Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha


 Nurmatova M.SH “Yumshoq o’yinchoqlar” T. 2005 yil  3



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

2. Nurmatova M.SH “Yumshoq o’yinchoqlar” T. 2005 yil 
3. R.A.Mavlonova, Goroxova, Ogluzdina O “Mehnat tahlim
metodikasi” T., “O’qituvchi” 1986 yil 
4. SHumulevich N.M. “Qog’ozdan texnik modellar yasash” T.,
“O’qituvchi” 1989 y 
5. Vorobg’yov A.SH. “Konstruktorlik va modellashtirish” T.,
“O’qituvchi”1989 yil 
6. Mavlonova.R.A. “Boshlang’ich sinf mehnat darsliklari”. T. 1996y. 
 
 
Mavzu: Konstruktorlik va modellashtirish darslarini tashkil etish 
metodikasi. 
 


74 
Texnik modellash mashg’ulotlarda namuna rasm va chizmalar berilgan 
o’lcham konstruktor naborining detallari yoki turli materiallarni qo’llab 
og’zaki tasvirlash bo’yicha texnik o’yinchoqlar, modellar va maketlar 
tayyorlash nazarda tutiladi. Bu mashg’ulotlarda o’quvchilar texnik 
o’yinchoqlar va modellarni ishlatib namoyish qilishlari, ularni boshqarishlari, 
shuningdek namoyish jarayonida konstruktsiyaning detal va qismlarini 
aytishlari, ularni nimaga mo’ljallanganligini bilishlari kerak. Mashg’ulotning 
bu turi o’quvchilarda konstruktorli-texnik tafakkurni, mustaqil rejalashtirish va 
o’ylab qo’yilgan texnik buyum(kran, avtomashina, bulg’dozer, raketa va shu 
kabilarni) modelini amaliy bajara olish ko’nikmalarini o’stirishda juda muhim 
o’rin tutadi.
Moddelash uchun tanlanadigan obhektlar texnikaning zamonaviy 
yutuqlarini aks ettirilishi lozim. Modellash obhektlari ijtimoiy foydali 
yo’nalishga ega bo’lishi, tahlim jarayonini ko’rgazmali qurollar bilan 
jihozlashga yordam berishi kerak.
O’qituvchi chizmachilikka doir ishlarni asta-sekin kiritib boradi. 
Texnik modellash metall konstruktor bilan ishlash katta ahamiyatga ega. 
1-sinfdagi texnik modellash bo’yicha ishni bajarish jarayonida: 
1. O’quvchilar mashina, uning modeli va maketi haqida tasavvurga ega 
bo’ladilar. 
2. Qo’l asboblari va moslamalarning tuzilishi bilan tanishadilar. CHunki 
ularning har ikkalasi bir izchilikka asos qilib olingan. 
3. Qo’l asbablarini tuzilishi va nimalarga mo’ljallanganligini bilish 
stanoklarni o’rganish uchun asbob bo’lib, ular bolalarning politexnik bilim 
doiralarini kengaytiradi. 
4. O’quvchilar avval o’qituvchi yordamida, so’ngra mustaqil tarzda
modelni ko’ra bilishlari: ularning xususiyatlarini, ayrim qismlarini, qismlar 
o’lchovining bir-biriga munosabatlarini ajrata bilashlari. 
5. Modelni tayyorlash uchun qanday material zarurligi aniqlay olishlari. 
6. Ish joyini jihozlashlari. 
7. Belgilash, o’lchash, ishlov berish, mantaj va pardozlash bosqichlarini 
bajarishlari. 
8. Modelni sozlash va boshqarishni. 
9. O’zini-o’zi nazorat qilish va o’z mehnatini hisobga olishlari kerak. 
Boshlang’ich sinf mehnat tahlimida texnik modellash – uchadigan, 
suzadigan, yuradigan texnik o’yinchoqlarni, shunungdek chizmali namuna 
asosida modellarni yasash mehnatining maxsus turi sifatida ajratilgan. 
Dastlabki darslardayoq o’quvchilar tabiiy materiallar, qog’oz va karton, 
gazlama, turli materiallar bilan ishlar ekanlar, texnik elementlar bilan 
tanishadilar, qism va detal, oddiy yig’ish, detallarni biriktirishning qattiq
suriladigan, olinadigan usullari va buyumlar haqidagi tasvvurga ega bo’ladilar. 
O’quvchilar detallarni biriktirishning turli usullari shunungdek, mix bilan 
tirqish qoldirib biriktirish kabilar bilan tanishadilar. Bir yoki bir nechta 
detallardan tashkil topuvchi oddiy narsalar misolida bolalar pishiqlikni 
oshirish, ishqalanishning zararli tahsirini bartaraf etib, foydali tahsirdan 


75 
foydalanish, o’zlari ishlayotgan materiallarning tuzilishi haqida tasavvurga ega 
bo’ladilar. O’quvchilarda narsalarni yasash ustida ishlash tartibini mo’ljallash, 
tayyorlash, yig’ish, bezash, amalda tekshirish, nuqson va kamchiliklarni 
bartaraf qilish, ish joyini to’g’ri tashkil qilish kabilar haqida tasavvuri 
shakllanadi. Bularning barchasidan keyinchalik modellar hamda texnik 
o’yinchoqlarni yasashda foydalaniladi, ular bolalarning ijodiy fikrini o’stiradi, 
bolalarga to’plangan mehnat tajribalarini atrofdagilarga texnika bilan 
bog’lashlariga yordam beradi. 
SAVOLLAR. 
1.
Texnik modellash nima. 
2.
Modellash ishlarining o’quvchilar tarbiyasidagi ahamiyati. 
3.
Boshlang’ich sinflarda texnik modellash qanday turidan foydalaniladi. 
TOPSHIRIQLAR. 
1.
Texnik modellar ish bosqichida ish asboblaridan foydalanish qoidalari 
haqida gapiring. 
2.
Modellarni turlarini sanab bering. 
ADABIYoTLAR. 
1.P.Magzumov. “O’quvchilarning mehnatga tayyorgarlik bo’yicha bilim 
va ko’nikmalari sifati”.T. 1994y.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin