Menejment fanining predmeti va metodi. Menejment


Menejment nazariyasining evolyusion rivojlanishi



Yüklə 124,28 Kb.
səhifə5/15
tarix20.11.2023
ölçüsü124,28 Kb.
#162924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-Mavzu (1)

1.3. Menejment nazariyasining evolyusion rivojlanishi


1.3.1. “Ilmiy” menejment maktabi talimotlari
Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib,
Yu.Sezar, A.Makedonskiy, Turkistonda esa o‘rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo‘lib, asosan harbiy tavsifga ega edi.
O‘sha davr menejerlari harbiy intizomni o‘rnatish maqsadida, odamlarni jazo bilan qo‘rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so‘zsiz itoat etish kabi usullarni qo‘llaganlar. Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko‘proq qo‘shimcha qiymat undirishning g‘oyatda samarali usuli, deb qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo etilganligiga ham Sohibqironning o‘z qo‘l ostidagilarga “Qo‘rquv bilan umid o‘rtasida ushlash” bo‘yicha boshqarishi sabab bo‘lgan.
Kapitalizm tuzumining boshlang‘ich davrida tadbirkor - mulk egasi ishlab chiqarishni o‘zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo‘lgan sanoat inqilobi boshqaruvga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e’tibor berila boshladi.
Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o‘sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarni talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv cohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada, boshqaruv to‘g‘pisidagi ilm-fan vujudga keldi.
O‘sha davrdan boshlab to bugungi kunga qadar boshqaruv ta’limotida quyidagi to‘ptta yo‘nalish (maktab) evolyusion tarzda rivojlangan va o‘zining tegishli hissasini qo‘shgan (1.3.1-jadval).


1.3.1-jadval
Boshqarish ta’limotidagi to‘rt yo‘nalish (maktab)




Yüklə 124,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin