69
4.
SHumulevich
N.M.
“Qog’ozdan
texnik
modellar
yasash”
T.,“O’qituvchi” 1989 y
5.
Vorobg’yov
A.SH.
“Konstruktorlik
va
modellashtirish”
T.,
“O’qituvchi”1989 yil
6. Mavlonova.R.A. “Boshlang’ich sinf mehnat darsliklari”. T. 1996y.
Mavzu: Gazlama bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi.
Tikish darslarida beriladigan politexnik bilim bolalarning bilim
doiralarini kengaytiradi. Bolalarni tasavvurlarini
insoniyat hayotida muhim
o’rinni egallovchi hamda keng tarqalgan materiallar va ularning xususiyatlari,
sanoatning gazlama va tolali materiallar ishlab chiqariuvchi tarmoqlari,
materiallardan texnika va insonning madaniy hamda maishiy ehtiyojlarini
qondiruvchi ishlab chiqarish kabilar bilan boyitadi.
Amaliy mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilar
turli asboblar hamda
moslamalar, asosan qaychi, igna va o’lchov asboblari bilan ishlash
malakalarini egallaydilar. Ular bu asbob va moslamalarning har xil turlari bilan
tanishadilar.
Gazmol bilan
ishlaganda mehnat madaniyati, o’z ishini rejalashtirish
hamda tashkil etish ko’nikmasi rivojlanadi va takomillashadi. Bolalarning
didlari ham jiddiy o’sadi va takomillashadi. Gazmol, ip va boshqa materiallarni
bir-biriga
moslab tanlash, o’quvchilarni ranglarni birikishi, gazmol va ipning
rangi bir-biriga muvofiq kelishiga ehtibor berishga o’rgatadi.
O’qituvchi o’quv materiallarini darsda o’quvchilarni
politexnik tahlim
bilan qurollantirish amaliy ishlar bilan birikib ketadigan qilib qurollantiradi. U
darsda tahlimni o’quvchilarning faolliklarini, aqliy qobiliyatlarini o’stiradigan
metod va usullardan foydalanadi.
1-sinf o’quvchilar qo’yidagi ko’nikma, bilim va malakalarni egallab
olishlari kerak:
1. Gazmol haqidagi umumiy tushunchalar bilan tanitirish. O’simlik
(paxta, zig’ir)dan tayyorlanadigan gazmollar haqida
dastlabki mahlumotlar
beriladi. Gazmolning tuzilishi, ulardagi iplarning to’qilishi haqidagi ilk
mahlumotlar beriladi.
2. Gazmollar asosan nimalarga mo’ljallanganligi bilan tanishtirish: kiyim-
kechak, turmush narsalarga va shu kabilar.
3. Ishlatilishi (tikish, yamash, to’qish iplari) va yo’g’on-ingichkaligiga
ko’ra farqlanadigan iplar bilan tanishtirish.
4. Tikish va to’qishda ishlatiladigan asosiy
asboblar hamda moslamalar
(nina, qaychi, angishvona, to’g’nog’ich) va ularni saqlashning asosiy qoidalari
bilan tanishtirish.
70
5. Sanchiluvchan asbob va moslamalarni ishlatganda xavfsizlik texnikasi
qoidalari bilan tanishtirish. Tikish vaqtida to’g’ri o’tirish qoidalari,
gigiena
talablari.
6. Kerakli uzunlikdagi ipni o’lchash, uni qirqish yo’llari bilan tanishtirish
(ularni tishlab, totib uzishga yo’l qo’ymaslik), lentani o’lchash va qirqish.
7. Ip va tolaga ishlov berish usullaridan biri bilan tanishtirish.
8. Yug’on ip va toladan to’qishga o’rgatish.
9. Ninaga ip o’tkazish, tugun solish, ipni mustaxkamlashni o’rgatish.
10. “Baxya”, “chok” (biriktiruvchi va bezovchi) tushunchalari bilan
tushuntirish.
11. Oddiy andazalar tayyorlash. O’qituvchi chizmasiga muvofiq to’g’ri
burchak shaklidagi andazalar qilish.
12. Gazlamani andazaga ko’ra chamalash.
13. Gazlamani qaychi bilan qirqish usullarini tanishtirish.
14. Gazlamani qalam yoki bo’r bilan belgilangan to’g’ri yoki egri chiziq
bo’ylab qaychida qirqishni o’rgatish.
15. Gazlamadan narsalar tikishni o’rgatish.
16. Tugma qadash usullarini o’rgatish.
Bu mashg’ulotda o’quvchilar natural ipak
va jun tolali materiallarni,
to’qimachilik sanoati mahsulotlari bilan tanishadilar. Namuna, rasm, chizma va
berilgan o’lchamlar bo’yicha andaza bichish olishni va gazlamaning
xususiyatlarini (pishqligi, egiluvchanligi, tuzilish) ni o’rganadilar.
SAVOLLAR.
1.
Qanday gazlama turlari mavjud.
2.
O’quvchilar qanday malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak.
3.
Qanday tikish asboblarini bilasiz.
4.
Asboblardan qanday foydalaniladi.
TOPSHIRIQLAR.
1.
Material turlarini sanab o’ting.
2.
CHok turlaridan namuna keltiring.
ADABIYoTLAR.
1.P.Magzumov. ”O’quvchilarning mehnatga tayyorgarlik bo’yicha bilim
va ko’nikmalari sifati”.T. 1994y.
Dostları ilə paylaş: