Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

Yog’och – eng ko’p tarqalgan materil bo’lib, o’quvchilar 
mashg’ulotlarda ko’p tarqalgan daraxt turlari bilan tanishib chiqishlari kerak. 
Qarag’ay - ko’p tarqalgan ishlov berish oson daraxtdir. U unchalik 
qattiq emas, ammo pishiq, yorish, arralash oson, tolalari bo’ylab randalanadi. 
Qoraqarag’ay – yaxshi ishlanadi, uning yog’ochi oq rang bahzan 
sarg’ish bo’ladi. Qoraqarag’ay tuzilishiga ko’ra qarag’aydan yumshoq va 
yengil. Biroq qoraqarag’ayda butoqlar ko’p quriganda yorilib ketadi. 
Qayin – Qarag’ayga nisbatan pishiqroq va og’irroq, biroq oson 
arralanadi va randalanadi, qayin yoqimli qizg’ish tovlanuvchan oq-sariq
rangda bo’ladi.
Eman – yog’ochi qattiq, u pishiq va zich hamda og’ir, chiroyli jigar 
rangga ega. 
Toqterak – asosan mayda buyumlar yasashda foydalaniladi. Yog’ochi 
yumshoq anchagina yengil. 
Jo’ka – yog’ochi yumshoq, aralash oson, pichoq bilan oson ishlanadi, 
darz ketmaydi. Jo’kani yorish qiyin. Qarag’ay va qoraqarag’aydan yengil 
sarg’ish oq rangda. 
Fanera – Yog’ochdan shponlar qilinadi, fanerani mana shu shponlar – 
yog’ochning payraha qilingan yupqa qatlamlari yelimlab yasaladi.  
Mozaika - buning uchun yupqa yog’och plastinkalardan tasvir 
yig’iladi va keyin ularni asosga yelimlab, ustidan lak yoki politra beriladi.
Loy - Loy narsalar yasashdagi asosiy material hisoblanadi, chunki u 
istalgan joyda topiladi, arzon va qayishqoqdir. Narsalar yasaladigan loyda 
boshqa narsalar tosh, qum va shu kabilar bo’lmasligi kerak. CHunki ish qo’lda 
bajariladi. SHuning uchun ish boshlashdan oldin loyni tekshirib ko’rish kerak. 
Loy shirali va shirasiz bo’ladi. SHirasiz loyning tarkibida ko’p qum bo’lib, 
unda yopishqoqlik xususiyati yomon bo’ladi. Loyni aralashmalardan tozalab, 
ustiga suv qo’yib, 5-6 soat saqlanadi. So’ngra suvi to’kib, qo’lga 
yopishmaydigan quyuqroq xamir holatiga kelguncha yaxshilab ishlanadi.
Plastilin – narsalar yasashda qo’llaniladigan materialdir. U sunhiy plastik 
massa bo’lib, loydan hech qachon qurimasligi va doimo ishlatishga tayyorligi 
bilan farqlanadi. Plastilinning har xil – oddiy va murakkab turlari bo’lib uni 
tayyorlashni bir nechta usullari bor. 
Birinchi variant – toza quyuq loyga glitserin qo’shib bir turli massa hosil 
bo’lguncha 
aralashtiriladi. 
Glitserin 
tayyorlanadigan 
massa 
qo’lga 
yopishmaydigan holatga kelguncha qo’shiladi. 
Ikkinchi variant – quritilgan toza loy mayda qilib tuyuladi va unga 
vazelin qo’shib, qo’lga yopishmadigan quyuq massa hosil bo’lgancha 
aralashtiriladi. Plastilinga kerakli rangdagi quruq bo’yoq massasini qo’shib va 
puxta aralashtirib bo’yash mumkin. 


63 
Uchunchi variant - 1 qism to’prog’iga 1/5 qism ilitilgan mum hamda 
plastilin qo’lga yopishmaydigan darajaga yetguncha glitserin qo’shib 
aralashtiriladi. 
Mum – Plastilin va loydan tashqari narsalar yasashda mumdan ham 
foydalaniladi. Mum tabiiy va suhniy turlari mavjud. Mum ancha qimmat turadi 
va undan mayda narsalar yasaladi. Mum bilan ishlash qo’lay, u qo’rimaydi, suv 
bilan namlashni talab qilmaydi, darz ketmaydi va undan yasalgan narsalar uzoq 
saqlanadi.
SAVOLLAR. 
1.
Mehnat darslarida metallning ahamimyati qanday. 
2.
Neogrnik moddalar qaerdan olinadi. 
3.
Yog’ochning turlari qanday. 
TOPSHIRIQLAR. 
1. Turli materiallarning mazmunida namunalar keltiring. 
2. Dars ishlanmasini keltiring. 
ADABIYoTLAR. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin