Rangli metallga – mis, alyumin, qo’rg’oshin, jez, qalay va boshqa
metallar va ularning qotishmalari kiradi.
Metall bilan ishlanadigan asboblar: Taxta qilingan metallni qirqishda
maxsus tunuka qaychilari kerak bo’ladi. Simni o’tkir ombir bilan folg’gani
qaychi bilan qirqiladi. Metallarni mustahkamlovchi va boshqa ishlarda bolg’a,
egov kabi asboblar qo’llaniladi. Metallga ishlov berishda xavfsizligi texnikasi
qoidalariga rioya qilish zarur
Sim bilan ishlash. Turli xil narsalarni yasashda xilma-xil simlardan
foydalanish mumkin. Sim to’qish va o’rib olish uchun yaroqlidir. Qattiq po’lat
yoki alyumin simdan texnik modellashda bir qator detallarni yasashda
foydalaniladi. Bu simdan arava, avtomobilg’ o’qlari, suv parragi, o’yinchoqlar
va shu kabilarni tayyorlashda foydalaniladi. Ishlab chiqarilayotgan simlar
diametri 0,005 dan 17mm gacha bo’ladi. U asosan dumoloq kesimli bo’ladi,
Biroq kvadrat, olti qirrali, trapetsiyasimon yoki oval shaklidagi simlar ham
bo’ladi. Simlar turli maqsadlarda: elektr, radio, telefon simlari, prujinalar,
mixlar, eektrodlar, ingichka parma, musiqa asboblari uchun torlar yasash va
shu kabilardan foydalaniladi.
Plastmassalar. Plastmassalar suhniy olinadigan modda bo’lib,
sanoatimiz plastmassadan turli predmetlarni va kapron, neylon, organik oyna,
paralon, polietilen va shu kabi xilma-xil to’qimalarni ishlab chiqaradi.
Plastmassalar juda yengil va shu bilan birga bukiluvchan va elastikdir. Ayrim
plastmassalar o’ta mustahkam bo’lib issiqlik va elektrni yaxshi o’tkazadi,
kislotalarga bordoshlidir. Plastmassaga ishlov berishda deyarli chiqindi
bo’lmaydi. Mehnat tahlimi amaliy mashhulotlarida topilishi oson bo’lgan
plastmassalardan va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalaniladi. Bular:
organik shisha, paralon, penoplast, linoleum, ebonit, kapron, tekstolitdir
Organik shisha - Organik shisha oddiy shisha singari shaffof, ammo
sinmaydigan suhniy plastmassadir. Organik shishani aralash, egish va
yelimlash mumkin. U turli ranglarga bo’yaladi.
Paralon – Suhniy yo’l bilan olinadigan material bo’lib, g’ovvak
tuzilishga ega, usti yumshoq, juda yengil, yaxshi bo’yaladi, suv tahsir etmaydi.
Paralonni gazlamaga, qog’ozga va ko’pgina materillarga yopishtirish mumkin.
Penoplast - Anchagina pishiq, juda yengil, oq rangdagi material.
Undan kemasozlik, samolyotsozlik, qurilish va elektronika hamda boshqalarda
foydalaniladi.
Linoleum – Qurilishda keng qo’llaniladi. Bu turli smolalar, alifmoy,
maydalangan po’kak, turli bo’yovchilar va boshqa materiallar aralashmasidan
olingan suhniy materialdir. Linoleumning qalinligi 2,5 mmdan 5mmgacha
bo’ladi.
Teksolit – ko’p qavatli gazlamadan katta bosimda presslanib
tayyorlanadigan suhniy plastmassa juda pishiq xususiyatga ega. Undan
shesteryonka, roliklar, podshipniklar uchun vkladishlar tayyorlanadi.
62
Ebonit – maxsus usulda ishlov berilgan rezina, Ebonitdan har xil
turdagi elektr asboblari tayyorlanadi, u sinuvchan, shunung uchun ehtiyotkorlik
bilan munosabatda bo’lishni talab qiladi.