Me’mor” romanida kasb-hunar leksikasining lisoniy tadqiqi va ta’limi


Xum – Ikkita xumcha. Yo‘l uzoq, qumlik ko‘p, suv olib kajavaga solib qo‘yamiz. (Me’mor romani, 195-bet) Lojuvard, xoki, qo‘rg‘oshin, gilvata –



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə13/36
tarix12.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#111944
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Sirojiddiт dissertatsiya oxirgi-5

Xum – Ikkita xumcha. Yo‘l uzoq, qumlik ko‘p, suv olib kajavaga solib qo‘yamiz. (Me’mor romani, 195-bet)
Lojuvard, xoki, qo‘rg‘oshin, gilvata – Kulol Abutolib bilan Vasiyatiddinlarga lojuvard, xoki, qo‘rg‘oshin, gilvata, luk yetkazib bermoqlik kerak, - dedi (Me’mor romani 20-bet)
Tosh, pishgan g‘isht, quvur – Bozor ichi shunchalik ozoda va ko‘rkamki, tog‘dan yo‘ndirib kelinib yotqizilgan toshlar ko‘cha-yu bozor sahnini loy-changdan asrar, pishgan g‘ishtdan ishlangan ariqlar har qancha suvlarni maxsus quvurlar orqali yetkazib turardi. (Me’mor romani, 25-bet)
Ketmon, kurak – Shu kuni tong saharda bo‘zchining olti nafar odami ketmon-u kurak ko‘tarib, qal’aning orqa devorlari ostidan ikki joyini kovlab, borib to‘kib, piltalarni ulab qo‘yishgan edi. (Me’mor romani, 174-bet).
G‘isht – Nainki g‘isht terish, mardikorlikka ham tayyor edi (Me’mor romani, 174-bet).
Ushbu dalillardan ko‘rinib turibdiki, Mirmuhsinning “Me’mor” asarida juda ko‘plab sodda tub terminlar qo‘llangan. Ularning asosiy qismi sof turkiycha bo‘lib, qolgan qismlari arab va fors tillaridan aynan o‘zlashgan terminlar hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda asarda qo‘llangan milliy hunarmandchilik terminlarini hosil qilishda xilma-xil affikslardan foydalanilganligi ma’lum bo‘ladi. Quyida milliy hunarmandchilikka xos terminlar yasovchi affikslar haqida fikr yuritishga harakat qilamiz.
-do‘z affiksi. o‘zbek tiliga fors-tojik tilidan leksemalar o‘zlashtirila boshlangan paytlarda tarkibida -do‘z (tojikcha «do‘xtan», ya’ni «tikmoq» ma’nosidagi fe’ldan yasalgan) elementi bo‘lgan lug‘aviy birliklar ham bor edi. Bunday leksemalar fors-tojik tilida qo‘shma so‘z hisoblansa-da, o‘zbek tilida sodda so‘z sifatida namoyon bo‘la boshlagan va «yasash asosida ifodalangan narsani tikish, to‘qish bilan shug‘ullanuvchi shaxs» ma’nosini ifodalay boshlagan edi. Zardo‘z, kafshdo‘z kabi leksemalar mana shular jumlasidandir
Vaqtlar o‘tishi bilan -do‘z affiksli yuqoridagi kabi leksemalar qatorida bachakido‘z, gilamdo‘z, kissado‘z, ko‘hnado‘z, mo‘ynado‘z, po‘stindo‘z, zehdo‘z, jomado‘z kabilarning ham bot-bot ishlatib turilganligi, tufayli u asos tarkibidan ajralib chiqib, o‘zbek tilining so‘z yasovchi elementiga aylanib qoldi. Ayni paytda ham, o‘zbek adabiy tili (O‘TILda qayd etilgan)da -do‘z affiksli qator leksemalar ham ishlatib kelinmoqda. Qiyoslang: do‘ppido‘z, yo‘rmado‘z, mahsido‘z, telpakdo‘z, chakmondo‘z, chopondo‘z, eskido‘z, etikdo‘z, qalpoqdo‘z va b. -do‘z affiksli leksemalar haqida gap ketar ekan, quyidagi holatni qayd etib o‘tamiz:
Kasb-hunar egalari nutqida ham, aholisining o‘zaro muomalasida ham qayd etilgan lug‘aviy birliklar ishlatib kelinmoqda. Bu leksema tarkibidagi -do‘z affiksining -chi bilan almashtirib qo‘llanishi, aniqroq qilib aytganda, variantdorlikning hosil bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Qiyoslang: gilamdo‘z-gilamchi, yo‘rmado‘z-yo‘rmachi, kavushdo‘z-kavushchi, telpakdo‘z-telpakchi va boshqalar.
Shu xildagi variantlilik adabiy til doirasida ham mavjud: kashtado‘z-kashtachi23, do‘ppido‘z-do‘ppichi bular leksik dubletlar shaklida mavjuddirlar. Bo‘zchi (Shu kuni tong saharda bo‘zchining olti nafar odami ketmon-u kurak ko‘tarib, qal’aning orqa devorlari ostidan ikki joyni kavlab borut to‘kib, piltalarni ulab qo‘yishgan edi. (Me’mor romani, 174-bet). Tandirchi – Kichkina bo‘lsangiz ham harqalay bu gapni talaba janoblariga ham ma’lum qilib, maslahat so‘rash kerak, - dedi tandirchi. (Me’mor romani, 311-bet)
Adib asarlarida – do‘z affiksli shunday lug‘aviy birliklar ham ishlatib kelinmoqdaki, ular O‘TILga kiritilmagan. Bunday holatni faqat Urgut tumani aholisi nutqida ishlatib kelinayotganligi bilan izohlash mumkin. Bular shevada quyidagi shakllarda qo‘llanadi: jiyakdo‘z chakmondo‘z/chakmando‘z, chopondo‘z, shabpo‘shdo‘z/shappo‘shdo‘z/shabpo‘shchi va b.
Hunarmandlar nutqida qo‘llanayotgan -do‘z affiksli barcha leksemalar lug‘atlarda qayd etilgan deya olmaymiz. Bundan tashqari, Respublikamizning boshqa hududlarida ham shunday lug‘aviy birliklar qo‘llanayotgan bo‘lishi mumkin. Bularning barchasini jamuljam qilinsa, umumo‘zbek tilida -do‘z affiksi vositasida yasalgan terminlarning miqdori qirqtadan oshib ketishi mumkinligi ayon bo‘ladi.
-i (-yi) affiksi. o‘zbek tili darslik va qo‘llanmalarida, akadem grammatikalarda, hatto, so‘z yasalishiga bag‘ishlangan ishlarda (Hojiyev, 1989) -i (-yi) affiksi tilga olinmaganligini ta’kidlash kerak. Mazkur affiks xususida S.Ibrohimov, Z.Ma’rufov, T.Tursunovaning ishlarida qisqagina ma’lumot berib o‘tilgan. Yuqorida aytilganidek, o‘zbek adabiy tilida, shuningdek, Urgut kasb-hunarmandligida -i (-yi) affiksli o‘nga yaqin lug‘aviy birlik bab-baravar ishlatib kelinayotganligi shular jumlasidandir: balxi, guldo‘zi, islimi24, girihi25, zamindo‘zi, isliqi, kandahori/qandahori, kobuli/qobuli, no‘g‘oyi, piltado‘zi, xomdo‘zi, g‘ojari/g‘ajari, so‘zani, bozori, eroni, simdo‘zi, qozoqi, xorakdo‘zi, punakchado‘zi va b.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin