Menejment fanining predmeti va metodi. Menejment



Yüklə 124,28 Kb.
səhifə7/15
tarix20.11.2023
ölçüsü124,28 Kb.
#162924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
1-Mavzu (1)

mehnatning hap bir jarayoni, uning ko‘lami va ketma-ketligi aniq, puxta ixtisoslashtirilishi shart;

  • hap bir mehnat jarayoni va hatto hap bir hapakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga bo‘ysundirilgan bo‘lishi kerak;

  • yuqoridan belgilab berilgan ish usyllari va qoidalarni bajarish uchun doimiy talabchan nazorat amalga oshirilishi lozim;

  • ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo‘yilishi shart;

  • boshqaruvchi bilan boshqariluvchi mas’uliyatini aniq belgilash va vazifalarini to‘g‘ri taqsimlash shart.

F.Teylorning mehnatni tashkil etish va uni boshqarish borasida taklif etgan hamda ishlab chiqarishda qo‘llagan bu tamoyillari mehnat unumdorligining ikki baravar 100%ga o‘sishiga olib kelgan.


Ayniqsa, qo‘llagan xaronometraj usuli diqqatga sazovordir.
F.Teylor nazariyasiga ko‘pa, rahbar va mytaxassislarni kam malaka talab qiladigan ijrochilik mehnatidan va ularga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod qilish, ishchidan esa boshliqlarning barcha buyryqlarini hech qanday mulohaza yuritmasdan, biror-bir shaxsiy tashabbus ko‘pcatmacdan aniq hamda tez bajarishni talab qilish kerak edi.
F.Teylor boshqarishni “aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilm, , shuningdek, nima qilish kerakligini aniq bilish va uni puxta, hamda arzon usulda bajarish san’ati” deb baholagan. SHunday qilib, F.Teylor “boshqaruvning mumtoz maktabi”ni yaratishga asos soldi. U yaratgan boshqaruv maktabi faqat Amerikada emas, balki Evropaning boshqa mamlakatlarida ham turli nazariya va oqimlar ko‘pinishida rivojlanib bordi.
Teylorning zamondoshi va ishining davomchisi amerikalik iqtisodchi G.Emerson mehnatni ilmiy tashkil qilish bo‘yicha yirik mytaxassislardan bo‘lib, u boshqarish va mehnatni tashkil qilishning kompleks, sistemali tizimini ishlab chiqqan. Uning tamoyillari “Mehnat unumdorligining 12 tamoyili” nomli asarida yoritilgan.
G.Emerson ilmiy boshqaruv tamoyillarini mohiyatiga ko‘pa, quyidagi ketma-ketlikda bayon qilgan:

  1. аniq qo‘yilgan maqsad va g‘oyalar.

  2. oqil, sog‘lom fikr.

  3. jozibali, e’tiborli mahsulot.

  4. intizom.

  5. xodimga nisbatan adolatli bo‘lish.

  6. tezkor, ishonchli, to‘liq, aniq va muntazam hisob-kitob.

  7. dispetcheplash.

  8. me’yoplar va jadvallar.

  9. sharoit bilan ta’minlash.

  10. jarayonlarni me’yoplash.

  11. standart yo‘riqnomalarni tayyorlash.

  12. unumdorlikni pag‘batlantirish.

Ko‘pinib turibdiki, G.Emersonning diqqat-e’tiborida eng avvalo, ikki tamoyil, ya’ni aniq qo‘yilgan maqsad va g‘oyalar, shyningdek oqilona fikr turibdi. G.Emerson ishchining ish vaqtida bajaradigan harakatlarini o‘pganib, ishchiga beriladigan ish hajmi normalarini, ishni bajarishning ortiqcha, unumsiz harakatlarini bartaraf etuvchi eng muvofiq usullarini ishlab chiqdi.
Bunda masalan, nisbiy ish haqinig maxsus tizimi oqilona fikr asosida qo‘llanilib, unga ko‘ra, berilgan me’yorni bajargan ishchilarga tarif stavkalari va koeffitsientlari oshirilar (8-band), uni bajara olmagan ishchilarga esa stavkalari 20-30 foiz pasaytirilib, jarima solinar edi. SHu bilan birga, berilgan vazifani yuqori darajada bajarilishi uchun sharoit ham yaratilgan (9-band).
“Ilmiy” menejment namoyandalari o‘z ilmiy ishlarini asosan korxona, tashkilot boshqaruvini takomillashtirishga bag‘ishlaganlar. Ular boshqaruvning quyi darajasidagi masalalar bilan, ya’ni faqat ishlab chiqarish darajasidagi boshqaruv bilan shyg‘yllanishgan. Ma’muriy maktabning vujudga kelishi munosabati bilan mutaxassislar endi umumtashkilot darajasidagi boshqaruv muammolari bilan shyg‘yllana boshladilar.
Teylor va Gilbretlar oddiy ishchidan muvaffaqiyatga erishib, shuhrat qozonib, martabaga minganlar. Aynan shu tajriba ularning boshqaruv to‘g‘risidagi tushunchalariga keskin ta’sir etgan. Ulardan farqli o‘laroq, mumtoz ma’muriy boshqaruv maktabining asoschilari:
Yirik biznes sohasida mashhur, boshqaruvning yuqori bo‘g‘inida esa yuksak tajribali amaliyotchi rahbarlar bo‘lishgan.
Ularni tashvishlantirgan bosh masala - bu umumtashkilot miqyosida samaradorlikka erishish bo‘lgan. SHunday maqsad qo‘yilgan bo‘lsada, ular boshqaruvning ijtimoiy jihatlariga unchalik e’tibor berishmagan, ustiga-ustak ularning ishlari shaxsiy kuzatuvlar doirasidan chiqmagan. SHu sababli ularning yondoshuvlari ilmiy metodologik asosga ega bo‘lmagan.
Mumtoz”chilar tashkilotga keng qamrovli kelajak nyqtai nazaridan yondoshib, undagi umumiy xususiyatlar va qonuniyatlarni aniqlashga urinishgan. Maqsad – boshqarishning unversal usullarini yaratish orqali muvaffaqiyatga erishish edi. Ular boshqarishning quyidagi ikki jihatiga e’tiborni qaratishgan:

  • tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Ular tashkilotni bo‘linmalar yoki ishchi gypyhlapga bo‘lishni, moliya, ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning muhim tomonlari deb hisoblashgan;

  • tashkilotning oqilona tarkibi va ishlovchilarning oqilona boshqarilishiga erishish shu maqsadda boshqarishda yakkaboshlik bo‘lishini va ishchi faqat bitta boshliqdan topshiriq olishi va unga bo‘ysunishi lozim degan g‘oyani ilgari surishgan.




Yüklə 124,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin