Menejmentning tadqiqot usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/67
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189379
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик

Internet saytlari 
1.
www.studmed.ru.
2.
www.rc-analitik.ru

3.
www.studwood.ru. 
4.
www.
sovman.ru. 
5.
www. it.rfei.ru. 


70 
III BOB. BOSHQARUV VAZIYATLARINI O‘RGANISH 
METODOLOGIYASI 
 
3.1. Tadqiqot metodologiyasi 
Metodologiya
 
– 
bu inson faoliyatini mantiqiy tashkil qilish bo‘lib, u tadqiqot 
maqsadi va predmetini, uni o‘tkazishda yondashuvlar va mo‘ljallarni aniqlashdan, 
eng maqbul natijani olishni belgilovchi vositalar va usullarni tanlashdan iboratdir. 
Insonning 
istalgan 
faoliyati 
metodologiya 
bilan 
tavsiflanadi 
va 
tadqiqotchilik faoliyatining muvaffaqiyati hal qiluvchi darajada metodologiyaga 
bog‘liq. 
Tadqiqot maqsadi – boshqaruv tizimini qurishning hamda uning faoliyat 
yuritishini va rivojlanishini tashkil qilishning eng samarali variantlarini qidirish. 
Lekin bu maqsad to‘g‘risidagi umumiy tasavvurdir. Haqiqatda tadqiqot 
ko‘plab maqsadlarga: masalan, boshqaruv sifatini monitoring qilish; boshqaruv 
tizimida ijodkorlik va innovatsion muhitni shakllantirish; kelgusida ishlashni 
qiyinlashtirishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash; boshqaruv 
xodimlari malakasini oshirish; strategiyalarni baholash va hokazolarga ega. 
Tadqiqot maqsadlari joriy va istiqbolli, umumiy va mahalliy, doimiy va 
epizodli bo‘lishi mumkin. 
Istalgan tadqiqotning metodologiyasi uning maqsadini tanlash, qo‘yish va 
ifodalashdan boshlanadi. 
Tadqiqot ob’ekti bo‘lib, aniq tashkilot, tashkilotlar guruhi, turli 
birlashmalarning boshqaruv vaziyati ko‘rinishida ifodalangan boshqaruv tizimi 
hisoblanadi. Lekin, uning ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar sinfiga mansubligini 
tushunish va hisobga olish metodologik jihatdan juda muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Bu esa, inson uning eng muhim elementi ekanligini anglatib, uning faoliyati 
tizimning barcha faoliyat yuritish va rivojlanish jarayonlarining xususiyatlarini 
belgilaydi. Ushbu tizimning mavjud bo‘lishini belgilaydigan aloqalar, kishilar 


71 
orasidagi, ularning manfaatlari, qadriyatlari, motivlari va maqsadlariga 
asoslangan murakkab va qarama-qarshi munosabatlarni tavsiflaydi. 
Zamonaviy texnik vositalar qanchalik mukammal bo‘lishiga qaramay, 
ularning roli inson manfaatlariga, foydalanish va o‘zlashtirish motivlariga 
qaramdir. 
Boshqaruv vaziyati inson faoliyatini ifodalaydi. 
Boshqaruv tizimidagi vaziyat o‘rganilar ekan, uni insondan hamda uning 
faoliyatida foydalanishning barcha omillaridan ajratilgan holda tadqiq qilish 
mumkin emas. 
Tadqiqot predmeti bo‘lib boshqaruv vaziyati hisoblanadi, uni tahlil qilish 
natijasida muammo – o‘z echimini talab qilayotgan haqiqiy ziddiyat aniqlab 
olinadi. Boshqaruv tizimining faoliyat yuritishi ko‘plab har xil muammolar: 
boshqaruv strategiyasi va taktikasi o‘rtasidagi, bozor sharoitlari va firma 
imkoniyatlari o‘rtasidagi, xodimlarning malakasi va innovatsiyalarga ehtiyoj 
o‘rtasidagi va h.k. ziddiyatlar bilan tavsiflanadi. 
Ushbu muammolarning birlari “abadiy”, boshqalari – o‘tkinchi yoki 
etilayotgan bo‘lib, ularni hal qilish uchun tadqiqotlar zarur. 
Maqsad – tadqiqotda muammolarni aniqlab olish va tanlashning asosidir. 
Tadqiqot metodologiyasi mazmunining keyingi tarkibiy qismi bo‘lib 
yondashuv – tadqiqot rakursi hisoblanib, u go‘yoki tadqiqot boshlanadigan va 
uning maqsadga qarab yo‘nalganligini belgilaydigan boshlang‘ich nuqtai nazar, 
dastlabki nuqtani ifodalaydi. 
Yondashuv 
aspektli, tizimli 
va
 konseptual 
bo‘lishi mumkin. 
Aspektli yondashuv 
– bu muammoning dolzarbligi yoki tadqiqotga ajratilgan 
resurslarni hisobga olgan holda muammoning bir qirrasini tanlashdir. SHu tarzda, 
xodimlarni rivojlantirish muammosi iqtisodiy aspekt, ijtimoiy-psixologik, ta’lim va 
boshqa aspektlarga ega bo‘lishi mumkin. 
Tizimli yondashuv 
– bu tadqiqot metodologiyasining yanada yuqori darajasi 
bo‘lib, u muammoning barcha aspektlarini, ularning o‘zaro bog‘liqligida va 


72 
yaxlitligida imkon qadar eng ko‘p hisobga olishni, bosh va ahamiyatlisini 
ajratishni, aspektlar, xossalar va tavsiflar orasidagi aloqalar xarakterini aniqlashni 
talab qiladi. Tizimli yondashuvning quyidagi aspektlari bo‘lishi mumkin: 

elementli aspekt – 
o‘rganilayotgan tizimga kiruvchi elementlarni aniqlash, 
tizimning umumiylik darajasini, uning quvvatini belgilash; 

tuzilmaviy aspekt – 
tizimning tuzilmaviy tavsiflarini (aloqalarni, miqdor va 
sifat o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlovchi tuzilma turkumi) aniqlash; 

funksional aspekt – 
tizim funksiyalarini yaxlit va uning tarkibiy qismlari 
(kichik tizimlari)ni, ushbu funksiyalarning muvofiqligini, funksiyalarning 
takrorlanishini aniqlash; 

integrativ aspekt – 
tizim maqsadlarini, uning faoliyat yuritishidagi 
ziddiyatlarni, ziddiyatlarni hal qilish yo‘llari va usullarini oydinlashtirish, tadqiqot 
ob’ektini yaxlit tizim sifatida saqlanishini ta’minlaydigan asosiy bo‘g‘inni 
aniqlash; 

Metodologiya
aspektli, tizimli 
va
konseptual elementli aspekt tuzilmaviy 
aspekt funksional integrativ kommunikativ aspekt – 
tizimning yashash muhitini, 
boshqa tizimlar bilan subordinatsiyali va o‘zaro muvofiqlashgan aloqalari 
tavsiflarini, ushbu aloqalarning mustahkamligini aniqlash; 

tarixiy aspekt – 
tizimning vujudga kelish tarixini, uning rivojlanish 
bosqichlarini, erishilgan darajasini tadqiq qilish, va shu asosda istiqbollarni 
bashoratlash; 
Konseptual yondashuv 
tadqiqot konsepsiyasini, ya’ni tadqiqotning umumiy 
yo‘nalishi, arxitetonikasi va meros bo‘lib qolishini belgilovchi tanya qoidalar 
majmuasini dastlabki ishlab chiqishni ko‘zlaydi. 
Yondashuvlar empirik (tajribaga tayanuvchi), pragmatik (eng yaqin natijani 
olish vazifasiga tayanadigan) va ilmiy bo‘lishi mumkin. Eng samarali bo‘lib, 
albatta, tadqiqot maqsadlarini ilmiy qo‘yishni va uni o‘tkazishda ilmiy apparatdan 
foydalanishni nazarda tutuvchi ilmiy yondashuv hisoblanadi. Amaliyotda esa 


73 
vaziyatlar bilan ishlashda va echimlarni ishlab chiqishda ko‘pincha empirik va 
pragmatik yondashuvlar bilan cheklaniladi.
Tadqiqot metodologiyasi shuningdek, tadqiqotni yanada izchil va maqsadga 
yo‘nalgan holda o‘tkazish imkonini beradigan mo‘ljallar va cheklovlarni aniqlash 
va shakllantirishni o‘z ichiga olishi zarur. 
Mo‘ljallar yumshoq va qattiq, cheklovlar esa – yaqqol yoki noaniq bo‘lishi 
mumkin. 
Metodologiyada bosh vazifani tadqiqot vositalari va usullari bajaradi, ular 
rasmiy-mantiqiy, umumilmiy va maxsus turlarga bo‘linadi. 
Rasmiy-mantiqiy usullar – bu boshqaruv tadqiqotlari negizini tashkil etuvchi 
inson intellektual faoliyati usullaridir; umumilmiy usullar tadqiqotning ilmiy 
apparatini aks ettiradi; maxsus usullar boshqaruv tizimlarining o‘ziga xosligiga 
bog‘liq va boshqaruvchilik faoliyatining o‘zga xosligini aks ettiradi. Har qanday 
tadqiqot dalillar bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. 
Dalilli materialning nazariy va amaliy ahamiyati tadqiqot metodologiyasi 
bilan aniqlanadi. Metodologiya dalillarning o‘zaro aloqasini o‘rnatishga yordam 
beradi va keyingi tadqiqotning borishini yo‘naltiradi. U dalillarni, ularning 
ahamiyati, tahlil qilish va tartibga solishning muhimligi darajasiga qarab 
tanlashning asosi sifatida yuzaga chiqadi. Ayni vaqtda dalillarning o‘zi ham, 
ularning tarkibi, ishonchliligi, shakli va turkumi tadqiqotning metodologik 
sxemasini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli dalilli material ikki: 
tadqiqotning asosini tashkil qiluvchi metodologiya bilan ta’minlangan nazariy-
metodologik, hamda empirik tomonlarga ega. 
Gipotezaning nazariy-metodologik funksiyasi, birinchidan, aynan qo‘yilgan 
boshqaruvchilik muammosini echish uchun kerakli dalillarni tanlab olishga 
yordam berishida, va ikkinchidan, ma’lum ma’noda, unga ergashgan holda ushbu 
dalillarni eng yaxshi tarzda tashkil qilish mumkin bo‘lgan yo‘nalishni qayd 
etishida namoyon bo‘ladi. Empirik funksiya dalillarni olish imkoniyatlarida 
namoyon bo‘ladi. 


74 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin