Menejmentning tadqiqot usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/67
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189379
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик

Tasniflash – 
bu hodisalarni, va demak, ularni tavsiflovchi tushunchalarni ham 
muayyan sinflarga ajratish bo‘lib, u hodisalarning o‘ziga xosligini, ularning turli-
tumanligi, xossalari, aloqalari va tobeliklarini, umumiylik va xususiylikni ko‘rish 
hamda shu orqali ularning mohiyatini tushunish imkonini beradi. 
Tasniflashning ikkita turi mavjud: umumiyni bo‘lish va butunni taqsimlash. 
Umumiyni bo‘lish
ayrim umumiy alomatlarga va ayni vaqtda farqlarga ega hodisalar 
to‘plamini bo‘lishni nazarda tutadi. Ularning umumiyligini mezonda, ularning 
farqlarini – mansublik guruhlarida aks ettirish mumkin, masalan, insonning jins 
tavsifi umumiylikni tavsiflaydi, jinsiy farqlanishi esa mansublik guruhini belgilaydi. 
Shu tarzda, ta’sir ko‘rsatish – insonga, ma’lum maqsadni ko‘zlab, ongli ta’sir 
etishdir. Ta’sir ko‘rsatishlarning butun turli-tumanligini kuchli va kuchsiz, doimiy va 
davriy, bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatish va hokazolarga ajratish mumkin. Ushbu 
guruhlarning har birini ajratish ancha muayyan mezonga ega. 
Butunni taqsimlashning 
bosh belgisi shundan iboratki, bu erda tasniflash 
mezoni bo‘lib butunning bir qismi hisoblanadi. 
Tasniflash qanchalik batafsil o‘tkazilmasin, u doim butun ko‘rinishda namoyon 
bo‘luvchi birorta hodisaning mazmunini aks ettiradi. Masalan, ta’sir ko‘rsatish 
maqsadni qo‘yish, vaziyatni aniqlash, muammoni izlash, echimni ishlab chiqish va 
amalga oshirishdan iborat. 
To‘g‘ri va samarali tasniflashning quyidagi prinsiplari mavjudki, ularni hisobga 
olmay turib, tadqiqot ishi muvaffaqiyatli bo‘la olmaydi: 
1. 
Bir xil guruhlarni ajratish uchun umumiy mezon prinsipi: 
bitta tasniflash 
amali doirasida mezonni o‘zgartirgan holda tasniflashni amalga oshirish mumkin 
emas. Masalan, matematik va iqtisodiy boshqarish usullari mavjud, chunki birinchisi 


62 
modellashtirish usuliga ko‘ra, ikkinchisi esa – insonning ob’ektiv qiziqishlariga ko‘ra 
ajratiladi deb tasdiqlash mumkin emas. Har bir inson iqtisodiy manfaatlarga ega, 
lekin har bir inson uning mehnat faolligini belgilovchi matematik qiziqishlarga ega 
deb bo‘lmaydi. 
2. 
Hodisalar va tushunchalarni bo‘lishning mutanosiblik prinsipi: 
tushunchalar 
hajmi yoki hodisalar soni yig‘indisi bo‘linayotgan tushunchaning hajmi yoki 
o‘rganilayotgan hodisaning mazmuniga teng bo‘lishi kerak. Quyidagi fikr ushbu 
prinsipga amal qilmaslikka misol bo‘lishi mumkin: «Menejerlar ta’lim tavsifiga ko‘ra 
ikki guruhga: texnik va iqtisodiy ma’lumotli menejerlarga bo‘linadi». Bunday bo‘lish 
to‘la-to‘kis hisoblanmaydi: ayrim menejerlar ma’lumotning boshqa – ijtimoiy, tabiiy-
ilmiy va h.k. turlariga ham ega. Menejer ma’lumotini tahlil qilish, agar u to‘la-to‘kis 
tasniflashga tayanmagan bo‘lsa, muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin emas. 
3. 
Ajratilayotgan guruhlarning muqobillik yoki bir-birini istisno qilish prinsipi: 
tushunchalar yoki hodisalarning har bir guruhi faqat bitta turdagi tushunchaga 
mansub bo‘lishi kerak. Ajratilgan hodisalar yoki tushunchalar bir vaqtning o‘zida 
ikkita tasniflash guruhiga tegishli bo‘lmasligi zarur. Agar ijtimoiy-psixologik va 
iqtisodiy boshqaruv usullari guruhlari ajratilayotgan bo‘lsa, keyinchalik u yoki 
bunisini bo‘lishda bir vaqtning o‘zida ham ijtimoiy-psixologik, ham iqtisodiy usullar 
mavjud bo‘lishi mumkin emas. Bu boshqaruv amaliyotida unisi va bunisining 
aloqalari, tobeliklari va ularning kombinatsion qo‘llanishini inkor etmaydi. 
4
. Tasniflashning ko‘p bosqichlilik prinsipi, 
bu ketma-ket bosqichli tasniflashni 
bajarish imkoniyatini aks ettiradi. 
U hodisalarning xossalarini aniqlashtirish, uning asosiy alomatlari va 
xususiyatlarini tafsilotlashga ko‘maklashadi. Bu holda tarmoqlangan tasniflash 
sxemasi, maqsadlar, vaziyatlar, xossalar daraxti va h.k. vujudga keladi. 
Shuni yodda tutish kerakki, bunda doim tasnifli bo‘lishning chegarasi mavjud 
bo‘ladi. U faqat hodisaning yagona mohiyati doirasida amalga oshirilishi mumkin. 
Kelgusi bo‘lish mohiyatning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. 


63 
Bunday chegara bo‘lib, ijtimoiy-psixologik tizimlarni tadqiq qilishda ijtimoiy 
jonzot sifatidagi inson, biologiya sohasida – xujayra, fiziologiya sohasida – a’zo, 
texnika sohasida – detal, klassik fizika sohasida – jism va hokazolar hisoblanadi. 
5. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin