Mehnat bozori tartibga solishning hududiy asoslari



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix24.04.2020
ölçüsü0,91 Mb.
#30971
1   2   3   4   5   6   7
mehnat bozori tartibga solishning hududiy asoslari


0

500

1000

1500

2000

2500

3000

3500

4000

4500

5000

2007 й.

2008 й.

2009 й.

2010 й.

2011 й.

2012 й.

 

2.1.2-rasm.  Samarqand viloyatida YaHM hajmi,  



2007-2012 yillarning 1 yanvar holatiga ko’ra (mlrd. so’m). 

Manba: Samarqand viloyati Davlat statistika Bosh boshqarmasi ma’lumotlari asosida 

tuzilgan. 

 

2011  yilda  Samarqand  viloyati  bo’yicha  yalpi  hududiy  mahsulot  (YaHM) 



ishlab  chiqarish  hajmi  amaldagi  narxlarda  4810,4  mlrd.  so’mni  tashkil  qildi,  ushbu 

ko’rsatkich  2006  yilning  shu  davriga  nisbatan  taqqoslama  narxlarda  3,5  martaga 

o’sgan (2.2-rasm). 

Yalpi  hududiy  mahsulotning  keyingi  yillar  mobaynida  nisbatan  o’sish 

tendensiyasi  viloyatning  barcha    sohalarida  kuzatildi.  Jumladan,  hudud 

iqtisodiyotining barcha soha va tarmoqlarida olib borilayotgan tub islohotlar keyingi 

yillar  mobaynida  o’zining  ijobiy  natijalarini  berib  kelmoqda.  Samarqand  viloyati 

iqtisodiyotida  sanoat  ishlab  chiqarishi  2007  yil  1  yanvar  holatiga  ko’ra  512,1  mlrd. 

so’mni  tashkil  etgan  bo’lsa,  ushbu  ko’rsatkich  2012  yil  shu  holatida  2004,2  mlrd. 

so’mni tashkil etdi va bu ko’rsatkich bazis yiliga nisbatan 3,9 marta ko’pdir. Xuddi 

shunday  o’sish  sur’atlarini  boshqa  soha  va  tarmoqlarda  ham  ko’rishimiz  mumkin, 


                                

 

 



34 

ya’ni, xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish 4,0 marta, kapital qo’yilmalar hajmi 4,2 

marta,  qishloq  xo’jaligi  yalpi  mahsuloti  2,6  marta,  chakana  savdo  aylanmasi  4,1 

marta, jami xizmatlar 5,0 marta, pullik xizmatlar 4,9 marta ko’paygan. 

Viloyatda  korxonalar  va  tashkilotlar  yagona  davlat  registri  ma’lumotlariga 

asosan 2012 yil 1 yanvar holatiga ko’ra iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida 

ro’yxatga  olingan  yuridik  shaxslar  soni  46,1  mingtaga  yetdi,  shundan  faoliyat 

ko’rsatayotganlari  soni  42,6  mingtani  (jami  ro’yxatga  olingan  yuridik  shaxslarning 

92,4 %) tashkil qildi. Bu ko’rsatkich o’tgan 2006 yilga nisbatan mos ravishda 129,5 

foizga, shundan faoliyat ko’rsatayotganlari soni 126,0 foizga oshgan.

1

    


Davlatning  ish  bilan  bandlik  siyosatini  amalga  oshirishning  asosiy  moliyaviy 

vositasi bo’lib, ish bilan ta’minlashga ko’maklashish Davlat jamg’armasi hisoblanadi. 

Davlat  ish  bilan  bandlik  jamg’armasi  mablag’lari  asosan  quyidagi    yo’nalishlar 

bo’yicha sarflanadi: mehnat organlari faoliyatini moliyalashtirish, ishsizlik nafaqasini 

to’lash,  kasbga  o’qitish  va  qayta  o’qitish,  jamoat  ishlarini  tashkil  etish,  ijtimoiy 

muhofazaga muhtojlarga moddiy yordam berish, yangi ish o’rinlarini yaratish, oilaviy 

tadbirkorlikni rivojlantirish, muddatidan oldin pensiyaga chiqish. 

Viloyatda 2010 yilda ish bilan  bandlik jamg’armasi mablag’larining 16%i ish 

bilan  bandlikka  ko’maklashish  markazlarini  moliyalashtirishga,  7,6%i  ishsizlik 

nafaqasini  to’lashga,  3,2%i  kasbga  tayyorlash  va  qayta  tayyorlashga,  5,9%i  jamoat 

ishlarini  tashkil  etishga,  0,43%i  ijtimoiy  himoyaga  muhtojlarga  moddiy  yordam 

ko’rsatishga,  31,3%i  yangi  ish  o’rinlarini    yaratishga,  3,4%i  oilaviy  tadbirkorlikni 

rivojlantirishga,  2,2%i  muddatidan  oldin  pensiyaga  chiqqanlarga  sarflangan. 

SHuningdek, 0,1% mablag’lar ta’lim krediti  sifatida sarflangan. Bu davr mobaynida 

ish bilan bandlik jamg’armasi mablag’larining 62,0%i faol yo’nalishlarga, 29,7%i ish 

bilan  bandlikka  ko’maklashish  markazlari  faoliyatini  tashkil  etish  va  nofaol 

yo’nalishlarga sarflangan. 

                                                 

1

  “Ўзбекистон  Республикасида  ижтимоий-иқтисодий  ислоҳотларни  амалга  ошириш 



бўйича  Самарқанд  вилоятида  2012  йилда  бажарилган  ишлар  ва  2013  йилдаги  уствор 

вазифалар”ни  ўрганиш  бўйича  ўқув-услубий  қўлланма.  –  Самарқанд:

 

СамДУ  -  2013.  6-7 



бетлар. 

 


                                

 

 



35 

Ma’lumki, viloyat davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyati joylardagi ish bilan 

bandlikka ko’maklashish markazlari bilan muvofiqlikda amalga oshiriladi. 

SHahar  va  tumanlardagi  ish  bilan  bandlikka  ko’maklashish  markazlari 

o’zlarining  ish  bilan  bandlikka  ko’maklashish  sohasidagi  funksiyalaridan  tashqari, 

tijorat faoliyatlari bilan ham shug’ullanishlari mumkin. Masalan, ish beruvchilar bilan 

aloqa o’rnatish: ko’pchilik ish beruvchilar o’zlarining xodimlari malakasini oshirish, 

maslahat xizmatlaridan foydalanishga muhtojlik sezadilar. Bizningcha, viloyat davlat 

ish bilan bandlik xizmati organlari va markazlari yuqori malakali kadrlarni tanlash va 

maslahatlar berish bilan muvoffaqiyatli shug’ullanishlari mumkin. 

 

Mehnat  bozori  infratuzilmasida  ish  bilan  bandlik  xizmatining  nodavlat 



tuzilmalariga  xodimlarni  tanlash  bo’yicha  agentliklar  (rekrut  agentliklari),  tijorat 

mehnat birjalari, internet tarmog’idagi  birjalar kiradi. 

Mehnat  bozorining  holati  ish  bilan  bandlik  sohasida  jami  ijtimoiy-iqtisodiy 

jarayonlarni  aks  ettiradi.  Iqtisodiy  o’sishda  investisiyalarning  yuksalishi  ishchi 

kuchiga bo’lgan talabni oshiradi, inqiroz davrida esa, korxonalar o’zlarining mavjud 

shtatlarini qisqartiradilar. Boshqa tomondan, iqtisodiyotda tarmoqlarning rivojlanishi 

ko’pincha  shunga  bog’liq  bo’ladiki,  tezlik  bilan  moliyaviy  va  texnologik 

imkoniyatlar asosida malakali kadrlarni ta’minlash shart-sharoitlari yuzaga keladi. 

Mehnat bozorida ish joyi sifati bo’yicha uni  ikki xil asosiy segmentga bo’lish 

mumkin:  yuqori  malakali    va  past  malakali  shi  joylari,  (mehnat  bozori  segmenti-

ishchi kuchiga demografik talab va taklif tuzilmasi (jinsi va yoshi bo’yicha), kasbiy 

(mutaxassisligi  va  malaka  darajasi  bo’yicha)  va  hududiy  (mintaqalarning  ishchi 

kuchiga talab va taklifdagi hissasi) aspektlarga bo’linadi)

4



Hozirga  kunda  respublikamizning  yirik  shaharlarida,  xususan  Toshkent, 

Samarqand  va  boshqa  yirik  shaharlarida  yangi  tarmoqlarning  rivojlanishi  natijasida, 

mehnat  bozorida  ma’lum  darajada  yuqori  malakali  ish  joylari  segmenti 

shakllanmoqda. 

                                                 

4

 Словарь терминов, применяемых в деятельности служб занятости. – М.: 1997. - С. 74. 



                                

 

 



36 

Mehnat  bozorida  tijorat  ish  bilan  bandlik  xizmatining  davlat  ish  bilan 

bandlik xizmatidan o’zining ijtimoiy-iqtisodiy  faoliyatidagi  farqi  shundaki,  uning 

maqsadi  foydaga  yo’naltirilgan.  Rivojlangan  davlatlar  tajribasiga  ko’ra,  tijorat 

mehnat  vositachiligining  faoliyati  davomida  yuqori  to’lovga  ega  ish  joylari 

segmentida faol rivojlandi. 

Mehnat  bozorida  ularning    faoliyati  rentabelli  korxonalarga  yoki  yuqori 

kasbiy-malakaga  ega  bo’lgan    ishchi  kuchlariga  bo’lgan  talabga  qaratilgan. 

Rivojlangan  korxonalarning  to’lovga  layoqatligi  va  malakali  ishchilarga 

vositachilik xizmatlarining ko’rsatilishi tijorat mehnat vositachiligining rivojlanishi 

uchun iqtisodiy baza yaratdi. 

Kadrlar  agentligi  o’zining  mijozlari  sifatida  unga  tashrif  buyuruvchi,  ya’ni 

ariza  bilan  murojaat  qilgan  firmalarga  xodimlarni  tanlash  bo’yicha  faoliyat 

yuritadi.  Ammo  agentlikda  bo’sh  ish  joylarini  izlovchilar  uning  asosiy  mijozlari 

hisoblanmaydi.  SHunday  ekan,  kadrlar  agentligining  davlat  ish  bilan  bandlik 

xizmati  bilan  tenglashtirilgandagi  farqi  shundaki,  u  ish  beruvchi  mijozlar  bilan 

ishlaydi.  Tijorat  ixtisoslashgan  mehnat  birjalarining  kadrlar  agentligidan  farqi, 

ularning faoliyati ham ish  beruvchilar, ham ish izlovchi kishilarga yo’naltirilgan. 

Respublikamizda  iqtisodiy  islohotlarning  amalga  oshirilishi,  tarmoqlardagi  

tarkibiy  o’zgarishlar  va  mulkchilik  munosabatlarining  sekinlik  bilan  rivojlanishi, 

turli xil iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo’lgan  korxonalar sonining oshishiga olib 

keldi.  Natijada  ishlab  chiqarishning  pasayib  ketishi  kam  miqdorda,  o’z  vaqtida 

to’lanmaydigan ish haqi beriladigan ish joylarining ko’p miqdorda oshishiga olib 

keldi. Bozor kam malakali ish joylari bilan yanada to’lib bordi, qo’layliklarga ega 

bo’lmagan, kam miqdordagi ish haqiga ega bo’lgan ish joylari va kam miqdordagi 

ish bilan bandlik kafolatlari kengayib bordi. 

Mehnat  bozorining  bu  segmentida  tijorat  mehnat  vositachiligi  bo’yicha 

faoliyat 

foyda 

bermaydi. 



Chunki 

korxonalardagi 

mavjud 

moliyaviy 



imkoniyatlarning  chegaralanganligi  mehnat  vositachiligi  uchun  mablag’lar 

ajratishni  zarurat  etmaydi.  Biroq  iqtisodiyotda  bunday  faoliyatning  amalga 



                                

 

 



37 

oshirilishi  ijtimoiy  jihatdan  ahamiyatli  va  iqtisodiy  jihatdan  korxonalar  uchun 

samaralidir. 

Mehnat  bozorining  bu  segmentida  ijtimoiy  funksiyalarni  davlat  ish  bilan 

bandlik  xizmati  amalga  oshiradi.  Mehnat  resurslari  va  korxonalarga  mehnat 

vositachiligi  davlat  ish  bilan  bandlik  jamg’armasi  mablag’lari  hisobiga 

moliyalashtirish  natijasida  bepul  ko’rsatiladi.  O’zining  cheklangan  tashkiliy  va 

moliyaviy  resurslariga  ega  bo’lgan  davlat  ish  bilan    bandlik  xizmati  mehnat 

bozorida  monopol  xarakterga  egadir.  SHunday  ekan,  bizningcha,  davlat  ish  bilan 

bandlik  xizmati  nodavlat  tashkilotlar  tuzishda,  shuningdek,  ixtisoslashgan, 

samarali  imkoniyatlarga  ega  bo’lgan  va  qonunlar  doirasida  mehnat  vositachiligi 

bilan shug’ullanuvchilarga yordam berishi kerak. 

Yuqorida  yuzaga  kelgan  bunday  holatlar  bilan  davlat  ish  bilan      bandlik 

xizmati faoliyatini quyidagicha izohlash mumkin: 

1) Davlat ish bilan  bandlik xizmati o’zining ma’lumotlar bankida nufuzli bo’sh 

ish joylariga ham, kam ish haqi to’lanadigan va kam malakali mehnat talab qiladigan 

ish  joylariga  ham  ega.  Korxonalardan  ish  bilan  bandlik  xizmatiga  beriladigan 

talabnomaning  katta  qismi  nochor  tarmoqlardan,  oz  qismi  barqaror  rivojlanayotgan 

tarmoqlardan  tashkil  etadi.  Barqaror  rivojlanayotgan  tarmoqlarga  tez  va  sifatli 

mehnat  vositachiligi  xizmatlari  asosan  xususiy  kadrlar  agentligi  tomonidan 

ko’rsatiladi; 

2) Bundan  tashqari  davlat  ish  bilan  bandlik  xizmatiga  ijtimoiy  jihatdan 

himoyalangan  malakali  ishchilardan  tashqari,  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  bo’lgan, 

ya’ni nodavlat ish bilan bandlik organlari xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega 

bo’lmagan ishchilar ham murojaat qiladilar; 

3) Foydali  bo’sh  ish  joylariga  ega  bo’lgan  tadbirkorlar  va  malakali 

mutaxassislar  davlat  ish  bilan    bandlik  xizmatidan  kam  foydalanadilar.  Ular 

xodimlarni  tanlash  va  bo’sh  ish  joylari  to’g’risidagi  axborotlarni  to’g’ridan-to’g’ri 

qarindoshlari, tanishlari orqali muloqat o’rnatib, ma’lumotga ega bo’ladilar; 


                                

 

 



38 

4) Davlat  ish  bilan  bandlik  xizmati  o’zining  ijtimoiy  funksiyalarini  bajarishda 

ijtimoiy  ta’minot  organlariga  aynan  o’xshash  holda  amalga  oshiradi,  qaysiki 

rivojlanayotgan firma ishchiga bo’lgan talabnomani berishga shoshmaydi, chunki ish 

bilan bandlik xizmati hisobida mehnatga noloyiq ishlashni xohlamaydiganlar bo’lishi 

mumkin. 


Mehnat  bozorida  davlat  ish  bilan  bandlik  xizmati  ijtimoiy-iqtisodiy 

funksiyalarini  bajarishda,  asosiy  subyekt  sifatida  chiqishga  majbur:  ishsizlarga 

ijtimoiy  to’lovlar,  fuqarolarni  kasbga  yo’naltirish  bo’yicha  xizmatlarni  ko’rsatish, 

uzoq  muddat  ishsiz  bo’lganlarga  ishsizlik  maqomini  berish,  ishsizlarni    kasbga 

tayyorlash va qayta tayyorlashni o’tkazish, fuqarolarni ishga joylashtirish va ilgarigi 

huquqlarini  tiklash  bo’yicha  turli  tashkilotlar  bilan    qo’shma  loyihalarni 

tashkillashtirish ishlari amalga oshiriladi. 

Mehnat vositachiligi doirasida kadrlar agentligi davlat ish bilan bandlik xizmati 

bilan raqobatlasha oladimi? - degan savol yuzaga keladi. 

Mehnat  bozorida  ish  bilan  bandlik  sohasidagi  institusional  tuzilmalar  ichida 

davlat ish bilan bandlik xizmati monopol bo’lib, o’zining faoliyatlari samaradorligini 

oshirishga harakat qiladi. 

Biroq,  amaliyotda  davlat  ish  bilan  bandlik  xizmatiga  fuqarolar  ommaviy 

ravishda  murojaat  qilmaydilar,  ular  tijorat  ish  bilan  bandlik  xizmatlaridan 

foydalanishdan  tashqari,  bo’sh  ish  o’rinlari  to’g’risida  ma’lumotlarni  izlashning 

boshqa  kanallarini  izlaydilar.  Masalan,  gazetalar,  televideniya,  har  xil  e’lonlar  va 

internet  orqali.  SHunday  bo’lsada,  davlat  ish  bilan  bandlik  xizmatining  ijtimoiy  

funksiyalarini bajarishi bo’yicha majburiyatlari yo’qolmaydi. 

SHunday  qilib:  davlat  ish  bilan  bandlik  xizmatining  asosiy  vazifasi  nodavlat 

ish  bilan  bandlik  organlarini  tashkil  etish  va  mehnat  vositachiligi  bilan  samarali 

shug’ullanishlari uchun imkoniyatlar yaratishga ko’maklashish zarur. 

Mehnat  bozorida  tashkiliy  tuzilmalarni  ish  bilan  bandlik  sohasidagi 

faoliyatlarining asosiy  maqsadi ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasida muvozanatni 

va aholining ish bilan oqilona bandligini ta’minlashdan iborat. 



                                

 

 



39 

Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda, mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanish 

holatining tahliliy natijalari shuni ko’rsatadiki, mehnat bozoridagi tashkiliy tuzilmalar 

samaradorligini ta’minlashda yuzaga keladigan muammolar quyidagi asosiy ijtimoiy-

iqtisodiy omillar ta’siri bilan belgilanadi: 

 



tashkilotlar tomonidan to’lovsiz ta’til berilishi, ish vaqtining qisqartirilishi; 

 



ishchilarni bo’shatish o’rniga maosh to’lovlarini kechiktirilishi; 

  ishsizlik nafaqalarining kamligi; 



  mehnat bo’limlari taklif etayotgan ish joylarining ma’qul emasligi; 

  iqtisodiyotning pinhoniy sektorining mavjudligi; 



  ishsizlikning uzoq davom etishi; 

  mehnat bozorida kam miqdordagi malakali kadrlarning taklifi; 



  mehnat bozorida yuqori malakali kadrlarga talabning mos kelmasligi

  ijtimoiy himoyaga muhtojlar salmog’ining ishsizlar o’rtasida ortib borishi; 



 

korxonalarda kadrlar qo’nimsizligining ortib borishi; 



  ish  beruvchilardan  keladigan  katta  miqdordagi  qiyin  bajariladigan 

talabnomalar; 

 



bo’sh ish o’rinlari haqida axborotlarni yetishmasligi; 

 



o’quv  yurtlarining  iqtisodiyot  tarmoqlari  bilan  talabalar  amaliy  bilim  va 

ko’nikmalarini oshirish bo’yicha  yetarli darajada aloqalarning mavjud emasligi

  xususiylashtirish jarayonining sekinlik bilan borishi; 



  nodavlat ish bilan bandlik xizmatlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi; 

 

iqtisodiyot  tarmoqlarida  nufuzli  bo’lmagan  ish  o’rinlarining  ko’payib 



borishi; 

 



mehnat bozori kon’yukturasining nomutanosibligi; 

 



ishchi  kuchi  talab  va  taklifining  son  va  sifat  ko’rsatkichlari  bilan  mos 

kelmasligi va hokazo. 

Yuqorida 

keltirilgan 

omillar 

ta’siri  natijasida  yuzaga  keladigan 

muammolarning  hal  etish  yo’llari  va  usullarini  aniqlash  hamda  bartaraf  etish 

mehnat bozorini tartibga solish uchun ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yuzaga keltiradi. 



                                

 

 



40 

  

2.2. Mehnat bozorini tartibga solishning ijtimoiy-iqtisodiy 



ko’rsatkichlarining tahlili 

 

Davlat ish bilan bandlik siyosati mamlakat rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy 



siyosatining  tarkibiy  qismi  sifatida  mehnat  potensialidan  samarali  foydalanish  va 

uning  rivojlanishi  bo’yicha  ish  bilan  bandlik  muammolarini  yechishga 

yo’naltirilgan iqtisodiyotning o’tish davriga muvofiq, ish bilan bandlik siyosati ish 

kuchini  tarmoqlar  va  ish  bilan  bandlik  ko’rinishi  bo’yicha  qayta  taqsimlashda 

ijtimoiy  jihatdan  muvofiq  ish bilan  bandlik darajasini ta’minlashga  yo’naltirilishi 

zarur. 


SHunday  ekan, mehnat bozorini  tartibga  solish siyosati quyidagi  maqsadlarga 

erishishni nazarda tutadi: 

-  ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasida muvozanatga erishish

-  ishsizlarni mehnatga yo’naltirishni rag’batlantirish; 

-  ish 

bilan  band  bo’lmagan  fuqarolarning  ish  izlashda  kasbiy 



harakatchanligini oshirish; 

-  ish izlayotgan har bir kishini ish bilan ta’minlamoq. 

Davlat  ish bilan  bandlik siyosati doirasida  ish  bilan  bandlikka  ko’maklashish 

ikki  yo’nalishda,  passiv  va  faol  ish  bilan  bandlik  siyosati  ko’rinishlarida  amalga 

oshiriladi. 

Ish  bilan  bandlikning  passiv  siyosati  davlat  ish  bilan  bandlik  xizmati  orqali 

ishsizlarga  nafaqalar  to’lash,  ishsizlarni kasblarga  qayta  o’qitish  va  jamoat  ishlarini 

tashkil  etish  kabi  faoliyatlarni  o’z  ichiga  oladi.  Ish  bilan  bandlik  siyosatining  bu 

varianti davlatning amalga oshiradigan joriy xarajatlari nuqtai-nazaridan bir muncha 

tejamlidir.  Biroq,  ish  bilan  bandlikning  passiv  siyosati  iqtisodiyotning  yuksalishi 

davrida  mehnat  bozorining  yuqori  egiluvchanligi  va  ishchi  kuchining  kasbiy 

harakatchanligi, iqtisodiyotning istiqbolli mustaqil   ish izlash uchun bir muncha keng 

shart-sharoitlari  mavjud  bo’lgandagina  o’zini  oqlashi  mumkin.  Qolgan  holatlarda  

passiv  siyosat  ishsizlik  uzoq  muddat  davom    etishini  qisqartirish,  ish  bilan  band 



                                

 

 



41 

bo’lmagan  aholini  ish  bilan  bandligini  rag’batlantirishni  kuchaytirish  omili  bo’lib 

hisoblanadi.  

Samarqand viloyatidagi demografik vaziyatga nazar tashlasak, keyingi yillarda, 

aholining muntazam ravishda ko’payayotganligini kuzatishimiz mumkin (2.3-rasm).   

Samarqand  viloyati  aholisi  2012  yilda  3326,3  ming  kishiga  yetdi.  Viloyat 

aholisi  2007  yilda  3015,2  ming  kishini  tashkil  etgan  bo’lsa,  2012  yilda  2007  yilga 

nisbatan 10,3 % ga o’sgan (2.3-rasm). 

Viloyatdagi  demografik  holatni  yaxshilanib  borishi,  mahalliy  iqtisodiyotdagi 

tarkibiy  o’zgarishlar  va  amalga  oshirilayotgan  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish, 

uning  ko’lamini  kengaytirish  hamda  ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlarni  boshqarish  va 

tartibga solish bilan bog’liq masalalarning ahamiyatini yanada oshiradi.  

  

3015,2

3046,2

3102,5

3140,2

3197,2

3326,3

2850

2900

2950

3000

3050

3100

3150

3200

3250

3300

3350

2007 й.

2008 й.

2009 й.

2010 й.

2011 й.

2012 й.

Аҳоли сони

 

2.2.1-rasm.  2007-2012 yillar davomida Samarqand viloyati aholisining 



o’zgarishi dinamikasi (ming kishi) 

 

Manba: Samarqand viloyati Davlat statistika Bosh boshqarmasi ma’lumotlari.  

 

Samarqand  viloyati  aholisi  2013  yil  1  yanvar  holatiga  ko’ra,  3380,8  ming 



kishiga  yetdi.  Viloyati  aholisi  2008  yilda  3046,2  ming  kishini  tashkil  etgan  bo’lsa, 

2012 yilda 2008 yilga nisbatan 111,0 % ga o’sgan. 



                                

 

 



42 

 Samarqand viloyatda mehnat resurslari salmog’i 2008 yilda 1698,2 ming kishi 

bo’lib,  2012  yilda  1952,8  ming  kishiga  yetgan.  Bu  ko’rsatkich  2008  yilga  nisbatan 

2012  yilda  115,0  %ga  o’sgan.  Ish bilan  band  bo’lgan  aholi  soni  2008  yilda  1141,5 

ming  kishi, 2012  yilda 1314,5  ming  kishiga  yetgan  yoki  mos davrga nisbatan  115,2 

%ga o’sishi kuzatildi.  

Tahlillardan ko’rinadiki, jami ish o’rinlariga talab 2008 yilda 49,4 ming kishi 

bo’lsa,  2012  yilda  67,3  ming  kishiga  o’sgan  yoki  2008  yilga  nisbatan  2012  yilda 

136,2  %ga  o’sish  tendensiyasiga  ega.  Jami  ish  o’rinlariga  bo’lgan  talab  viloyatda 

2008-2009 yillarda biroz kamayib, 2009 yildan boshlab o’sish tendensiyasiga ega.  

Samarqand  viloyatida  ishsizlik  darajasi  2008  yilda  5,1  %,  2012  yilda  esa  5,4 

%ga  teng  bo’lib,  ko’rilayotgan  davrda  bu  ko’rsatkich  pasayish  tendensiyasiga 

ega(2.2.1-jadval). 

2.2.1-jadval. 

Samarqand viloyatida mehnat resurslari va aholining ish bilan bandligi holati 

(ming kishi hisobida) 

Ko’rsatkichlar 

2008 yil  2009 yil  2010 yil  2011 yil  2012 yil 

2008-


2012 

yillarda 

o’sishi 

(% da) 


Aholi soni 

3046,2 


3102,5 

3140,2 


3 197,2 

3380,8 


111,0 

Mehnat resurslari 

1698,2 

1720,1 


1742,3 

1794,6 


1952,8 

115,0 


Ish bilan band 

bo’lganlar 

1141,5 

1160,8 


1229,9 

1271,0 


1314,5 

115,2 


Jami ish o’rinlariga 

talab 


49,4 

59,0 


62,5 

68,3 


67,3 

136,2 


Ishsizlik darajasi 

(%da) 


5,1 

4,0 


4,8 

4,7 


5,4 

Manba: 



Samarqand viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi 

ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi. 

 

Iqtisodiyotning  yuksalish  davrida  ish  bilan  bandlik  xizmati  nafaqat  yangi 



turdagi  faoliyatlarga  ishchi  kuchini  joylashtirish,  balki  mehnat  resurslaridan 

maksimal  darajada  foydalanish,  ishsizlarni  qayta  o’qitishni  turli  dasturlarini  ishlab 

chiqish, zarur malakaga ega ishchilarni tanlab olish usullari va ishchi kuchiga talabni 


                                

 

 



43 

oshirish  imkoniyatlari  hamda  shart-sharoitlariga  ega  bo’ladi.  Iqtisodiyotning 

tanazzuli  davrida,  ish  bilan  bandlik  xizmati  organlari  mehnat  bozorining 

kan’yukturasidan  kelib  chiqqan  holda  aholining  ish  bilan  bandligi  muammolarining 

yechimi  to’g’risida  maqbul  takliflarni  berishi  mumkin.  Mehnat  bozorini  tahlil 

qilishda  ish  bilan  bandlikka  ko’maklashish  doirasidagi  yo’nalishlar  muhim 

ahamiyatga  ega  bo’lib,  nafaqat  ish  bilan  bandlik  xizmatining  samarali  faoliyatini 

baholash,  ish  bilan  bandlik  siyosati  yo’nalishlarini  ishlab  chiqish,  balki  ish  bilan 

bandlik  muammolari  bo’yicha  yangi  yechimlarni  taklif  qilish  imkoniyatlari  yuzaga 

keladi. 


Ishsizlarni  kasbga  tayyorlash  va  qayta  tayyorlashda,  o’quv  jarayonida 

zamonaviy  o’quv  texnologiyalari  va  usullarini  ta’lim  dasturiga  kiritish  va 

foydalanish, kelajakda ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshiradi. 


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin