-chi affiksi. o‘zbek adabiy tilida -chi affiksining funksiyasi, yasalish asoslari, anglatgan ma’nolari, tarixiyligi va boshqa xususiyatlari haqida tilshunoslikda batafsil fikrlar bildirilgan.
Tadqiqot obyektimizdagi lug‘aviy birliklarni qo‘llanish doirasiga ko‘ra, ikki guruhga ajratish mumkin:
I. Adabiy tilda va kasb-hunar egalari (umuman, aholi) nutqida babbaravar ishlatib kelinayotgan terminlar. Ularning ayrimlari shevalarning talaffuz normasiga moslashtirilgan holda ham qo‘llanadi: kashtachi/ kashtochi/keshtachi kabi. Meshkobchi(Otasi vafotidan keyin boshiga tushgan bir qayg‘u o‘z yurtidan uzoqlashtirib, Hirot bozorlarida meshkoblik qilarkan. (Me’mor romani 302-bet)
Adabiy til va shevalarda bab-baravar ishlatilayotgan terminlar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: tandachi (tanda qo‘yuvchi usta; tanda–mato to‘qish uchun uzunasiga tortilgan ip, o‘rish. O‘TIL), qalpoqchi (qalpoqdo‘z varianti ham ishlatiladi), do‘ppichi (do‘ppido‘z varianti ham bor), etikchi (etikdo‘z varianti bilan), mahsichi (mahsido‘z varianti bilan), holvachi (holvapaz varianti bilan) kabilar.
II.Hunarmandlar leksikonida ishlatilayotgan, biroq adabiy tilga olib kiritilmagan lug‘aviy birliklar ham mavjud. Nashr etilgan lug‘atlarda qayd etilmagan bu kabi terminlar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: kigizchi/kiyizchi (sinonimi namatchi, Shtab), patakchi (poyafzalga patak tayyorlovchi shaxs), jiyakchi, tandirchi/tondirchi29, so‘zanachi/so‘zanado‘z, palaschi , piltachi (pilta, ya’ni piltakachga o‘rab do‘ppi tepchigiga, ba’zan to‘n yoqasining qavig‘iga tiqiladigan qog‘oz; Sam.sh.), kemuxtchi (ot va eshak terisidan charm tayyorlovchi shaxs), beshikchi/gavarachi, to‘nchi (to‘nsoz varianti ham bor), moshinachi/tikuvchi. Tandirchi (Kichkina bo‘lsangiz ham har qalay bu gapni Talaba janoblariga ham ma’lum qilib, maslahat so‘rash kerak, - dedi tandirchi. (Me’mor romani 311-bet)
Kasb-hunar egalari yoxud tumandagi aholi nutqiga e’tibor berilganda, bu affiks ishtirokida narsa-predmet, buyumlar nomlari ham yasash mumkinligini tuman hunarmandlari nutqida ishlatilayotgan quyidagi misollar tasdiqlay oladi:
To‘shanchi/to‘shamchi: asosan, yer (pol)ga to‘shaladigan, solinadigan gilam, poyondoz, sholcha, olacha, po‘stak, ko‘rpacha kabi buyumlarning har biri yoki ularning jami: miymannär kelaykän, töshänchi säp qöyinnär (Beshkapa); araqchi/oraqchi, ko‘pchi, tag‘opchi/tog‘opchi, kiftachi va b.
Shuningdek Mirmuhsinning “Me’mor” asarida yana juda ko‘plab kasb-hunar otlari yasovchi affikslar ham ifodalangan. Bular quyidagi yasovchilardir:
-kash affiksi asli forscha kashidan fe’lidan olingan bo‘lib, “tortmoq” degan ma’noni bildiradi. Asarda quyidagi kasb nomlarini ifodalashda qatnashgan.