Menejement rivojlanishining tarixiy shart – sharoitlari


Mehnatni gorizontal bo’linishi



Yüklə 122,99 Kb.
səhifə12/49
tarix20.11.2023
ölçüsü122,99 Kb.
#163264
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
Menejement rivojlanishining tarixiy shart – sharoitlari-fayllar.org

38. Mehnatni gorizontal bo’linishi.
Mehnatning to‘g‘ri taqsimlanishi tashkilotning muhim ta’riflari hisoblanadi. Hatto agar ikki kishi bir maqsadga erishish uchun birgalikda ishlayotgan bolsa ham ular o‘zaro mehnatni taqsimlashlari kerak. Ishni tashkil qiluvchi tarkibiy qismlarga bunday taqsimlanish mehnatning gorizontal bolinishi deb ataladi. Yirik va o‘rtacha tashkilotlarda gorizontal taqsimlanish yetarlicha aniq kuzatiladi. U o‘ziga xos vazifalarni bajaruvchi va aniq maqsadlarga erishuvchi bolinmalarni tashkil etish yoli bilan amalga oshiriladi. Ular bo‘limlar, xizmatlar, tarmoqlar va h.k. lar deb ataladi.

39. Mehnatni vertikal taqsimlanishi.
Tashkilot singari uning bo‘linmalari ham bir qismi bolgan kishilar guruhidan tashkil topadi va bu kishilar faoliyatini umumiy maqsadlarga erishish uchun muvofiqlashtirishi kerak. Buning uchun mehnat vertikal taqsimlanishi lozim, bunda bitta bolinma rahbari boshqa bolinma rahbarlarining ishini muvofiqlashtiradi, ular o‘z navbatida, keyingi bolinmalar rahbarlari ishini muvofiqlashtiradilar. Mehnatni bunday vertikal taqsimlash natijasida boshqaruv bosqichlari tashkil topadi. Demak, tashkilotda mehnat taqsimotining ikkita ichki uzviy shakllari mavjud. Birinchisi — bu mehnatni umumiy faoliyatning qismlarini tashkil etuvchi tarkibiy qismlarga taqsimlash, ya’ni gorizontal taqsimot, ikkinchisi — harakatlarni muvofiqiashtirish bo'yicha ish, ya’ni vertikal taqsimot.



  1. To’g’ri chiziqli tashkiliy tuzilma.

tashkilot va har bir bolinmaning boshida barcha vakolatlarga ega bolgan va boshqaruvning barcha vazifalarini o‘z qoliga jamlagan rahbar turishini ko‘zga tutadi (5.5-rasm). Zanjircha bo‘yicha yuqoridan pastga uzatiladigan uning qarori barcha quyida turuvchi bo‘g‘inlar tomonidan bajarilishi majburiydir. Boshqaruvning ushbu tizimida rahbarlarning iyerarxiyasi shunday asosda tashkil qilinadi. Boshqaruvning bu tuzilmasi afzalligi, farmoyishlarning yakkaligi va aniqligi, rahbarning o‘zi boshqarayotgan bolinma faoliyati natijalari uchun oshirilgan javobgarligi, qarorlar qabul qilishdagi operativligi, ijrochilar tomonidan bir-birlari bilan muvofiqlashtirilgan farmoyishlarni olinishidir.



Yüklə 122,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin