshlar, xotin-qizlar, nogironlar va hokazo) bilan almashtirish qoida tusiga
kirmoqda. Tabiiyki, mazkur ijtimoiy guruhlarning vakillari ijtimoiy jihatdan kam
muhofazalangan va jamoaviy shartnomalar bilan qamrab olinmagan. SHu bois
davlat, ayniqsa, xo’jalik yuritishning bozor munosabatlariga o’tish sharoitlarida
yollashning shaxsiy shartnoma shakllari rivojini nazorat qilib borishi kerak. Aks
holda, norozilik kuchayishi natijasida davlat ishsizlik bo’yicha ijtimoiy to’lovlarni
ancha ko’paytirishga majbur bo’lib qoladi.
So’nggi holatni alohida hisobga olishimiz lozim. Chunki, respublikamizda, bir
tomondan, tadbirkorlik, ishchilarni yollab ishlatish bo’yicha hususiy tadbirkorlik va
biznes yaxshi rivojlanmagan bo’lsa, ikkinchi tomondan esa, kam ta’minlangan hamda
ijtimoiy jihatdan yetarli darajada himoya qilinmagan aholi orasida ishsizlar soni oshib
boryapti. Bularning hammasi mehnat bozoridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni
54
tartibga solishning yangi, samarali hududiy usullarini, ularni mehnat resurslari
ortiqcha va yetishmaydigan hududlarga bo’lgan holda, tadqiq etishni talab qilmoqda.
O’zbekiston Respublikasida mehnat bozorini tartibga solishning mintaqaviy
usullariga e’tibor qaratilsa, respublikaning mehnat resurslari ortiqcha hududlari,
avvalo, Andijon, Farg’ona, Namangan, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo,
Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlari uchun mazkur bozorni tartibga
solishning ancha samarali usullari deb, ishchi kuchiga bo’lgan talabning oshishi va
uning taklifi kamayishini hisoblash zarur.
Mazkur usullar nimalarda ifodalanishini batafsil ko’rib chiqaylik.
Ishchi kuchiga talabni oshirish usuli. Bozor iqtisodiyotiga o’tish
sharoitlarida mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, ekinlarni
yetishtirishda tarkibiy tuzilmani qayta qurish, zarar keltirib ishlayotgan korxonalarni
tugatish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va intensiv texnologiyalarni joriy etish
hisobiga asosan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidan bo’shatilayotgan xodimlar soni
tez ko’paymokda.
Ishchi kuchiga bo’lgan talabni oshirishni rag’batlantirish usullarini tadqiq etish
mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga hamda mazkur hudud uchun
samarali tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgandir.
Muvaqqat ish joylarini yaratish va mulkchilikning turli shakllarini
rivojlantirishni rag’batlantirish – aholi bandligini oshirishning eng muhim
yo’nalishlaridan biri. U korxonalarning iqtisodiy manfaatdorligini oshirish, byudjet
to’lovlari va xodimlarning vaqtincha va qisman bandligi uchun ijtimoiy sug’urta
badallarini kamaytirish, ularni ishga qabul qilish jarayonini yengillatish, bandlikning
noana’naviy shakllarini tashkil etish bilan bog’liq sarf-xarajatlarni to’lash kabi chora-
tadbirlar yordamida amalga oshiriladi.
Ishchi kuchlariga taklifni kamaytirish usuli. Ishchi kuchlariga bo’lgan
taklifni kamaytirishga, shuningdek, ularning mehnat bozoriga oqib kelishini
qisqartirish va boshqa joyga ketishini rag’batlantirish hamda ish vaqti va mavjud ish
joylarini ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lganlar o’rtasida qayta taqsimlash orqali
55
samarali ta’sir etish mumkin. Respublikamizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
asosida umumta’lim dasturlarini kengaytirish va o’qish muddatini uzaytirish bilan
kasbiy tayyorgarlikni yaxshilash, o’quv yurtlarida kunduzgi ta’lim olinadigan o’quv
o’rinlarini ko’paytirish va kechki hamda sirtqi o’quvdagi talaba o’rinlarini
qisqartirish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qiyotganlarga stipendiyalar
miqdorini oshirish, ayollarga bola parvarishi uchun to’lanadigan nafaqalar va
beriladigan ta’til muddatini ko’paytirish, mehnat stajini hisoblashda ularga imtiyoz
berish; pensionerlar, nogironlar hamda ularni parvarishlaydigan shaxslarning
pensiyalarini oshirish mehnat bozorida ishchi kuchlarining oqib kelishini
kamaytirish chora-tadbirlari hisoblanadi.
Ish bilan bandlar orasida ish vaqti va ish joylari ishchi kuchlariga bo’lgan
taklifni kamaytirish maqsadlarida qayta taqsimlanadi. Mehnat resurslari ish bilan
bandligining xususiy va vaqtinchalik shakllariga o’tishlarini rag’batlantirishga ularga
ham ish bilan to’la band qilingan shaxslarga mo’ljallangan ijtimoiy ta’minotning
o’sha turlarini, ta’tillar va boshqa ijtimoiy kafolatlarning miqdorlarini o’rnatish,
kafolatlangan eng kam mikdordagi ish haqi bilan ta’minlash, har yili beriladigan
ta’tillarni o’z vaqtida berish, ish kuni va ish haftasi davomiyligini qisqartirish orqali
erishish mumkin.
Mamlakatimizning mehnat resurslari yetishmaydigan mintaqalari (Jizzax,
Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi)da ishchi kuchlariga talabni
kamaytirish hamda ular taklifini ko’paytirish mehnat bozorini tartibga solishning
maqsadga muvofiq usullaridir.
Ishchi kuchlariga talabni kamaytirish usuli. Mazkur usulga hududiy
hokimiyatlarning u yoki bu mintaqalarda, tarmoqlar yoki kasb-hunarlar bo’yicha
ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va yangi ish joylarini vujudga keltirishni
sekinlashtirishga oid quyidagi chora-tadbirlar: ortiqcha ishchi kuchlaridan
foydalanganlik uchun ko’shimcha soliqlarni belgilash; qattiq kredit siyosatini
o’tkazish; korxonaga xodimni ishga olganligi uchun bir martalik to’lovni joriy etish;
ortiqcha ishchi va xizmatchilarni qisqartirishni rag’batlantirish va hokazolar kiradi.
56
Bundan tashqari, ishchi kuchlariga talabni kamaytirishda mehnat unumdorligini
oshirish va tejamkorlikka erishish muhim ahamiyatga egadir.
Ishchi kuchlari taklifini ko’paytirish usuli. Hozirgi shart-sharoitlarda mehnat
bozoriga ishchi kuchlari taklifini mutlaq ko’paytirish, umuman, mumkin emas. Ishchi
kuchlari taklifini ko’paytirishga sanoat va xizmat ko’rsatish tarmoqlari va shaxsiy
mehnat faoliyati sohalarining rivoji jiddiy to’siq bo’lishi mumkin.
Bundan tashqari, hozirgi paytda ishchi kuchi taklifi na kasb, na malaka tuzilishi
bo’yicha iqtisodiyot tarmoqlaridagi jonli mehnatga talabning o’sish sur’atiga javob
bermaydi. SHu bois ishchi kuchi taklifining sifat ko’rsatkichlarini o’zgartirish hamda
ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish lozim. Buning uchun esa,
bandlikning davlat xizmati tizimidagi va boshqa o’quv yurtlaridagi xodimlarning
malakalarini oshirishni tashkil etish, korxonalarning o’zidagi maxsus kurslarda kasb-
korga o’rgatishni yaxshilash va ularga soliq to’lovida imtiyozlar berish mahalliy
kadrlar raqobatbardoshligini oshirishning maqsadli maxsus dasturini ishlab chiqish
kerak.
Ishchi kuchlari taklifini rag’batlantirish xodimlarni ishga yollash va
joylashtirishga yordamlashish usullarini qo’llanish orqali ham amalga oshiriladi. Bu
usullar tashkiliy tusda bo’lib, bo’sh ish joylari va ishga joylashish hamda qayta
o’qitishga muhtoj fuqarolarning soni haqidagi ma’lumotlar bankini tashkil etishni,
aholini ishga joylashish imkoniyatlari haqidagi axborotlar bilan ta’minlashni,
ishsizlarni ro’yxatga va hisobga olishni, kasbga yo’naltirishga oid chora-tadbirlarni
ishlab chiqish va o’tkazish kabi yo’nalishlarni qamrab oladi.
Mehnat resurslarini qayta taqsimlashning ancha samarali usullari orasida
turmush darajasini tartibga solishni alohida ajratib ko’rsatish mumkin. Mazkur
uslublar hududlarning moliyaviy resurslari hisobidan xodimlarning mehnat va uy-joy
shart-sharoitlarini hamda madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish darajalarini yaxshilash
kabi tadbirlarni o’tkazib, ularni tartibga solish asosida tatbiq etiladi.
Barcha hududlar mehnat bozorlaridagi munosabatlarni tartibga solishda ishga
yollashda erkin va o’zaro manfaatli raqobat uslubidan foydalanish muhim ijtimoiy-
57
iqtisodiy ahamiyatga ega.
Mehnat bozorida ishchi kuchlarini yollashda erkin va samarali raqobat –
yollanuvchilar bilan ish beruvchilar o’rtasida ishchi kuchlariga bo’lgan erkin talab va
taklif tamoyilari asosida mehnat-tovarga o’zaro manfaatli bahoni o’rnatish. Bunda
ishga yollash bozoridagi uning sifat ko’rsatkichlari va raqobatbardoshligi, mahalliy
va xorijiy mehnat birjalari tomonidan turli guruhlar va kasblar bo’yicha bo’sh ish
joylari, ishchi kuchlarining narxlari haqidagi haqqoniy axborotning berilishi, ish
beruvchilarning yollanma ishning muddatlari va xarakteri yuzasidan talablari va
shartlari, mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishning ijobiy hamda salbiy
oqibatlari va hokazolar hisobga olinadi.
Mehnat bozoridagi erkin raqobatda ishchi kuchlarigina emas, balki shaxsiy
yoki jamoaviy mehnat shartnomasi asosida foydali narxda o’zining «mehnat
qobiliyati»ni sotishga muhtoj kadrlar ham qatnashishi mumkin. Bu yerda mehnat
resurslari bilan ish beruvchilar o’rtasidagi munosabatlarning sifat ko’rsatkichlari
yuzasidan erkin raqobat vujudga keladi.
III-BOB. IQTISODIYOTNI ERKINLASHTIRISH SHAROITIDA MEHNAT
BOZORINI TARTIBGA SOLISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI
3.1. Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish
Ishchi kuchi bozori ichki regulyatorlarining turli-tumanligi hamda uning
samarali amal qilishi ijtimoiy jihatdan ahamiyatga ega ekanligi tufayli mehnat
bozorida uni malakali ravishda taritbga solish talab etiladi. Bandlik sohasida tartibga
solishning bunday tizimini yaratish O’zbekistonda o’tkazilayotgan islohotlarning
asosiy ijtimoiy vazifalaridan biridir. Bu borada hozirda ayrim ishlar qilinganligini
aytib o’tish kerak: mehnat bozori va munosabatlarining yangi qonuniy asoslari
(bandlik xizmatlari) tuzildi, ishsizlarni ro’yxatga olish yo’lga qo’yilmoqda. Bugungi
kunda respublikamizda 200dan ziyod mehnat birjalari (davlat bandlik xizmatlari)
faoliyat ko’rsatmoqda. ulardan mehnat munosabatlari bo’yicha 2000 dan ortiqroq
mutaxasis aholini ish bilan ta’minlash va faol ijtimoiy muhofaza masalalarini hal
qilish bilan shug’ullanmoqda. O’zbekiston hukumati imkoni bo’lgan, huquqiy
jihatdan asoslangan barcha dasturlar yordamida respublikada mehnat bozori
siyosatini olib bormoqda.
58
Hozirgi paytda mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solishning to’rtta
asosiy yo’nalishini ajratib ko’rsatish mumkin. Birinchidan, bu iqtisodiyotning
nodavlat sektorida bandlikning o’sishini rag’batlantirish va ish joylari sonini
ko’paytirish dasturlari, ikkinchidan, ish kuchini tayyorlash va qayta tayyorlashga
yo’naltirilgan dasturlar va uchinchidan, ishchi kuchini yollashga ko’maklashish
dasturlari. ulardan tashqari, to’rtinchidan, hukumat ishsizlikni ijtimoiy sug’urta
qilish borasida ham dasturlar ishlab chiqishga kirishmoqda, ya’ni ishsizlarga nafaqa
berish uchun mablag’ jamg’armasi tuzildi. SHu tarzdagi dasturlar doirasida, masalan,
AQSHda urushdan keyingi yillarda davlat sektorida (ijtimoiy xizmatlar sohasida –
maorif, tibiiy xizmat ko’rsatish, kommunal xo’jalik hamda ijtimoiy binolar qurilishi
va ta’mirlash-tiklash ishlarida) yuz minglab ish joylari yaratilgan edi. 2500 dan
ko’proq mahalliy agentliklarga (mehnat birjalariga) ega bo’lgan AQSH ishga
joylashtirish xizmati ishsizlarni ro’yxatga olish bilan shug’ullanadi. ular bo’sh ish
joylari topishga harakat qilishadi, malakasini aniqlash maqsadida ishga da’vogarlarni
test sinovidan o’tkazishadi va boshqa shunga aloqador vazifalar bilan
shug’ullanishadi. Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalasiga kelganda esa,
AQSHda uning asosiy bo’g’ini bo’lib oliy va o’rta maktab, xususiy
korporasiyalarning o’quv kurslari va markazlari hisoblanadi. Kasbga tayyorlashning
davlat tizimi bu yerda ancha zaif rivojlangan.
3.1.1-rasm. Mehnat bozorini tartibga solishning mantiqiy yo’nalishlari.
Mantiqan olganda uslubiy jihatdan bu yo’nalishlar quyidagi tamoyillarga
suyanadi (3.3.1-rasmga qarang):
davlat bandlik xizmatlari vositasida ish bilan ta’minlanmagan aholini yangi
Ишсизликдан зарар кўрганларни манзилли
ижтимоий ҳимоя қилишни йўлга қўйиш. Ўз-
ўзига ёрдам тизимини яратиш.
Меҳнат бозорини давлат томонидан тартибга
солишнинг асосий йўналишлари
Меhнат органлари орқали банд
бўлмаган аҳолини касбга тайёрлаш,
ишчи кучи рақобатбардошлигини
оширишга кўмаклашиш
Меҳнат муносабатларини ҳуқу-
қий жиҳатдан таъминлаш. Эги-
лувчан меҳнат бозорини шакл-
лантириш жараёнида ишчи кучи
ва иш берувчининг моддий ман-
фаатдорлигини таъминлаш
59
kasblarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Axborot almashish
3.1.2-rasm. Hududiy mehnat bozori infratuzilmasida axborotlar
almashuvi chizmasi
mehnat munosabatlarini huquqiy jihatdan uzluksiz tartibga solib borishni
yo’lga qo’yish;
ishsiz qolganlarni yo’naltirilgan ijtimoiy muhofaza qilish.
Tadqiqotlar ko’rsatyaptiki, mehnat bozorini samarali tartibga solishning
yuqorida sanab o’tilgan usullari orasida ishchi kuchlariga talabni ko’paytirish va
uning taklifini kamaytirish usuli yetakchi o’rinni egallaydi. ×unki, respublikamiy
hududlarining aksariyat qismi mehnat resurslari bilan ortiqcha ta’minlangan.
Bularning hammasi aholining oqilona bandligini shakllantirishga hamda ishsizlikni
Вилоят иш
билан бандлик
хизмати
Шаҳар иш
билан бандлик
хизмати
Туман иш
билан бандлик
хизмати
Лицензиялаш
органлари
Ҳудудий меҳнат бозорининг ахборот
тизими
Ахборот тизимлари
шаклланишининг технологияси
Дастлабки маълумотлар
Қайта ишлаш дастури
Ахборот тармоғининг
яратилиши (интернетдаги)
Параметрлар мониторинги
Бўш иш
ўринлари
Ишчи кучи
таклифи
Келгусида ишчи кучига талаб
ҳақида маълумотлар
Самарқанд вилоят ҳокимият
органлари
Самарқанд вилоят ижро
этувчи органлари Кенгаши
60
yo’l qo’yiladigan darajagacha kamaytirishga ko’maklashadi.
Hududiy axborot tizimlarining yaratilishi ishchi kuchiga talab va taklifni
tartibga solishda tarmoqli – axborotlarni taqsimlash xususiyatlari bilan aloqadorlikda
ijobiy tashqi samaralarni yuzaga keltiradi.
Buning uchun hududiybarcha hududiy ish bilan bandlik xizmatlarini internet
taromog’iga ulash nazarda tutiladi.
3.1.2-rasmda ko’rsatilishicha, hududiy axborot tizimi quyidagi parametrlar
monitoringiga asoslanadi: bo’sh ish o’rinlari haqida ma’lumotlar va ularning
dinamikasi; ishchi kuchi taklifi (ish bilan bandlik xizmati ish izlovchilar ma’lumotlar
bankini shakllantiradi); oldindan ishchi kuchini qisqartirish va yollash haqida
korxonalar va firmalar ma’lumotlarini o’z ichiga oluvchi hamda mehnat bozorida
talab va taklifning o’zaro muvofiqligini ta’minlashda, o’z vaqtida ularni tayyorlash
bo’yicha viloyatdagi kasbga yo’naltirish o’quv yurtlari va oliy o’quv yurtlari
bitiruvchi mutaxassislarini istiqbollashtirish asosida kelgusida ishchi kuchiga talab
haqida ma’lumotlar to’plash. Ko’rsatilgan parametrlar bo’yicha ma’lumotlar
bazasining shakllanishi ish bilan bandlikka ko’maklashish dasturini ishlab chiqish va
monitoringini o’tkazish maqsadida viloyat hokimiyat organlarini axborot bilan
ta’minlash uchun ishonchli empirik asos hisoblanadi.
Mehnat bozorida hududiy axborot tizimlarini joriy etish iqtisodiyotning
axborot sektorini intensiv rivojlantirish jarayonini qamrab oladi. SHuning uchun
hududiy darajada iqtisodiyotni axborotlashtirishning shakllanish belgisi hisoblanadi.
Albatta, hududiy mehnat bozorida axborot tizimlarining yaratilishi,
avvalambor,
mahalliy
elektron,
kompyuter
texnikalari
ishlab
chiqarishni
rivojlantirishni talab etadi. Mahalliy elektron sanoatining rivojlanishi mehnat
bozorida axborot tizimlari shakllanishi uchun zarur jihozlarni ta’minlaydi.
Axborotlashtirish infratuzilmasi rivojlanishining hozirgi yo’nalishlarining
tahlili axborot xizmati tarmog’ini takomillashtirishning huquqiy, tashqi va iqtisodiy
jihatlarini tadqiq qilish bilan bog’liq vazifalar majmuasini tezroq hal etish zaruriyatini
ko’rsatmoqda.
61
Mehnat bozorida axborotlashtirish quyidagi vazifalarni amalga oshirishini
nazarda tutadi:
- mehnat bozorini axborotlashtirishga tayyorlashning tadbirlar majmuasini
amalga oshirish, ya’ni bu muammoni hal etish uchun zarur siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy
mutaxassislar tayyorlash va boshqa shu kabi shart-sharoitlarni yaratish;
- aholining kompyuter savodxonligini ta’minlash, yangicha fikrlash va
axborot madaniyatini shakllantirish;
- xo’jalik mexanizmini takomillashtirish, tashkiliy tuzilmalar, boshqaruv
tartibotlarini qayta qurish, axborotlashtirish industriyasining xo’jalik mexanizmini
vujudga keltirish, axborotlashtirishning huquqlarini ishlab chiqish;
- mehnat bozorida axborotlarni qabul qilib olish va tarqatish umumdavlat
muhitini rivojlantirish;
- matematik va dasturiy ta’minot ishlab chiqish, ma’lumotlar banklarini va
bilimlarning manbalarini vujudga keltirish;
- axborotlashtirish sohasida samarali xalqaro hamkorlik qilish yuzasidan
keng ko’lamli tadbirlarni amalga oshirish.
Mehnat bozori hududiy axborot tizimi ish bilan bandlik va mehnat sohasida
fuqarolarni o’z-o’zini himoyalashning qo’llab-quvvatlashini o’z ichiga oluvchi huquq
va majburiyatlar haqidagi axborotlarni saqlash, normativ aktlar va ularni
mustahkamlash haqida, ularning ijrosini ta’minlash, ijtimoiy-huquqiy maslahatlar va
ijtimoiy-mehnat muammolarining yechimi uchun zaruriy ma’lumotlarni ta’minlashi
kerak.
Hozirgi kunda mehnat bozori axborot tizimlari oldida turgan dolzarb
vazifalardan biri dasturiy va kommunikasion jihatlarni takomillashtirishdir.
SHunday qilib, mehnat bozorida talab va taklifni tartibga solish bo’yicha
hududiy axborot tizimlarini yaratilishi bozor aloqalarini shakllantirish, mehnat
bozorida xo’jalik subyektlari transaksion xarajatlarini kamaytirish, tarmoqlar
bo’yicha ishchi kuchi taqsimlanishini optimallashtirish maqsadida, ular o’rtasida
intensiv aloqalarni qaror toptirish shart-sharoitlarini vujudga keltiradi. To’plangan
62
ma’lumotlarning ishonchliligi mehnat bozori samarali monitoringini ta’minlash
uchun axborotlar o’zatish jarayonini tezlashtiradi va hududiy ish bilan bandlik
xizmati organlari uchun ish bilan bandlikka ko’maklashish dasturini ishlab chiqishda
ma’lumotlar bazasini shakllantiradi. Demak, Samarqand viloyatida hududiy axborot
tizimlarining yaratilishi mehnat bozorini tartibga solishda hududiy ish bilan bandlik
siyosatni samaradorligini oshirish uchun imkoniyat yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |