часть
1
«
Научный импульс
»
Январь
, 202
3
432
tuzoqqa tushib qolgandek his qilmoqdalar” (Why Young Mothers Feel Trapped) kitobi
yaratildi. Mazkur kitob uchun oʻquvchilar oʻzlarining hayotiy hikoyachalarini yuborishlari
soʻraldi va 20000 dan ortiq javob olindi. Mazkur xatlarga asoslanib, Redbook tomonidan
“Nega yosh onalar oʻzlarini tuzoqqa tushib qolgandek his qilmoqdalar” (Why Young
Mothers Feel Trapped) nomli hujjatli film olindi. Tekshiruvlar natijasida shu ma’lum bo’ldiki
uyda qolgan onalar depressiya, qaygʻu, tushkunlik va havotirlanish kabilardan azob chekish
ehtimoli oʻtkazilgan 60000 onaning soʻrovnomalaridan soʻng yuqori ekanligi tadqiq
qilingan.Yosh onalarda vujudga kelishi mumkin boʻlgan mazkur sindrom hamda
depressiyaning asosiy sabablariga quyidagilar kiradi:[6]
1. Ayollarning – tugʻruqdan keyingi psixoz yoki tugʻruqdan keyingi depressiya
koʻrinishida ham yuzaga chiqishi mumkin. Albatta mazkur holat tugʻruqdan keyingi nerv
siqilishlari hamda organizmda magniy miqdorining tushib ketishi bilan ham bogʻliq boʻlishi
mumkin. Magniy – stressga qarshi asosiy modda boʻlib, nerv impulslarining tarqalishida
faol oʻrin egallaydi. Mazkur modda tanqisligi bilan bogʻliq holatda – tushkun kayfiyat,
jahldorlik, qoʻllarning qaltirashi, suyaklarning qaqshashi, tomoqda tiqilishni his qilish,
uyquning buzilishi, charchoq kabi belgilar kuzatiladi. Bunday holatda organizm uchun
magniy, omego-3 yogʻ kislotalari va serotanin kabi moddalar miya uchun juda muhim.
Chunki past koʻrsatkichli serotanin oqibatida depressiya va boshqa turli ruhiy kasalliklar
kelib chiqish ehtimoli yuqori boʻlishi mumkin.
2. “Perfeksionizm” yoki “aʼlochilik kompleks” – barcha vazifalarni mukammal bajarish
istagi. Koʻpincha, bunday ayollar har bir narsada muvaffaqiyatga erishmoqchi boʻladilar,
yaʼni, ishda, uyda, bolalarni tarbiyalashda va eri bilan munosabatlarda... Agar toʻsatdan
baʼzi qiyinchiliklar vujudga kelsa, mazkur holat ularda oʻz-oʻzini ayblashga sabab boʻladi.
Hattoki, farzandidagi kichik bir kamchiligi uchun ham oʻzini ayblaydi.
3. Keskin oʻzgarishlar. Maʼlumki, ishlovchi ayollar tugʻruqdan oldin faol hayot tarziga
moslashgan boʻladilar. Tugʻruq taʼtiliga chiqqach esa ular keskin ona roliga oʻtadilar.
Moslashuv bilan bogʻliq muammo ruhiy tushkunlikka sabab boʻlishi bilan bir qatorda, uning
erkinligini ham cheklashi mumkin. Mazkur holatda moliyaviy masala ham muhim oʻrin
tutadi. Bundan oldin ayol oʻzini moddiy taʼminlash uchun maoshidan sarflagan boʻlsa, endi
moddiy ragʻbat uchun qaramlik vujudga keladi. Sevimli kasbi va mashgʻulotidan baʼzan
butunlay voz kechishiga ham sabablar boʻlishi mumkin.
4. Onalik mehri. Oilada farzand dunyoga kelishi bilan uning kelajagi uchun ota-
onalardan katta masʼuliyat talab etiladi. Bolalar tarbiyasiga buvi va dodalarning
aralashuvlari, ota-onalarni uquvsizlikda ayblash kabilar koʻpincha tajribasiz oilalarda
kuzatilib turadi. Agar ota-onalarning oʻzlari yoshlikdan psixologik travma bilan katta boʻlgan
boʻlsalar, farzandlarining ruhiyatiga jiddiy eʼtibor qaratadilar va koʻpincha oʻzlarini koʻp
narsalardan cheklay boshlaydilar.
Ushbu sindrom koʻpincha yosh onalarda kuzatiladi. Ularni koʻpchilik ayollar orasidan –
kayfiyatsiz qarashlar, yuzda tabassumning aks etmasligi, yelkalarning biroz pastlagani bilan
ham ajratib olish mumkin. Balki u oʻzicha hayotdan mamnundek oʻzini tutishi mumkin,