Menejmentning amerikacha modelini o‘rganish ma’lum qiziqish uyg'otadi. Amerikacha menejment AQSHning g‘arbiy mamlakatlar orasida yetakchi o‘rinni egallashiga imkon bergan. Amerikacha menejment avvalo boshlanishida F.Teylor tuzgan ilmiy boshqaruv maktabi ta’limlariga asoslanadi. Zamonaviy amerikacha menejment quyidagi uchta tarixiy shart-sharoitlarga asoslanadi: — bozorning mavjudligi; — ishlab chiqarishni tashkil etishning sanoat usuli; — tadbirkorlikning asosiy shakli sifatidagi korporatsiya Zamonaviy amerikacha menejment quyidagi uchta tarixiy shart-sharoitlarga asoslanadi: — bozorning mavjudligi; — ishlab chiqarishni tashkil etishning sanoat usuli; — tadbirkorlikning asosiy shakli sifatidagi korporatsiya Yapon menejmentining mohiyati odamlarni boshqarishdan iboratdir. Bunda yaponlar amerikaliklarga o‘xshab bitta odam (shaxs)ga emas, balki odamlar guruhiga qaraydilar. Bundan tashqari, Yaponiyada tutgan o‘rni guruh tomonidan ma’qullanadigan yoshi bo‘yicha kattaroq kishiga bo‘ysunish an’anasi vujudga kelgan. Menejmentning G‘arbiy Yevropa modelishakllanishiga Yevropa davlatlari olimlarining tadqiqotlari katta ta’sir ko'rsatgan.
12. Moliyaviy menejment moliyalarni boshqarishning barqarorligi, ishonchliligi va samaradorligini ta’minlashning majmuaviy tizimidir. U o‘z ichiga moliyaviy ko‘rsatkichlarni menejmentga ilmiy yondashuvlar va tamoyillar, daromadlar va xarajatlar balansi, resurslardan foydalanishning samaradorligi ko‘rsatkichlari, ishlar va tovarlar rentabelligiga rioya qilish bilan shakllantirish va rejalashtirishni oladi.
13. Innovatsion menejment mulk egasi tomonidan innovatsiyalarning barcha turlarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalarni boshqarishning majmuaviy usuli. U o‘z ichiga tashkiliy tuzilmalarni qurish, innovatsiyalarning yo‘nalishlarini tanlash, innovatsiyalar, xodimlarni boshqarishning har xil jihatlarini muvofiqlashtirishni oladi.