18. Menejemntning ilmiy yondashuvlari va tamoillari. Menejmentning samaradorligi ko‘proq darajada ilmiy yondashuvlar va tamoyillardan foydalanish bilan belgilanadi. Birinchi marta «boshqaruv tamoyillari» atamasini F.Teylor kiritgan, u 1911-yilda «Ilmiy menejment tamoyillari» nomi ostida asarini nashr qilgan. Ishlarni bajarish asoslari va mehnat operatsiyalarini o‘rganish asosida ishchilarning shaxsiy mehnatlarini boshqarishning to‘rtta tamoyillarini shakllantirgan: — ishning har bir elementi bajarilishiga ilmiy yondashuv; — ishchilarni tanlash, o‘qitish va mashq qildirishga ilmiy yondashuv; — ishchilar bilan kooperatsiyalashish; — natijalar uchun javobgarlikni menejer va ishchilar o‘rtasida taqsimlash.
19. Boshqaruv usullari. qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun boshqaruvchi tizimcha — boshqaruv subyektini boshqariluvchi tizimcha — boshqaruv obyekti (xodim, jamoa, boshqaruvning ijtimoiy-iqtisodiy obyekti)ga ta’sir ko‘rsatish usullaridir. Boshqaruv usullari va boshqaruv jarayoni usullariga ajratiladi. Boshqaruv usullari boshqaruv obyektiga ta’sir ko‘rsatishning yakunlangan jarayonini ta’riflaydilar. Boshqaruv jarayoni usullari bilan faqat ayrim ishlar bajariladi. Boshqaruv usullari tizimida umumiy usullar ajratiladi. Ularga. an’anaviy ravishda iqtisodiy, ma’muriy (ba’zida ularni tashkiliy deb ataydilar) va ijtimoiy-psixologik usullar kiradi.
20. Boshqaruvning iqtisodiy usullari.
boshqaruv obyektining iqtisodiy qonunlar talablaridan ongli ravishda foydalanishga asoslan- gan iqtisodiy manfaatlariga ta’sir ko‘rsatish usullarining majmuasidan iboratdir. Bu usullarni ikki guruhga bolish mumkin: — respublika, viloyat, tuman idoralari tomonidan foydalaniladigan usullar; — tashkilotlar (korxonalar) tomonidan foydalaniladigan usullar. Iqtisodiy rag‘batlantirishning zamonaviy shakllariga quyidagilar kiradi: — ish haqi tizimi mehnatning miqdori va sifatiga muvofiq shakllantirish; — qo‘shimcha mukofotlar ko‘rinishidagi bonuslar, mukofotlar, asosiy ish haqiga qo‘shimchalar; — xodimni tashkilot foydasini taqsimlashda ishtirok etishi; — xodimga nafaqa jamg‘armasini shakllantirish ko‘rinishida imtiyoz va yengilliklar berish, xodimning xavfsizligini ta’minlash, unga transport xizmatlari, turar-joy ijarasi va