Menejment va statistika


Korxonalarda xodimlar harakati ko‘rsatkichlari



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə72/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

4. Korxonalarda xodimlar harakati ko‘rsatkichlari
Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilashda xodimlar mehnati muhim ahamiyatga ega. Xodimlar soni harakati va ularning mehnatini statistik o‘rganganda, ularni turli belgilari bo‘yicha o‘rganadi. Xodimlar xalq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha, bajaradigan funksional vazifalari bo‘yicha guruhlanishi mumkin.
Xalq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha: sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish transport, sog‘liqni saqlash, maorif va shu kabi tarmoqlarda ishlovchi xodimlarga guruhlanadi. Bajaradigan ishlar bo‘yicha: ishchilar injener texnik xodim, xizmatchilar, xizmat qiluvchi kichik xodimlar, shogird-o‘quvchilar kabi guruhlanadi. Mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq ishlarda ishlaydigan xodimlar ishchilar deyiladi va ular korxonalarda ko‘pchilikni tashkil etib, asosiy kuch hisoblanadi. Ilmiy texnik xodimlarga ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish bilan bog‘liq maansablarda ishlayotgan rahbar xodimlar kiradi.
Turli iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun o‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni, o‘rtacha ishga kelgan xodimlar soni kabi ko‘rsatkichlar aniqlanadi. O‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar sonini aniqlash uchun kolendar kunlaridagi ro‘yxatdagi xodimlar sonining yig‘indisini kolendar kunlar yig‘indisiga bo‘linadi. O‘rtacha ishga kelganlar sonini topish uchun haqqiqiy ishlagan kunlar yig‘indisi ish kunlari yig‘indisiga bo‘linadi.
Korxonalarda xodimlar soni va ularning harakati kadrlar bo‘limi tomonidan yurtiladi va hisobotda ko‘rsatiladi. Barcha xodimlar doimiy, vaqtincha va mavsumiy ishga qabul qilingan guruhlariga bo‘linadi. Vaqtincha ishga qabul qilinganlarga 2 oygacha yoki vaqtincha ishlamayotgan xodimlar o‘rniga 4 oygacha ishga qabul qilingan xodimlar kiradi. Mavsumiy ishga qabul qilinganlarga mavsum davrida 6 oygacha mavsumiy ishni bajarishga qabul qilingan xodimlar kiradi. Ro‘yxatdagi xodimlarga ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq chiqqandan, ishdan bo‘shatish to‘g‘risida buyruq chiqqungacha bo‘lgan barcha xodimlar kiradi.
Xodimlar harakati ko‘rsatkichlari: ishga qabul qilinganlar koeffitsienti, ishdan ketganlar koeffitsienti, turg‘unlik koeffitsientlari bilan ifodalanadi.
Xodimlarning ishga qabul qilish koeffitsienti – hisobot davrida yangi qabul qilingan xodimlar sonini korxona xodimlarning o‘rtacha soniga bo‘lib topiladi.
Ishga qabul qilinganlar koeffitsienti =

Ishga qabul qilingan xodimlar


= ------------------------------------------
Xodimlar o‘rtacha soni
Xodimlarning ishdan ketish koeffitsienti – hisobot davrida ishdan bo‘shatilgan-ketganlar sonini korxona xodimlari o‘rtacha soniga bo‘lib topiladi.

Ishdan bo‘shatilganlar koeffitsient=


Ishdan ketgan xodimlar soni
= -------------------------------------------
Xodimlar o‘rtacha soni
Korxona xodimlarining umumiy aylanma (oborot) koeffitsienti – ishga qabul qilinganlar va ishdan ketganlar sonini qo‘shib (IK) korxona xodimlarining o‘rtacha soniga bo‘lib topiladi.
Xodimlarning umumiy oboroti=
Ishga qabul qilingan va ishdan bo‘shatilganlar
= -----------------------------------------------------------------
Xodimlar o‘rtacha soni

Xodimlar turg‘unlik koeffitsienti=


Korxonalarda doimiy ishlaganlar soni
= -------------------------------------------------------------
Xodimlar o‘rtacha soni
Korxonada ishga qabul qilingan va ishdan ketgan xodimlar sabablari bo‘yicha ham o‘rganiladi. Ishga qabul qilinganlar oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarini bitirib kelganlar, mehnat birjasi yo‘llanmasi bilan qabul qilinganlar va hakazo. Ishdan ketganlar esa: nafaqaga chiqish, boshqa joyga ko‘chib ketgan, armiya xizmatiga, o‘qishga ketganligi, ichki intizomni buzganligi va shu kabilar.
Xodimlarning almashib turishi ijobiy hodisa emas. Shuning uchun ham xodimlarning ishga qabul qilish va ishdan ketish koeffitsienti ko‘rsatkichlarini – sabablari bilan o‘rganish zarur. Bu ko‘rsatkichlar koeffitsientlari qanchalik «O»ga yaqin bo‘lsa, shunchalik yaxshi deyish lozim.
Xodimlarning turg‘unlik koeffitsienti «1»ga yaqin bo‘lsa ijobiy, chunki korxonada xodimlar doimiy ravishda turg‘un ishlasalar tajribasi ortadi, ishlab chiqarishning tashkil etilishni o‘rganadi va hokazo, natijada xodimlarning mehnat unumdorligi yuqori bo‘ladi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin