75
protseduralari, ishlatilayotgan dalillar va tadqiqot maqsadlarining o‘ziga
xosliklariga qarab vaziyatlarni shakllantirish uchun material to‘plash asosiga
qo‘yilishi mumkin.
Tushuntirish
–
bu tadqiq etish metodologiyasi va empirik dalillar asosida
kuzatish ob’ekti (ob’ektlari)ning
mohiyatini yoritish, uning muayyan ob’ektiv
tendensiyalar yoki qonunlarga bo‘ysunuvchanligini namoyish etish. Istalgan
tushuntirishning muhim tavsiflaridan biri – uning ikki xil tarkiblig, ya’ni bir
tomondan tushuntirilayotgan ob’ektni aks ettiruvchi qoidalar yoki qoidalar
to‘plami, boshqa tomondan esa – tushuntiruvchi qoidalarning to‘plami ekanligidir.
Har qanday tushuntirishning aniq turi hech bo‘lmaganda uch omil:
tushuntiruvchi
qoidalarning xarakteri, tushuntiriluvchi qoidalarning xarakteri
hamda tushuntiruvchi va tushuntiriluvchilarning o‘zaro aloqasi xarakteri, ya’ni
tushuntirish mexanizmi bilan aniqlanadi.
Zamonaviy
ilm-fan
tobora
ko‘proq
funksional
tushuntirishdan
foydalanmoqda. Bu eng avvalo, murakkab funksional tizimlar (masalan,
yirik
tashkilotlarni boshqarish tizimlari) tadqiqot ob’ektiga aylanganligi bilan
tushuntiriladi.
Ijtimoiy ob’ektning ahamiyatli tavsiflaridan biri bo‘lib uning tuzilmasi
hisoblanadi. Tuzilmani bilish – ijtimoiy-iqtisodiy tizim mohiyatining eng muhim
jihatini yoritish demakdir. Ushbu vazifani hal qilish
tuzilmaviy tushuntirishning
mohiyatini tashkil etadi. Oxirgisi yoki ijtimoiy ob’ektning ichki elementlarini
tushuntirish
va
ularni
yagona
yaxlitlikka
birlashtirish
usulidan
yoki
tushuntirilayotgan ob’ektning qandaydir yanada katta tizimdagi o‘rnini
aniqlashdan iborat. Shunga muvofiq, ichki tuzilmaviy va tashqi tuzilmaviy
tushuntirishlar ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: