Menejment va statistika


- jadval Bosh va tanlama to‘plam parametrlari asosiy xarakteristikalarining belgilari



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə32/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

1 - jadval

Bosh va tanlama to‘plam parametrlari asosiy xarakteristikalarining belgilari




Xarakteristikalari


Bosh to‘plam


Tanlama to‘plam


To‘plam hajmi (birliklar soni)


N

N



Kuzatilayotgan belgiga ega bo‘lgan birliklar soni.


M

M



Kuzatilayotgan belgiga ega bo‘lgan birliklar hissasi.


M
p = ------


N

m
w = -----


n


Belgining o‘rta miqdori


Σ Xi
= ------------


N

ΣXi
X = ------------


N


Miqdoriy belgining dispersiyasi


Σ( xi -)2


σ2 = -------------
N

Σ(x - )2


σ 2 = -------------
n


Hissasining dispersiyasi


σ2v = pq


σ2w= w (1- w)


Tashkiliy reja umumiy holda quyidagilarni o‘z ichiga oladi:


1. Kuzatishning maqsadi va vazifalari.
2. Tatqiqot obektining chegaralarini aniqlash.
3. kuzatish dasturini ( anketalar, surov varaqalar, hisobot shakkllari va shu singarilarni ) ishlab chiqish.
4.Tanlash tartibi, usullari va hajmini aniqlash.
5. Kuzatish o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan kadrlarni tayyorlash, formulyarlar, instruktiv xujjatlarni ko‘paytirish va shu singarilar.
6. Tanlangan to‘plam xarakteristikalarini hisoblash va tanlash xatolarini aniqlash.
7. Tanlab olingan to‘plam ma’lumotlarini bosh to‘plamga yoyish.

2. Tanlama to‘plam hosil qilinishining asosiy usullari
Tanlab olingan to‘plam xarakteristikalarining ishonchliligi ma’lum miqdorda tanlama to‘plamning reprezentativligi bilan belgilanadi, bu esa o‘z navbatida bosh to‘plamdan birliklarni tanlab olish usuliga bog‘liqdir. Aniq sharoitdan kelib chiqqan holda, jumladan o‘rganilayotgan hodisaning mohiyati, to‘plam hajmi, kuzatilayotgan belgilar o‘zgaruvchanligi va ularning taqsimoti, moddiy va mehnat resurslari singarilar e’tiborga olingan holda tanlash usulidan foydalaniladi.
Tanlash turiga qarab, individual, guruhli va aralash tanlash turlari farq qilinadi. Individual tanlash usuliga muvofiq bosh to‘plamning alohida birliklari, guruhli tanlashda birliklar guruhlari tanlab olinadi, aralash tanlashda esa guruhli va individual tanlash usullaridan birgalikda foydalaniladi.
Tanlash usuli tanlab olingan birliklarning tanlash jarayonida ishtirokini davom etkazish imkonini belgilab beradi, bunga muvofiq tanlash ikki usulda amalga oshiriladi:
1. Qaytarilmagan usulda
2. Qaytarilgan usulda.
Qaytarilmagan usulda o‘tkaziladigan tanlash deb, tanlab olingan to‘plam birliklarining keyinchalik to‘plamga qaytarilmaydigan tanlash usuliga aytiladi.
Qaytarilgan usulda o‘tkazilgan tanlash deb, tanlab olingan to‘plam birliklarining qayd qilingandan keyin yana bosh to‘plamga qaytarilishiga aytiladi.
Tanlama kuzatish amaliyotida eng ko‘p tarqalgan tanlash turlariga quyidagilar kiradi:
- tasodifiy tanlash;
- mexanik tanlash;
- tipik tanlash;
- uya (seriya)li tanlash;

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin