Menejment fanining predmeti va metodi. Menejment



Yüklə 124,28 Kb.
səhifə2/15
tarix20.11.2023
ölçüsü124,28 Kb.
#162924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-Mavzu (1)

Menejment fani voqelikni bilishga bag‘ishlangan umumfalsafiy usullarni qo‘llaydi. Eng avvalo, boshqaruvchi ob’ektni aks ettiruvchi, uni talqin etishga yordam beruvchi ma’lumot (fakt)lar jamlab baholanadi. Bu ma’lumotlar mikro, mego va makro darajadagi voqelikka oid bo‘lishi mumkin. Bu boshqaruvni idrok etishdagi empirik bosqich hisoblanadi.
Menejment fani boshqarish to‘g‘risidagi bilimlar majmuidir. U ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o‘rganiladi.
Menejment ob’ekti haqida so‘z yuritganda, eng avvalo, ob’ekt so‘zining lug‘aviy ma’nosiga e’tibor berish kerak bo‘ladi. SHu ma’noda ob’ekt - bu:

  • bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot;

  • kishi faoliyati, diqqat-e’tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs;

  • xo‘jalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va h.k.

Demak, ob’ekt tushunchasi mikro voqelikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib to makro voqelik (moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha bo‘lgan ma’noni o‘z ichiga oladi. Masalan, “Haydovchi o‘z mashinasini boshqara ololmaganligi sababli, u yo‘ldan chiqib ketgan”. Bu erda boshqaruv ob’ekti bo‘lib mashina hisoblanadi. YOki “U kishi o‘zini juda yaxshi boshqara oladi”. Bu erda boshqaruv ob’ekti bo‘lib kishi, shaxs hisoblanadi. Futbol komandasi yoki shahar transporti harakatini boshqarish, tuman, viloyat, mamlakatni boshqarish va h.k.lar menejmentning yoki boshqarishning ob’ektlaridir.
Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari menejmentning sub’ekti, ya’ni boshqaruv organlarni yoki menejerlar - boshqaruvchilar bo‘lib hisoblanadi. SHu nuqtai nazardan, ob’ekt va sub’ektlarni quyidagicha tavsiflash mumkin (1.1.1 - jadval).
1.1.1-jadval
Menejment ob’ekti va sub’ekti


Yüklə 124,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin