Axborot funktsiyalari. Faoliyat natijalarini baholash personalga ular ish natijasini ma’lum qilish uchun kerak. Mazkur ish yaxshi yo’lga qo’yilgan taqdirda xodim yaxshi yoki yomon ishlayotganigina emas, balki o’zini qaysi yo’nalishda takomillashtirishi zarurligini ham bilib oladi.
Qiziqgirish (motivatsiya) funktsiyalari. Bu ma’muriyat qobiliyatli xodimlarni aniqlagach, ularni munosib ravishdataqdirlashi mumkinligi (ish haqini oshirib, yuqori lavozimga ko’tarib) bilan bog’liqdir. Faoliyatning yuqori unumdorlik bilan bog’liq ijobiy tomonlarini muntazam rag’batlantirib borish xodimni kelajakda ham samaraliroq mehnat qilishga qiziqtirishning eng ta’sirchan vositasidir.
Mehnat faoliyatini baholashning ma’muriy, axborot va qiziqtirish funktsiyalari o’zaro bog’liq bo’lib, tizim sifatida amal qiladi. Xodim faoliyati to’g’risidagi axborotning uni lavozimda ko’tarish to’g’risida ma’muriy qaror qabul qilishga olib kelishi insonni yanada unumliroq ishlashiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi - qiziqtirishi lozim.
Personal faoliyatini baholash uning faoliyatini taqqoslash uchun standartlar mavjud bo’lishini taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |