67
holatlarda joylashtirib ko’ramiz. Ishni boshlash uchun markazni topish,
simmetriya o’qini o’tkazish va elementlarni shunga ko’ra joylashtirish lozim.
Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi. Ko’pincha ochiq tondagi
qog’oz va fon tanlanadi. Applikatsiya mo’ljallangan tasvir va elementlar
miqdori qog’ozni tanlashni belgilaydi. Tasvir ustida ishlanganda asosiy ehtibor
tanlangan
mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o’lchamlari,
ranglarini tanlashga qaratiladi. Tasvir hajmiga ko’ra eng katta element asosiy
tematik element bo’lishi kerak.
Namuna tariqasida 1-sinf o’quvchilari 8 – Mart uchun tabriknoma
yasashlari mumkin. Bu ishda bolalar andoza bilan ishlaydilar, taxlash va
simmetrik qirqishni eslaydilar, chamalash ko’nikmalarini sinaydilar va
rangli
qog’ozdan ingichka oq va sariq to’g’ri chiziqlarni qirqadilar. Quyosh uchun
kvadrat qog’ozdan doira qirqsa bo’ladi. Bolalar yasagan gullar turlicha
bo’lishi mumkin. Novdalar ham qo’lda qirqiladi.
Suhbatni o’qituvchi “8 Mart kuni” haqida olib boradi va bunda sovg’a
masalasini eslatib o’tadi. Eng yaxshi sovg’a o’z qo’li bilan yasagan sovg’adir.
Suhbatni mehribon buvijonlarimi onajaonlarimiz, opa-singillarimiz haqida
bo’lishi mumkin.
SHundan keyin namuna ko’rib chiqiladi, uning elementlari,
ish usullari,
kerakli materiallar aniqlanadi va ishning borishi belgilanadi.
1. Tabriknoma uchun qog’oz tayyorlanib u ikkiga buklanadi;
2. Ko’k rangdagi qog’ozga to’g’ri burchak chiziladi, uning o’lchami
uzunasiga, tabriknoma ustining uzunligidan 1 sm kam, eniga esa enining
yarimidan 2sm atrofida kattaroq;
3. Ko’k qog’ozdan qirqilgan to’g’ri burchak taklifnomaning ustiga
yopishtiriladi, bunda ko’k qog’oz taklifnomani bo’yashda halaqit bermasligi
uchun bukish chizig’ining chap tomonidan ozgina joy qoldirib yopishtiriladi;
4. Endi quyosh va uning nurlari uchun yoy qirqiladi. Buning uchun
kvadrat shakldagi qog’ozni kerakli o’lchamda qirqiladi;
5. Namuna asosida quyosh nuri qirqiladi;
6. Och ko’k va jigar rang qog’ozdan ikkita shox qirqib,
namunadagidek
yopishtiriladi;
7. Gullar qirqib yopishtiriladi.
Ish ijodiy tarzda bo’lganligi uchun o’quvchilar gullarni shoxlarga o’zlari
mustaqil joylashtiradilar. Barglarni o’qituvchi tarqatgan andoza bo’yicha
qirqadilar. Tabriknomaning ichki tomoni naqsh bilan bezatilib, tabrik so’zi
yoziladi.
Mozaika monumental dekorativ sahnat turlaridan biridir. Turli davrlarda
va turli mamlakatlarda mozaika qo’llaniladigan materialiga ko’ra ham, naqo’
va rasmlariga ko’ra ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan. O’rta Osiyo
madrasalari, machitlar, hukmdorlarning saroylari mozaika bilan bezatilgan.
Mozaika hozirgi kunda monumental sahnatga aylangan. Mozaika bilan
binolarning tashqi qismlari, devorlari va halq amaliy sahnati asarlari bezatiladi.
Mozaika ishlarida oyna,sapol plitalaridan ofdalaniladi. Loasda rangli ko’zgu
68
parchalaridan ajoyib
mozaika asarlari yaratiladi, ular quyoshda bir-biriga
qo’shilib va porlab, shodlik kayfiyatini yaratadi.
Mozaika bu rasm sathida ayrim-ayrim parchalar (qog’oz, oyna, sapo, gul
tojibarglari, tuxum po’sti va shu kabilar) qo’yib chiqishdir.
1.Tuxum po’stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib qo’ritilgan
tuxum po’sti mo’yqalam yordamida akvarel bo’yoqlari bilan kerakli ranglarga
bo’yaladi.
2. Bo’yoq qurigandan keyin tuxum po’stini tanlangan rasmga ko’ra
mayda va yirik bo’laklarga bo’linadi.
3.Tuxum po’stidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash kerakki
ularning konturlari mumkin qadar tekis va mayda egri-bugrilari bo’lmasligi
kerak.
4. Kontur qora qog’oz orqali o’tkaziladi yoki shablondan aylantirib
chiziladi.
5. Avval rasm sathining bir qismiga yelim surtiladi. U yerga tuxum
po’sti terib siqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom ettiriladi.
6. Ortiqcha yelim toza latta bilan artib tozalanadi, po’st yaxshiroq
yopishishi uchun ustidan sekin bosib qo’yiladi.
Bunday ish odatda eng oddiy konturlardan boshlanadi.
Keyinroq
konturlar ancha murakkablashadi.
Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug’lari, danak, baliq
tangalari, chig’anoq, mayda toshlar bilan xilma-xil mozaika ishlarini bajarish
mumkin
SAVOLLAR.
1. Applikatsiya ishlarida nimalarga ehtibor berish kerak.
2. Mozaika qanday sahnat turi.
3. Mozaika ishlaridan nimalar yaratiladi.
TOPSHIRIQLAR.
1.
Applikatsiya ishlaridan namuna keltiring.
2.
Mozayka ishlaridan namuna keltiring.
ADABIYoTLAR.
1.P.Magzumov. ”O’quvchilarning mehnatga tayyorgarlik bo’yicha bilim
va ko’nikmalari sifati”.T. 1994y.
Dostları ilə paylaş: