Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha


X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy  ishlar” 1996 yil  2



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

1. X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy 
ishlar” 1996 yil 
2. R.A.Mavlonova, Goroxova, Ogluzdina O “Mehnat tahlim metodikasi” 
T., “O’qituvchi” 1986 yil 
3. 
SHumulevich 
N.M.“Qog’ozdan 
texnik 
modellar 
yasash” 
T.,“O’qituvchi” 1989 y 
4. Vorobg’yov A.SH. “Konstruktorlik va modellashtirish” T., “O’qituvchi” 
1989 yil 
5. Mavlonova.R.A. “Boshlang’ich sinf mehnat darsliklari”. T. 1996y. 
 
Mavzu: Loy va plastilin bilan ishlash darslari tashkil etish metodikasi. 
Boshlang’ich sinflarda loy va plastilin bilan ishlash mashg’ulotlarining 
maqsadi va vazifasi bolalarning haykaltoroshlikning elementar asoslari bilan 
tanishtirish va amaliy ishlashga o’rgatishni nazarda tutadi. Bunday 
mashg’ulotlarni yuksak saviyada tashkil etish va o’tkazish har bir 
o’qituvchidan mazkur soha bo’yicha mahlum tayyorgarlikka ega bo’lishni 
talab etadi. Buning uchun o’qituvchilar o’z ustlarida ko’proq ishlashlari, 
xaykaltoroshlik va sapoldo’zlik asoslarini yaxshi bilib olishlari kerak bo’ladi 
Mehnat darslarida loy, plastilin, mum kabi materiallardan foydalanib, 
ulardan turli uyinchoqlar, jonivorlar, qushlar, ertak qaxromonlari yasaladi. 


64 
Uyinchoq – dekorativ sahnatning eng qadimiy turlaridan biri bo’lib, qadim 
asarlarda loydan yasalgan narsalar bizgacha yetib kelgan. Mamlakatimizda 
sanoat va madaniyatning rivojlanib borishiga ko’ra uyinchoqlarni assortimenti, 
ularning obrazlari yildan-yilga boyib bormoqda. Uyinchoqlar yasaladigan 
materiallar xilma-xildir. Biroq afzallik loyga beriladi. Loy narsalar yasashda 
asosiy material hisoblanadi. 
CHunki u istalgan joyda topiladi, arzon va qayishqoqdir. Narsalar 
yasaladigan materialda chet predmetlar, tosh, qum va shu kabilar bo’lmasligi 
kerak. CHunki ish qo’lda bajariladi. SHuning uchun ish boshlashdan oldin 
loyni tayyorlash kerak, topilgan matni narsalar yasashga yaroqli yoki 
yo’qligini oldindan tekshirish kerak. Loy shirali va shirasiz bo’ladi. SHirasiz 
loy tarkibida qum ko’p bo’lib, unda yopishqoqlik xususiyati yomon bo’ladi. 
Loy va plastilin ham turli narsalar yasash uchun juda qulay bo’lib, ayrim 
xususiyatlariga ko’ra, bir-biridan ajralib turadi. Masalan plastilin rang-
barangligi va doimo ishga tayyor holda ekanligi bilan ajralib turadi. Lekin 
asosiy kamchilik shundaki, plastilin issiqda tez erib ketadi va o’zining 
qayishqoqlik xususiyatini yo’qotadi. Bundan tashqari plastilindan ishlangan 
haykalchalarni ochiq joyda saqlash juda qiyin. Undan asosan kichik 
modellarni yasashda foydalaniladi. U sunhiy plastik massa bo’lib, loydan hech 
qachon qurimasligi bilan farqlanadi. Plastilin har-xil oddiy va murakkab turlari 
bo’lib, retseptlari bor.
Birinchi variant – toza quyuq loyga glitserin qo’shib bir turli massa hosil 
qilguncha 
aralashtiriladi. 
Glitserin 
tayyorlanayotgan 
massa 
qo’lga 
yopishmaydigan holatga kelguncha qo’shiladi. 
Ikkinchi variant - quritilgan toza loy mayda qilib tuyuladi va unga vazelin 
qushib, qulga yopishmaydigan quyuq massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. 
Plastilinga kerakli rangdagi quruq buyoq massasi qushib va puxta aralashtirib 
buyash mumkin. 
Uchunchi variant- 1 qism tuprog’ida 1/5 qism ilitilgan mum hamda 
plastilin qulga yopishmaydigan darajaga yetguncha glitserin qushib 
aralashtiriladi. Plastilin va loydan narsalar yasashni u yaxshilab qulda 
ezilgandan keyin boshlash kerak. 
Plastilin va loydan tashqari narsalar yasashda mumdan foydalaniladi. 
Mumning tabiiy va suhniy (neftdan olingan) turlari mavjud. Mum ancha 
qimmat turadi va undan mayda narsalar yasaladi. Mum bilan ishlash qulay, u 
qurimaydi, suv bilan namlanishni talab qilmaydi, darz ketmaydi va undan 
yasaladigan narsalar uzoq saqlanadi. 
Mehnat darslarida uchun magazinlarda ochdan to to’q rangacha bo’lgan 
rangli mum tayoqchalari sotiladi.
Loy 
bilan 
ishlaganda 
asosan 
oddiy 
asboblar, 
pichoq, 
oddiy 
konstruktsiyadagi yog’och va metall uchli steklardan foydalaniladi. Plastilin va 
mum bilan ishlaganda metall steklardan foydalaniladi. Ularni qizitish hamda 
yo’g’on mis, alyumin yoki temir simdan tayyorlash mumkin. TSirkulg’, 
o’lchov, chizg’ich va burchaklar kabi o’lchov asboblari modellarni chizish va 
o’lchash ishlarida kerak bo’ladi. 


65 
Tayyor narsalardagi changlarni yo’qotish, loy narsalarni supurib tashlash, 
narsani solish va unga narsalar surtish jarayonida har – xil mo’yqalamlar 
bo’lishi maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin