Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

Rangli metallga – mis, alyumin, qo’rg’oshin, jez, qalay va boshqa 
metallar va ularning qotishmalari kiradi. 
Metall bilan ishlanadigan asboblar: Taxta qilingan metallni qirqishda
maxsus tunuka qaychilari kerak bo’ladi. Simni o’tkir ombir bilan folg’gani 
qaychi bilan qirqiladi. Metallarni mustahkamlovchi va boshqa ishlarda bolg’a, 
egov kabi asboblar qo’llaniladi. Metallga ishlov berishda xavfsizligi texnikasi 
qoidalariga  rioya qilish zarur 
Sim bilan ishlash. Turli xil narsalarni yasashda xilma-xil simlardan 
foydalanish mumkin. Sim to’qish va o’rib olish uchun yaroqlidir. Qattiq po’lat 
yoki alyumin simdan texnik modellashda bir qator detallarni yasashda 
foydalaniladi. Bu simdan arava, avtomobilg’ o’qlari, suv parragi, o’yinchoqlar 
va shu kabilarni tayyorlashda foydalaniladi. Ishlab chiqarilayotgan simlar 
diametri 0,005 dan 17mm gacha bo’ladi. U asosan dumoloq kesimli bo’ladi, 
Biroq kvadrat, olti qirrali, trapetsiyasimon yoki oval shaklidagi simlar ham 
bo’ladi. Simlar turli maqsadlarda: elektr, radio, telefon simlari, prujinalar, 
mixlar, eektrodlar, ingichka parma, musiqa asboblari uchun torlar yasash va 
shu kabilardan foydalaniladi. 
Plastmassalar. Plastmassalar suhniy olinadigan modda bo’lib,
sanoatimiz plastmassadan turli predmetlarni va kapron, neylon, organik oyna, 
paralon, polietilen va shu kabi xilma-xil to’qimalarni ishlab chiqaradi. 
Plastmassalar juda yengil va shu bilan birga bukiluvchan va elastikdir. Ayrim 
plastmassalar o’ta mustahkam bo’lib issiqlik va elektrni yaxshi o’tkazadi, 
kislotalarga bordoshlidir. Plastmassaga ishlov berishda deyarli chiqindi 
bo’lmaydi. Mehnat tahlimi amaliy mashhulotlarida topilishi oson bo’lgan 
plastmassalardan va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalaniladi. Bular: 
organik shisha, paralon, penoplast, linoleum, ebonit, kapron, tekstolitdir 
Organik shisha -  Organik shisha oddiy shisha singari shaffof, ammo 
sinmaydigan suhniy plastmassadir. Organik shishani aralash, egish va 
yelimlash mumkin. U turli ranglarga bo’yaladi. 
Paralon – Suhniy yo’l bilan olinadigan material bo’lib, g’ovvak
tuzilishga ega, usti yumshoq, juda yengil, yaxshi bo’yaladi, suv tahsir etmaydi. 
Paralonni gazlamaga, qog’ozga va ko’pgina materillarga yopishtirish mumkin. 
Penoplast - Anchagina pishiq, juda yengil, oq rangdagi material. 
Undan kemasozlik, samolyotsozlik, qurilish va elektronika hamda boshqalarda 
foydalaniladi. 
Linoleum – Qurilishda keng qo’llaniladi. Bu turli smolalar, alifmoy, 
maydalangan po’kak, turli bo’yovchilar va boshqa materiallar aralashmasidan 
olingan suhniy materialdir. Linoleumning qalinligi 2,5 mmdan 5mmgacha 
bo’ladi. 
Teksolit – ko’p qavatli gazlamadan katta bosimda presslanib 
tayyorlanadigan suhniy plastmassa juda pishiq xususiyatga ega. Undan 
shesteryonka, roliklar, podshipniklar uchun vkladishlar tayyorlanadi. 


62 
Ebonit – maxsus usulda ishlov berilgan rezina, Ebonitdan har xil 
turdagi elektr asboblari tayyorlanadi, u sinuvchan, shunung uchun ehtiyotkorlik 
bilan munosabatda bo’lishni talab qiladi. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin