Menejment va statistika


Xodimlarning ish vaqti ko‘rsatkichlari statistikasi



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə73/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

5. Xodimlarning ish vaqti ko‘rsatkichlari statistikasi
Korxonalarda xodimlar soni va ularning harakatini statistik o‘rganish bilan birga, xodimlarning ish vaqtidan foydalanishini ham har tomonlama o‘rganadi. Bunda quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi:
Kalendar ish vaqti fondi – bir yil (oy, chorak) – 365 kelendar kun hisoblanib, korxonadagi xodimlar soniga ko‘paytirib topiladi.Misol: Korxonada 100 kishi ishlaydi. Demak,bir yilik kalendar ish vaqti fondi 100x365= 36500 kishi-kunlardan iborat.
Tabel ish vaqti fondi – bu kalendar ish vaqtidan dam olish va bayram kunlarini chiqarib tashlanganiga teng. Demak 365 kundan dam olish kunlarini (taxminan – 52 kun) va bayram kunlarini (9 kun) ayirib tashlasak 304 kunga teng bo‘ladi.Misolimizdagi bo’yicha korxonaning bir yilik tabel ish vaqti fondi=100x304=30400 kishi-kun bo’ladi.
Albatta korxona xodimlari ta’til olish huquqiga ega. Demak tabel ish vaqtidan xodimlarning o‘rtacha ta’til kunlarini chiqarib tashlasak maksimal imkoniyatli ish vaqti kelib, uni xodimlar soniga ko‘paytirsak maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi kelib chiqadi.Xodimlar bir yilda o’rtacha 279 kun ishlasa, misolimizdagi korxona xodimlarining maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi= 100kishi x 279kun = 27900 kishi kun bo’ladi.
Xodimlarning ish vaqti mehnat qilishning me’yori bo‘lib, ishlagan kishi-soat yoki ishlangan kishi-kunlarda ifodalanadi. Ishlangan kishi-soatlar vaqtni aniqroq belgilab, unda soatlab bo‘sh turishlar (turli sabablarga ko‘ra-xomashyo yetishmasligi, elektr energiya yo‘qligi va shu kabilar), ishga kech kelish yoki erta ketish soatlari kiritilmaydi.
Korxonadagi mavjud ma’lumotlardan foydalanib, yuqoridagi ish vaqti fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlarini hisoblash mumkin.
Kalendar ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsienti (KIVF) ishlangan kishi kunlarni kalendar ish vaqti fondiga bo‘lib topiladi.
Tabel ish vaqtidan foydalanish koeffitsienti (TIVF) ishlangan kishi kunlarni tabel ish vaqti fondiga bo‘lib topiladi.
Maksimal imkoniyatli ish vaqtidan foydalanish koeffitsienti (MIVF) xaqiqiy ishlangan kishi / kunlarni maksimal imkoniyatli ish vaqti fondiga bo‘lib topiladi. Bu ko‘rsatkichlar ichida maksimal imkoniyatli ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsienti muhimroqdir.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin