часть
1
«
Научный импульс
»
Январь
, 202
3
431
ishonchi past bo'lishi shaxslararo munosabatlarga kirishish birmuncha qiyin kechishi
kuzatiladi va farzandli bo'lgandan so'ng esa bularning barchasi yuqori ko'rsatgichlarni xosil
qiladi yani ayollarning o'ziga bo'lgan ishonchi ortadi shaxslararo munosabatlarda erkin va
faol bo'la boshlaydi. Ayollarning tug’ruqdan avval va tug’ruqdan keyingi ijtimoiy psixologik
xususiyatlarini o’rganishning dolzarbligi bir qator muammolar bilan bog’liq. Bu muammolar
qatoriga ayrim misollar keltiramiz, jumaladan onalikka tayyorlanayotgan ayollarning
ijtimoiy xolati, er-xotin munosabatlari, ona va bola o’rtasidagi sifatli aloqani taminlash
shular jumalsidandir. Onalik va bolalik muammolari eng muhim va jamiyat rivojlanishining
asosiy strategiyalaridan biri bo'lgan va bo'lib qolmoqda. Shunday qilib, bola tug'ilishidan
oldin va undan keyin ayolning ijtimoiy psixologik xususiyatlarida muammolarning
mavjudligini o'zi emas, balki uni hal qilishning dolzarb yondashuvlariga bog’liqdir.
Bizning ishimizda bola tug'ilishidan oldin va keyin ayolning shaxslararo
munosabatlarda ijtimoiy psixologik xususiyatlarini o'rganishga harakat qilindi. Ko'plab
nazariy va amaliy tadqiqotlar onalik muammosiga bag'ishlangan bo'lib, unda ayolning
onalik roli bilan qoniqishi o'rganiladi. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev taʼkidlaganidek, “Yer
yuzidagi qaysi bir jamiyatning maʼdaniy darajasi uning ayollarga boʻlgan munosabati bilan
belgilanadi”, *1+ shunday ekan, xotin-qizlarga bugungi kunda berilayotgan eʼtibor, ularning
jismoniy salomatligi bilan bir qatorda ruhiy salomatligiga ham jiddiy eʼtibor qaratishni
taqozo qilmoqda. Bizning maqsadimiz ham farzandli ayollarning turli ijtimoiy psixologik
hususiyatlarini o'rganish. Oilaviy nizolarni oldini olish, ajirimlarni kamaytirish. Farzand
ko'rgandan so'ng ayollarda bo'ladigan shaxslararo munosabatlardagi muammolarni
bartaraf etish. Oilada ayollarga nisbatan e'tibor va g'amxo'rlikni kuchaytirish, ularni ruhan
va ma'nan qo'llab-quvvatlash, ularning ruhiy salomatligini mustahkamlashdir.
G'arb mamlakatlarida ayollarning muammolari XX asr o'rtalaridan boshlab o'rganilib,
bir qator xulosalarga kelindi. Ko'pincha oiladagi muammolarga iqtisodiy yetishmovchilik,
ro'zg'ordagi kam-ko'stlar vaj qilib ko'rsatiladi, degan fikrlar bo'lgan. So'nggi yillarda
psixoterapiyada yangi – Sindirom atamasi paydo bo'ldi. Mazkur sindrom nevrotik
tushkunlikka asoslangan bo'lib, mazkur holatda – doimiy kayfiyatsizlik, o'ziga ishonchning
pastligi, o'zidan qoniqmaslik hissi, oilaviy rolining ahamiyatsizligi hissi kabilar kuzatiladi.
Mazkur yo'nalishda asosan chet el olimlari tomonidan tadqiqotlar olib borilgan. Betti
Fridanning “The Feminine Mystique” (1963),K.Xorni “Jenskaya psixologiya” (Vostochno-
Yevropeyskiy institut psixoanaliza.-SPb.: Piter), S.Golod, B.Friden (Ayollar tafakkuri kitobi),
shuningdek, [4] rus olimlaridan Voroboyeva Marina Yevgenevna (Osobennosti sotsialnoy
identichnosti jenshin do I posle rojdeniya rebenka), O.G.Poluektova (Psixologicheskie
osobennosti poslerodovogo sostayaniya jenshin), Yu. O. Mitnitskaya (psixologicheskie
osobennosti jenshin v poslerodovom sostayanii) Korgoja Mariya Aleksandrovna (Dinamika
emotsionalnix sostayaniy u jenshin v poslerodovom periode), Zilokotina N.A.
(psixologiocheskie osobennosti protekaniya poslerodovogo psixoza u jenshin) va boshqa
qoʻshimcha adabiyotlarda ayollarning ruhiyatidagi muammolar va ularni bartaraf etish
choralari haqida to’xalib o’tiladi. Redbook oilaviy jurnalida “Nega yosh onalar oʻzlarini