|
davlathiligining asos-e’tiborini yo`q qilishga oid chora-tadbirlar amalga
|
səhifə | 5/5 | tarix | 20.11.2023 | ölçüsü | 10,4 Mb. | | #166302 |
| Milliy Uyg‘onish va jadidchilik ma’naviyati.
davlathiligining asos-e’tiborini yo`q qilishga oid chora-tadbirlar amalga oshirildi. 3. Mustamlakachilar Turkiston xalqlari turmushidan nimaiki ularning istiqboliga to`g`anoq bo`lsa, nimaiki ularni ozodlik uchun kurashidan chalg`itsa, hammasini qo`llab-quvvatlagan holda, istiqlolga xizmat qilajak barcha intilishlarning tayini qirqdilar. 4. Imperiyaning mustamlakachilik siyosati xalq maorifi va madaniy hayotida ham o`z aksini topib, maktab, madrasalar faoliyatini rivojlanishiga to`sqinlik qilindi. Asosiy e’tibor rus-tuzem maktablari tarmog`ini yuzaga keltirishga qaratildi. 5. XX asr boshlariga kelib, rus-tuzem maktablariga qarama-qarshi o`laroq, yangi usul maktablari ochilib, ular milliy g`ururi, qadr-qimmati, toptalgan, talangan xalqimizni milliy mustaqillik uchun kurashga hozirlovchi targ`ibotxonalar vazifasini o`tadi. - 6. Jadidlar iste’dodli yoshlarni xorijga o`qishga yuborish orqali
- millat istiqboli ustunlariga tamal toshini qo`ydilar.
- 7. Jadidlar “Taraqqiy”, “Xurshid”, “SHuhrat”, “Sadoyi Turkiston” kabi
- gazetalarini chop etish orqali o`zbek milliy matbuotiga asos soldilar.
- 8. Jadidlar asos solgan milliy-taraqqiyparvar harakat ayanchli yakun topishiga
- qaramay, milliy o`zlik tuyg`usini yuksalishiga imkon yaratdi. Milliy ozodlik
- mafkurasining vujudga kelishi va rivojlanishida muhum ahamiyat kasb etdi.
- Xullas, jadidlar o`zbek xalqi uchun o`z ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy asoslariga
- ega bo`lgan yangi o`zbek davlatini barpo etishga yo`l ochib beruvchi milliy
- g`oyani shakllantirdilar. Jadidlar o`zbek xalqi ijtimoiy tafakkurida qaror topgan
- ko`p asrlik insonparvarlik, erksevarlik va adolat g`oyalarining ulug` davomchilari
- bo`ldilar.
- Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o`tganlaridek: - “Chorizm
- mustamlakasi davrida ma’rifat g`oyasini baland ko`tarib chiqqan jadid
- bobolarimiz Mahmud Xo`ja Behbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Isxoqxon
- Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho`lpon, Usmon Nosir
- kabi yuzlab ma’rifatparvar, fidoyi insonlarning o`z shaxsiy manfaati, huzur-
- halovatidan kechib, el-ulus manfaati, yurtimizni taraqqiy toptirish maqsadida
- amalga oshirgan ezgu ishlari avlodlar xotirasidan aslo o`chmaydi.”
Dostları ilə paylaş: |
|
|