Muvofiqlashtirish — boshqaruvning boshqaruv tizimi elementlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va muvoflqlikni ular o‘rtasida oqilona aloqalar (kommunikatsiyalar)ni o‘rnatish yo‘li bilan ta’minlashga qaratilgan vazifasidir. Bu aloqalarning xarakteri turli-tuman bo‘lishi mumkin, chunki u muvofiqlashtirilayotgan jarayonlarga bog‘liqdir. Muvofiqlashtirish quyidagilarni nazarda tutadi:
— alohida bolinmalar, rahbarlar, xodimlar o‘rtasidagi muvofiqlik va o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
— boshqaruv jarayoni barcha xizmatlarining birligi va muvofiqligini ta’minlash;
— tashkilot bolinmalari va lavozimli shaxslar faoliyatining
tashqi muhit subyektlari, ish bo‘yicha hamkorlari bilan muvofiqligini ta’minlash;
— kompaniyaning ijrochi direktorlari bilan uning budjeti loyihasining asosiy parametrlarini (bolin malar budjetlarini batafsil
ishlab chiqishga qadar) jamoaviy ishlab chiqish va muvofiqiashtirish.
Muvofiqlashtirishni bir necha turlarga bo‘lish mumkin:
— preventiv, bunda muammolar, qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari bashorat qilinadi va adekvat choralar ko‘riladi;
— bartaraf etuvchi, u tizimdagi uzilishlarni ular sodir bolgandan keyin tugatishga moljallangan;
— tartibga soluvchi, u boshqaruv tizimlari va ishlab chiqarishni ma’lum doiralarda qo‘ 1 lab-quvvatlashga moljallangan;
— rag‘batlantiruvchi, boshqaruv tizimlari va ishlab chiqarishning samaradorligini oshiradi.
32. Boshqaruvda axborotlar va kommunikatsiyalar.
Boshqaruv vazifalarini bajarish, yakka shaxslar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorliklar, kommunikatsiya va axborotlarni almashtirish vositasida amalga oshiriladi. Har qanday rahbarning faoliyati quyidagi operatsiya va tadbirlarni bajarilishi bilan bog‘liqdir: — axborotlarni olish, tekshirish va ishlab chiqish; — qarorlar ishlab chiqish va amalga oshirish; — ularni bajarilishini nazorat qilish va tuzatishlar kiritish; — bajarilgan qarorlar bo‘yicha ma’lumotlarni tizimlashtirish va saqlash.
33. Tashkilot va tashqi muhit o’rtasidagi kommunikatsiyalar.
Tashkilot o‘z navbatida, o‘z tomonidan birlashtirilgan kishilarning imkoniyatlaridan o‘zini mustahkamlash va rivojlantirish uchun foydalanadi.