Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha


X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy  ishlar” 1996 yil  3



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

2. X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy 
ishlar” 1996 yil 
3. R.A.Mavlonova, Goroxova, Ogluzdina O., “Mehnat tahlim metodikasi” 
T., “O’qituvchi” 1986 yil 


71 
4. 
SHumulevich 
N.M.“Qog’ozdan 
texnik 
modellar 
yasash” 
T.,“O’qituvchi” 1989 y 
5. 
Vorobg’yov 
A.SH. 
“Konstruktorlik 
va 
modellashtirish” 
T., 
“O’qituvchi”1989 yil 
6. Mavlonova.R.A. “Boshlang’ich sinf mehnat darsliklari”. T. 1996y. 
Mavzu: Yumshoq o’yinchoqlar yasash darslarini tashkil etish metodikasi. 
 
O’yinchoqlar – bolalar o’yinlari uchun yaratilgan maxsus predmetdir.
Biroq bu anik predmetning kichiraytirilgan nusxasi emas, balki uning shartli 
tasviri, o’ta umumlashtirilgan badiiy obrazdir. Ifodali shakl va harakatlilik, 
ravshanlik va rangning shartliligi bularning barchasi bolaning o’yinchoqqa jalb 
qiladi. U bilan o’ynash ishtiyoqini tug’diradi. O’yinchoq bola quvonchining 
manbaidir. 
Yumshoq o’yinchoqlar bilan turli yoshdagi bolalar shug’ullanishlari 
mumkin. Aytishlaricha, yumshoq o’yinchoq yasab o’ynash faqatgina kichik 
bolalarga xos deb, lekin tajribalar shuni ko’rsatadiki yumshoq o’yinchoqlar 
bilan faqat bolar emas, balki katta yoshdagi bolalar ham qiziqadilar. 
Kichik o’quvchilar o’yinchoqlarning eng oddiy turlari, kattaroqlari esa 
qo’g’irchoq 
teatri 
qo’g’irchoqlarini 
turli 
holatdagi 
o’qinchoqlarni
tayyorlaydilar. O’quvchilarga o’yinchoqlar yasashni o’rgatish uchun avvalo 
o’qituvchi o’zi bu sahnatni yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi kerak. O’zi 
tayyorlagan chiroyli o’yinchoqlarni o’quvchilarga ko’rsatar ekan, ularda ham 
o’yinchoqlar yasash qiziqishi paydo bo’ladi. 
Yumshoq o’yinchoqni yasashni, uning yasash texnologiyasi uslubi, tayyor 
shablon asosida boshlash mumkin. O’yinchoq andoza asosida tayyorlanishiga 
qarab, bolalarni intilishlariga, o’zlari o’ylab qo’shgan g’oyalari uchun 
rag’barlantirishlari kerak.
Ishni tashkil qilishdan oldin qo’yidagi ashyolar va asboblarni tayyorlash 
kerak: 
Asboblar: 
1.
Ignalarning turli katta-kichiklari. 
2.
G’altakli turli rangdagi iplar. 
3.
Rangli mo’lina iplar. 
4.
Turli rangdagi ipakli iplar. 
5.
Qaychi. 
6.
Bigiz. 
7.
Ombir. 
8.
Dazmol. 
9.
Angishvona. 
10.
Qalam. 


72 
Ashyolar: 
Yumshoq o’yinchoq uchun iloji boricha yangi mato yoki avvaldan yuvib, 
dazmollangan satin, barxat, shtapil, paxmoq, chit, junli matolar zarur. 
Hayvonlarni tayyorlash uchun tukli bumaziy, suhniy va tabiiy jun 
matolaridan foydalaniladi. 
Tana yuz ko’rinishini tasvirlovchi o’yinchoqlar uchun shifon, suhniy 
tolali shoyi matolar, yuz uchun och pushti, och jigarrang matolar olinadi, 
kiyimlari uchun rangli matolar, soch uchun suhniy iplar, viskoza, qismlarni 
biriktirishda 1-2 mm yumshoq simlar, o’yinchoqlarni jihozlashda har-xil 
tugmalar, biser, tisma, lentalar, shnurlar hamda eskiz tayyorlash uchun plastilin 
zarur. O’yinchoq ichi paxta bilan, tirikotaj chiqindilari, averla qilishda 
yog’ochdan chiqqan qirindilar bilan to’ldirish mumkin. 
Yumshoq o’yinchoq tayyorlashda ishni nimadan boshlash kerak. Dastlab 
bolalarni ignani ushlashdan, igna to’g’nog’ichdan o’rinli foydalanishdan, so’ng 
eng oddiy chok turlarini tikishdan boshlash zarur. CHok turlarini o’rgatish 
uchun amaliy bir nechta ish tavsiya etiladi. (Ro’molcha tikish, xaltacha tikish 
va boshqalar). Bu esa bolalarni chok turlarini tikish malakasini egallashga 
shiroit yaratadi. Bolalarda igna bilan ishlash malakasi hosil bo’lgandan keyin 
oddiy model tayyorlashga o’tiladi. Bolalar qo’lda tikadilar, kattaroq bolalar 
tikuv mashinasidan foydalanish mumkin.
Yumshoq o’yinchoq tikish izchilligi qo’ydagicha bosqichlardan iborat:
Mato tanlash, g’ijim matoni dazmollash, matoga andoza chizish, qismlarni 
bichish, tikish, ichini to’ldirish, ustini jihozlash. 
Andoza kartondan tayyorlanadi, bichishga mato ikkiga buklanadi, uning 
chap tomoniga andoza qo’yib bichiladi, yaxshi ichi ochiladi, qalam bilan 
tayyorlanayotgan bo’lsa, andoza har bir bo’lak mato ustiga ipini qiyalab 
yo’nalgan tomoniga qo’yiladi. Toq mato bo’lsa andoza oq yoki sariq rangi 
qalam bilan och rangi mato bo’lsa qaro rangli qalamdan tayyorlanadi. 
CHizib olingan mato har tomondan 0,5 sm chok uchun qoldirilib, 
qirqiladi, so’ng qo’lda yoki mashinada tikiladi. Burchaklar o’ng tomonga 
chiqariladi. Tayyor tikilgan forma metal tayyoqcha yordamida o’tmas tomoni 
bilan o’ngiga ag’dariladi. 
Agar o’yinchoq tabiiy jundan tayyorlanayotgan bo’lsa chok haqqi 
qoldiriladi, chetlari qalin ipda tikiladi. 
Hayvon va qushlarni tikish qo’ydagi qoida bo’yicha: avval tana va qorin 
qismlari bir-biriga tikiladi. Formani ikki yarmi tayyor bo’lgandan so’ng ularni 
birga tikiladi. Forma o’ngiga ag’darilib qoldirilgan joydan ichi to’ldiriladi, 
qismlari bir-biriga ko’rinmas chok bilan birlashtirib tikiladi. O’yinchoq ichi 
paxta yoki mayda mato qiyqimlari bilan to’ldiriladi. 
O’yinchoq tayyorlashni qiyinlik bosqichiga qarab ikki guruhga ajratiladi. 
1-
guruh: Yengil to’ldiriladigan o’yinchoq (tovuq, marteshka 
qo’g’irchoq, pigvin, o’rdakcha, kuchukcha, filcha, 
quyoncha, ayiqcha, xo’tikcha, jirafa). 
2-
guruh: Qo’g’irchoq teatri uchun qo’g’irchoq (CHo’chqa, 
kuchukcha, ayiqcha, maymuncha, qo’g’irchoq, mushuk 


73 
sim sixga o’rnatilgan o’yinchoq, buratino, tulki va 
boshqalar). 
O’yinchoqlarni yasash bolalarni fikrlash qobiliyatini riojlantiradi, 
saviyasini kengaytiradi, ijodiyotga qiziqishini tarbiyalaydi. Ular o’zlari 
yasagan o’yinchoqlarga o’zlarini ajoyib-g’aroyib istaklarini, muhabbatlarini, 
mehnatlarini sarflaydilar. SHunung uchun ularning mehnatlarini qadrlab va 
mehnat qilishga qiziqtirish lozim. Bu esa ularda maqsadga intiluvchanlik, 
tashabbuskorlik, tirishqoqlik, o’zaro yordam berish, 
mehnatsevarlik, 
ehtiborlilik, batartiblikni tarbiyalaydi.
SAVOLLAR. 
1. O’yinchoq qanday predmet. 
2. Qanday gazlamalarni bilasiz. 
3. O’yinchoqdan qanday andoza olinadi. 
4. O’yinchoqni tayyorlash nechi xil guruhga ajratiladi. 
TOPSHIRIQLAR. 
1.
Yumshoq o’yinchoqlardan namuna keltiring. 
2.
O’yinchoq yasashdagi bosqichlarni sanab o’ting. 
ADABIYoTLAR. 
1.P.Magzumov. “O’quvchilarning mehnatga tayyorgarlik bo’yicha bilim
va ko’nikmalari sifati”.T. 1994y.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin