Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha


X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy  ishlar” 1996 yil  3



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

2. X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy 
ishlar” 1996 yil 
3. R.A.Mavlonova, Goroxova, Ogluzdina O “Mehnat tahlim metodikasi”
T., “O’qituvchi” 1986 yil 
4. 
SHumulevich 
N.M.“Qog’ozdan 
texnik 
modellar 
yasash” 
T.,“O’qituvchi” 1989 y 
5. 
Vorobg’yov 
A.SH. 
“Konstruktorlik 
va 
modellashtirish” 
T., 
“O’qituvchi”1989 yil 
6. Mavlonova.R.A. “Boshlang’ich sinf mehnat darsliklari”. T. 1996y. 

 
Mavzu: Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi. 
 
Odam hunarning yaxshi va yomon sifatlarini bilgandagina hunarga oid 
bilimlarni mukammal egallashi, hunarmandlar ahlini qo’llab-quvvatlashi 
mumkin. 
Darhaqiqat SHarq mutafakkir allomalari hunar va hunarmandlarga katta 
ehtibor berganlar. Jumladan, Alisher Navoiy o’z zamonasida zargarlar, 
kulollar, tikuvchilar kabi turli tuman hunar sohiblarining hammasiga zo’r 
hafsala, qunt, ehtibor bilan maslahatlar berib, husniga rag’bat ko’rsatib, hamda 
ularga homiylik qilganlar. Alisher Navoiyning fikricha “Inson bo’lib dunyoga 
keldingmi? Biron-bir kasbni egalla, hunar o’rgan, shunda dunyodan 
hammomga kirib toza yuvinib chiqmagan kishidek o’tmaysan”- deydilar. 
SHuningdek donishmandlarimiz ugit qilganlarki, vaqtida ilm hunarga 
muhabbat qo’ying, o’rgatilgan narsalarni yodingizda tuting, ilim hunar 
o’rganishga chin ixlos bilan kirishing, yoshligingizni bekorga o’tkazmang. 
Hattoki, ulug’ shayxlarimizning o’zlari ham biror hunar egasi bo’lganlar. 
Masalan SHayxul Mashoyix Abu Said Xarros etikdo’zlik qilgan. SHayx 
Muhammad Sakko mashhur pichoqchi, SHayx Hoja Bahouddin Naqshbandiy 
ajoyib naqqosh bo’lganlar, boshqalarni hunar o’rganishga dahvat etganlar. 
Hoja Bahouddin Naqshbandiy aytadilar – “Dil bayoru dast bakor” yahni 
“Dilinng ollohda, qo’ling doim mehnatda bo’lsin”. 
Insoniyat qadr-qiymati mehnatda, bilimda, hunarga tayanishda, birovga 
xor bo’lsamlikda deb bilgan Sahdiy shunday tahlim beradi. 
O’z mehnatidan non yegan kishi, 
Xotam minnatidan ozod yoz-qishi. 
Muqaddas kitob Avestoda ham mehnat moddiy boyliklar manbai bo’lgani 
uchun emas, balki u mehnatni asosan ahloqiy jihat, yaxshilik manbai deb 
bilganligi uchun insonlarcha mehnat qilishga chaqiradi. Halq pedagogikasida 


50 
“Yoshlikda egallangan bilim, hunar toshga o’yib yozilgan hikmatdur” – deb 
tahkidlanadi. 
“Farzandlarga odob-hunar o’rgatmak merosdur” – deb nasihat qilinadi 
Qobusnomada “Sen odob, hunar va donishini o’zingdan meros qilgin, toki 
uning haqqini bajo kelturmish bo’lgaysan”. CHunki xos kishilarning 
farzandiga odob va hunardan yaxshiroq meros yo’qdir. Oliy xaloyiqning 
farzandlariga xirfa (savdo hunari) pesha (kasb) din yaxshiroq meros yo’qdir. 
Agar xos odamlarning farzandlari yuz hunar bilsa va lekin hech kasbni bilmasa 
ayb emasdur. Hunar esa bir kun ishga yaragusidir. Demak albatta hunar 
o’rganmoq zarurdir: 
O’tay o’g’lingga bilan desang agar, 
Sen o’qishdi, o’rgatgin ilmu-hunar. 
Agarda senda koruncha ham bo’lmasa zar, 
O’z o’g’ishmingni qoldirmagin behunar. 
Hunarning nechog’lik zarur ekanligini qator rivoyatlar, naqllar, ertak 
dostonlarda ham o’z aksini topgan. “Oltin baliqcha”, “Savdogar bilan 
podachi”, “Sirli gilamcha”, “Baliqchi bola”, “Ikki naqqosh ishi” kabi ertaklar 
“Hasanxon”, “Rustam”, “Ziyod” kabi dostonlar shular jumlasidandir. 
Hunar egallash ham bir fazilatdir mahoratdir. Hunar egallashda halollik, 
poklik, sabr-qanoat, matonat, mehnat madaniyatiga rioya qilish muhim rolg’ 
o’ynaydi
Ota-bobolarimiz ham hunar o’rganishni asosiy vazifa ekanligini o’rgatib 
kelganlar. Nizomiy Ganjaviy shunday degan: 
Hunar o’rgan chunki hunarda ko’p sir, 
Yopiq eshiklarni ochar birma-bir.
Abur Rayhon Beruniy mehnat va hunar avloddan-avlodga meros bo’lib 
o’tishini 
sinchiklab 
o’rgangan 
va 
hunarni 
yuqori 
baholagan. 

“Hunarmandchilikda, mehnatda to’liq ustozlik sahnatini egallab olishi kerak”, 
degan fikrni aytadi. Odatda o’sha davrda hunar va tabiiy bilimlar maktablarda 
o’rgatilmay yakka tartibda berilgan. 
1.
Ota kasbini egallash, oiladagi kattalardan yakka shogird shaklida. 
2.
SHogird etish tanilgan usta qo’lida yakka shogird bo’lish. 
3.
Ustaxonalarda yakka shogirdlik tartibida o’rganiladi. 
Halqimiz bolalarda mehnatsevarlik va mehnatga qiziqishni tarbiyalash, 
otalarimiz izidan borib turli kasb-hunar egallash, ularda mehnat 
munosabatlarini kamol toptirish, kelajak hayotga tayyorlashni o’zlariga muhim 
vazifa deb hisoblaganlar. O’z farzandiga kasb-hunar o’rgatgan ustazodalari 
(usta darajasiga ko’tarilgan farzand) bo’lib yetishganlar. Tanlangan usta 
hunarmandlar uyida yakka shogirdlikka tushgan bolalar bir necha yil hunarga 
tahluqli bo’lmagan yumushlarni ham bajarib yuraverganlar. 
SAVOLLAR. 
1.A.Navoiy mehnat to’g’risida nima degan. 
2. Qanday allomalarni bilasiz. 
3.Kasb-hunarni o’rganish usullari kanday. 


51 
TOPSHIRIQ. 
1. Mutafakkirlar merosidan namuna keltiring. 
2. Kasb va hunar haqida fikringiz. 
ADABIYoTLAR. 
1. S.Hasanov “O’rta Osiyo mutafakkirlari mehnat tarbiyasi haqida”.
T. 1996y. 
2. Munavarov “Pedogogika”.T. 1992y. 
3.  N.Gushkin. V.R.Xiltunin. “Mehnat eng yaxshi tarbiyachi”. T.1988y 
4. I.A.Karimov “O’zbekistonning siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy
istiqbolining asosiy tamoyillari”. T., “O’zbekiston” 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin