Ishni tayyorlashda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning vatanimizning haqqoniy tarixini asl va mahalliy manbalariga tayangan xolda o`rganish va yaratish haqidagi ko`rsatmalari, asarlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari nazariy -
uslubiy asos bo`lib xizmat qildi.
Tadqiqotning manbaviy asosini O`zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining 1-3-47- jamg`arma hujjatlari, jadidlar faoliyatiga bag`ishlangan asarlar monografiya ilmiy to`plamlar darsliklar va matbuot materiallari tashkil etadi.
Mazkur ishni yozishda milliy istiqlol g`oyasi talablariga, shuningdek, tarixiylik, xolislik, ketma-ketlik tamoyillariga amal qilindi.
ISHNING AMALIY YANGILIGI VA AMALIY AHAMIYATI
Ishda jadidlar faoliatiga oid ma’lumotlar umumlashtirilib, tahlil etilgan yangi chiqqan adabiyotlar o`rganilib, xulosalar chiqarilgan. Umuman mazkur mavzu ilk marotaba bitiruv malakaviy ishi sifatida tadqiq etilganligini alohida ta’kidlab o`tish lozim.
Mazkur ishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, undan Vatanimizning XIX asr oxiri – XX asr boshlariga doir tarixini yozishda, shuningdek, o`rta maktab va kollejlarda o`qitilayotgan O`zbekiston tarixi, tarixiy o`lkashunoslik darslarida samarali foydalanish mumkin.

ISHNING TUZILISHI
Mazkur ish kirish, ikki bob, 4 ta paragraf, xulosa, ilovalar va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
Bitiruv malakaviy ishi 121 sahifani tashkil etadi.
I bob. Chorizmning Turkistonda maorif, fan va madaniyat sohasidagi siyosati
1.1. Chorizm tomonidan Turkistonning bosib olinishi
1.2. Chor Rossiyasining Turkistonda maorif va madaniyat sohasidagi mustamlakachiligi va uning salbiy oqibatlari
Rossiya imperiyasi tomonidan O'rta Osiyoni bosib olinishi to'rt bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich1847-yildan 1864-yilgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Bu davrda Qo'qon xonligining shimoliy viloyatlari bosib olindi va Toshkentni zabt etishga urinish bo'lib o'tdi. Bosib olingan hududlarda Orenburg general-gubernatorligi tarkibida
Turkiston viloyati tuzildi.
Ikkinchi bosqich1865-yilda boshlandi va 1868-yilgacha davom etdi. Bu davrda Qo'qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi bosqinchilik harakatlari olib borildi.
1873-yildan 1879-yilgacha uchinchi bosqich bo'lib o'tdi, u Xiva xonligini bosib olish va Qo'qon xonligini tugatish bilan yakunlandi.
1880-yil oxiridan 1885-yilgacha istiloning to'rtinchi bosqichi amalga oshirildi. Bu davrda jangovar harakatlar aso-san hozirgi Turkmaniston hududida olib borildi. Turkman qabilalari bo'ysundirilishi bilan Rossiya imperiyasi ning O'rta Osiyo hududidagi jangovar harakatlari yakunlandi.
Shunday qilib, Rossiya 1865-yildan boshlab 1885-yilgacha O'rta Osiyoda uzluksiz urush olib bordi. Bu — bosqinchilik, mustamlaka urushi edi.
Kitobni bosib olishda qatnashgan bir guruh rus zobit va askarlari