Me’mor” romanida kasb-hunar leksikasining lisoniy tadqiqi va ta’limi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə15/36
tarix12.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#111944
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Sirojiddiт dissertatsiya oxirgi-5

Yengcha (I): kelin salomda kelinning yuziga yopiladigan zar kashtali buyum. Qipchoq shevalarida jengcha tarzida ishlatiladi.
Yengcha (II): non yopish va uni tandirdan olish, qo‘lni kiyishda yengsak/jengsak kabi variantlari ham ishlatilishi qayd etildi. Adabiy tilda mazkur tushuncha yenglik termini orqali ifodalanadi. Quyidagi misollar fikrimizni yanada to‘ldiradi: jelakcha, araqcha /araqicha, manglaycha, tumcha, kaltacha, simcha, to‘pcha, qalampurpilakcha, pirpirakcha, sinacha, kamzulcha, tovoncha (I), tovoncha (II), kultacha va b.
Kasb-hunarmandlikda naqsh, bezak va gullarning muayyan shakllari barqarorlashib bormoqda. Mana shunday nominasiyalar ichida -cha­ affiksli lug‘aviy birliklarning ham o‘ziga xos o‘rni bor. Bu xildagi naqshlar, ya’ni kashta, gul, nusxalar nominasiyasi haqida gap ketar ekan, avvalo, shuni ta’kidlash lozim bo‘ladi: amaliy san’atning qaysi bir turiga murojaat qilinmasin, ularda tayyorlangan buyumga real borliqdagi narsa-predmetlar, nabotot va hayvonotning tasviri aks ettiriladi (tabiiyki, bunda har bir regionning o‘ziga xos xususiyati muhim rol o‘ynaydi). Kashtachilik, gilamchilik, kulollik kabi o‘nlab kasb-kor buyumlariga tushirilgan bodom, gul, lola, baliq, qo‘chqor, kaptar, chumchuq, zanjir, tumor, yulduz, oy, quyosh kabi yuzlab bezaklar, kashtalar, gullar shundan dalolat beradi. Kasb-korlikda mana shu kabi tom ma’nodagi narsa-predmetlarning aksi tushirilgan har bir bezak o‘sha narsa-predmetlarning nomlari bilan atalaveradi, yanada aniqroq qilib aytiladigan bo‘lsa, ikkilamchi nominasiya ro‘y beradi: kaptar–qush/kaptar–bezak; lola–o‘simlik/lola–kashta kabi. Bular masalaning bir tomoni. Ikkinchidan, tayyorlanayotgan buyumlarda qayd etilgan narsa-predmetlarning kattarog‘iga nisbatan kichraytirilgan shakli ham o‘z tasvirini topadi. Shu narsa-predmet shaklining kattarog‘ini kichikrog‘idan farqlash zarurati tug‘ilishi tabiiy bo‘lib, bu holat ularning nominasiyasida o‘z ifodasini topadi. Bu jarayonda esa, ko‘pincha, -cha affiksiga murojaat qilinadi (tafakkurda, albatta). Pirovardida, -cha affiksi polifunksionallik kasb etadi. Fikrimizning isboti uchun ayrim dalillar keltiramiz:
Gul–urug‘li o‘simliklarning urchishi uchun xizmat qiladigan gulbarg, changdon va gulkosalardan iborat qismi; atirgul va umuman, ziynat uchun ekiladigan yoki o‘zi o‘sadigan gulli o‘simliklar (O‘TIL, I, 195) bo‘lib, ularning kichikroq ko‘rinishi -cha affiksi vositasida voqelantiriladi: gulcha. Sandiqsozlar bilan muloqotda gulcha leksemasi quyidagi ma’noni ifodalashi aniqlandi: «sandiq burchaklariga tushirilgan naqsh, bezak».
«Tartib bilan bir-biriga o‘tkazilgan metall halqalar tizmasi» (O‘TIL, I, 298) nomli predmet zanjir deb ataladi. Uning kichikroq shakli tilda -cha affiksi bilan nomlanadi: zanjircha. Kashtachilar leksikonida zanjircha leksemasi zanjirga o‘xshab tikilgan kashta turi ma’nosini anglatadi.
Bunday leksemalarning asosi leksikaning quyidagi qatlamlariga oid lug‘aviy birliklardan iborat:
1) o‘simliklar va ularning qismlari nomlari: bodomcha, lolacha, daraxtcha, shoxcha, gulcha, g‘ujumcha, butacha, kurtakcha, olmacha;
2) hayvonlar va ularning tana a’zolari nomlari: chumchuqcha/chum-chiqcha/chimchiqcha, kaftarcha/kaptarcha/kabutarcha, dumcha, shoxcha;
3) har xil narsa predmetlarning nomlari: tangacha, tumorcha, qiyiqcha, ro‘molcha, qoshiqcha, zanjircha, halqacha, mingmixcha (sandiqning bezakli tomoniga urib chiqiladigan mayda mixchalardan iborat bezak), quticha, ko‘zacha, simcha, naycha, qalqoncha, oxircha;
4) astronomik obyektlarning nomlari: yulduzcha, mohcha/qamarcha (moh fors-tojikcha, qamar arabcha).
Keltirilgan dalillardan quyidagi qisqacha xulosaga kelish mumkin:
1. O‘zbek adabiy tilida, jumladan, uning kasb-hunarmandlik terminologik sistemasida -cha affiksi vositasida, birinchidan, narsa-buyumlarni, ikkinchidan, narsa buyumlarga tikiladigan kashta, naqsh, bezak, gul nusxalarini ifodalovchi ko‘plab lug‘aviy birliklar mavjud.
2. Keltirilgan misollarning mustaqil ma’noli lug‘aviy birliklar ekanligini ularning maxsus lug‘atlarda definisiyalari bilan berilishi mumkinligi tasdiqlay oladi.
-lik affiksi. hozirgi o‘zbek tilida leksemalar yasash borasida -lik (-lig‘, -liq, -luq variantlari bilan) nihoyatda faolligi va mahsuldorligi bilan ajralib turadi
T.Tursunova -lik affiksi xususida shunday deb yozgan: «Bu affiks me’morlik san’ati leksikasida «biror kasbga oid yumush bilan shug‘ullanuvchi shaxs» ma’nosidagi otlarga qo‘shilib kasb, soha nomini bildiruvchi terminlar yasaydi: binokorlik, ganchkorlik, duradgorlik, koshinkorlik, chizmakashlik, o‘ymakorlik, me’morlik, naqqoshlik, koshinpazlik kabi» (Tursunova, 1987, 118-119).
Shunday qilib, kasb-hunar terminologiyasida -lik­ affiksi ishtirokida quyidagi ma’nolarni ifodalovchi terminlar hosil qilingan:
I. Kasb-hunar egalarini ifodalovchi shaxs nomlarini bildiruvchi o‘zaklarga qo‘shilib, kasb-hunarlarni anglatuvchi terminlar yasalgan: gilamdo‘zlik, kashtachilik/kashtado‘zlik, ko‘nchilik, do‘ppichilik/do‘ppido‘zlik, zardo‘zlik, kulollik/kulolchilik, bichiqchilik, tandirchilik, telpakdo‘zlik, popopchilik/popurchilik, yo‘rmado‘zlik/jo‘rmado‘zlik, etikdo‘zlik kabilar. Etikdo‘z - (Bu odamlarning biri Farmon kal laqabli etikdo‘z kosib bo‘lib, yoshligida boshi g‘oyatda qirmoch kal bo‘lgan, yoshi o‘tishi bilan u tuzalib ketgan bo‘lsa ham, qulog‘igacha bostirib Hoji do‘ppi kiyib yuradi. - Me’mor romani, 310-bet).
Bu singari lug‘aviy birliklarni quyidagicha guruhlashtirish mumkinligi aniqlandi:
1. Adabiy til doirasiga olib kirilmagan leksemalar: poyabzal-chilik, do‘ppichilik/do‘ppido‘zlik, zehdo‘zlik/zehdo‘zchilik/jiyakchilik/jiyakdo‘z-lik, mahsido‘zlik, popopchilik, sandiqchilik/sandiqsozlik, tandirsozlik/tandirchilik, kosiblik/kosibchilik, ko‘zagarlik, qalpoqdo‘zlik, chizmakashlik (chizmakash–matoga naqsh, nusxa chizib beruvchi shaxs, usta), arqonchilik/arqonsozlik, beshiksozlik/gavarasozlik, bo‘yrasozlik, jomado‘zlik va b.
2. Adabiy tilda ishlatilayotgan lug‘aviy birlik kasb-kor terminologiyasida aynan o‘sha birlikning o‘zi va uning variantlari ham qo‘llanishda ekanligini quyidagi misollar tasdiqlay oladi: gilamdo‘zlik–gilamchilik, yo‘rmado‘zlik–yo‘rmachilik, ko‘nchilik–ko‘nsozlik, do‘ppido‘zlik–do‘ppichilik.
II. S.Ibrohimov -lik affiksi «buyum va uning qismlari» nomlarini anglatuvchi terminlar hosil qilishini ta’kidlab o‘tgan (Ibrohimov, 1959, 175).
Adabiy tilida ham, uning kasb-hunarmandlik leksikasida ham -lik affiksi ba’zi hollarda -bop yasovchisi bilan ma’nodoshlik kasb etadi va natijada, variantdorlik hosil bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan misollarning po‘stinbop, po‘stakbop, gilambop, arqonbop, ro‘molbop, ko‘zabop tarzida qo‘llanayotganligi shundan dalolat beradi. Biroq bu boradagi farq shundaki, -lik affiksli birikmalar bemalol substansiyalashaveradi: po‘stinlik teri-po‘stinlik sotib oldim kabi. Lekin, po‘stinbop teri deb ishlatilishi mumkin bo‘lgani holda, po‘stinbop sotib oldim qabilida qo‘llanish mumkin emas.
Biroq, qisman o‘zbek adabiy tilida, kengroq kasb-hunarmandlik terminologiyasida -lik affiksli ayrim leksemalar ishlatib kelinayotirki, ular mustaqil ravishda, ya’ni aniqlanmishlarsiz ham muayyan tushunchalarni anglataveradi.
O‘zbek tilining boshqa terminologik sistemalarida ko‘rsatilgan ma’noda kelgan -lik affiksli lug‘aviy birliklar miqdori haqida biror fikr bildirishdan tiyilib, ta’kidlab o‘tamizki, adabiy tilda bunday leksemalarning soni uchta-to‘rttaginadir, xolos. Mana bular: terlik (to‘qim tagidan qo‘yiladigan qalin namat), jazliq (egar qantoli ostiga qo‘yiladigan bir juft yumshoq ot abzali), tuzluq (tuz saqlanadigan idish). Tegirmonchilik (Uy egasi Galaosiyoda tegirmonchilik qilayotganini aniqlab, u tomonga odam yuborildi.(Me’mor romani 435-bet ).
Bunday leksemalar kasb-hunar leksikasida ham ayni shu ma’nosida ishlatib kelinmoqda. Bunday mushtarak birliklardan biri boshliq bo‘lib, bu termin kasb-korlikda ham adabiy tilda qayd etilgan «oyoq kiyimining oyoq yuzi va yonini qoplab turadigan qismi» (O‘TIL, I, 39) ma’nosida qo‘llanishdadir. Tadqiqot obyektimizda boshliq leksemasi «yugan» ma’nosida qo‘llanilmoqda28: atqä salin boshliqti, endi suring jäshlixti.
Kasb-hunar egalari nutqida qayd etilgan ma’noni ifodalovchi -lik affiksli o‘ndan ortiq leksema mavjud lug‘atlarda o‘z aksini topmagan: orqaliq, chekkalik/chetlik, jelik, ovilliq/ovulliq, tuvirliq, isliq va b.
Shunday qilib, eski va hozirgi o‘zbek tillarida -lik (-liq, -lig‘, -luq, -lug‘ variantlari bilan) yasovchi elementi, nihoyatda, faolligi bilan ajralib turgan xilma-xil ma’noli leksemalar hosil qilmoqda.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin