7. Menejmentda vaziyatli yondashuv Bu yondashuvni ishlab chiqilishi boshqaruv nazariyasiga katta hissa qo‘shgan, chunki fanni aniq vaziyatlar va sharoitlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri qollash imkoniyati paydo bolgan. Vaziyatli yondashuvda asosiy tomon vaziyatlardan, ya’ni aniq holatlardan iborat bo‘ladi, ular tashkilotlarga ushbu aniq vaqtda katta ta’sir ko‘rsatadilar M.Follett 20-yillardayoq «Vaziyat qonuni» haqida gapirgan. Ammo bu yondashuv faqat 60-yillarning oxirida kerakli darajada ishlab chiqilgan. Vaziyatli yondashuvda e’tibor tashkilotlarning o‘z ichidagi vaziyatli farqlarga qaratiladi. Shu munosabat bilan ahamiyat- li o‘zgaruvchan vaziyatlar va ularning tashkilot faoliyati samaradorligiga ta’sirini aniqlash zarur.
8. Menejmentda tizimli yondashuv.
50-yillarning oxirida boshqaruvda tizimlar nazariyasini qollanishi menejmentga boshqaruv fani maktablari va, xususan, amerikalik olimlar J.Pol Getti va Piter F. Drukerlarning muhim ulushi bolgan. Rahbarlar tizimlar nazariyasini boshqaruv jarayoniga nisbatan qollashlari uchun tashkilotni o‘zgaruvchan tizimlar sifatida bilishlari kerak. Ular tashkilotga o'zgarayotgan tashqi muhit sharoitlarida turli maqsadlarga erishishga moljallangan kishilar, tuzilma vazifalari, texnologiya kabi o‘zaro boglangan elementlarning majmuasi sifatida qarashlari kerak.
9. Menejmentda jarayonli yondashuv Bu yondashuv hozirgi vaqtda keng qollaniladi. U birinchi marta ma’muriy boshqaruv maktabi vakillari tomonidan taklif qilingan bolib, ular menejerning vazifasini ta’riflashga harakat qilganlar. Bu konsepsiyani dastlabki ishlab chiqilishi A.Fayolga tegishlidir. Ushbu yondashuvga ko‘ra, boshqaruv uzluksiz o‘zaro bogliq harakatlar (xizmatlar) jarayoni sifatida ko‘rib chiqiladi, ularning har biri, o‘z navbatida bir necha o‘zaro boglangan harakatlardan iborat boladi.
Mmalakatimizda boshqaruvining rivojlanishi Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino (IX—X asrlar), Yusuf Xos Xojib (XI—XII asrlar), Amir Temur, Nizomulmulk (XIII—XIV asrlar), Zahiriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy (XV asrlar)ning boshqaruvga oid asarlari bugungi kunda ham qollanma boladigan ko‘rsatmalar hisoblanadi. Masalan, «Qutadg‘u bilik», «Temur tuzuklari» va boshqalar. 0 ‘zbekiston Respublikasi tashkil topgandan buyon o‘tgan 27 yil ichida bozor islohotlariga oid qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Malikamasining qarorlari mamlakatimizda bozor mexanizmlarini iqtisodiyotga joriy etishga qaratilgan. 0 ‘zbekiston iqtisodiyotini Respublikamizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov asoslab bergan tamoyillar asosida bozor munosabatlariga o'tkazish, bozor mexanizmlarini shakllantirish dasturi bir qator mamlakatlarda «0‘zbek modeli» deb aytil- di. Ushbu model jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga dosh berib, mamlakatimizni barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratdi.