58
Argumentatsiyaning samaradorligi to‘g‘risida gapirar ekanmiz, tezisni qabul
qilishning dalil keltiruvchi istagiga mos darajasini haqiqatda erishilgan uni qabul
qilish darajasiga mutanosibligini hisobga olish zarur. Argumentatsiya muvaffaqiyati
quyidagilarga bog‘liq: birinchidan, retsipientning uni qabul qilishga moyilligiga;
ikkinchidan, X.Perelman ko‘rsatganidek, “har qanday argumentatsiya auditoriyaga
yo‘llangan, auditoriya tomonidan qabul qilinayotgan qarashlarga asoslanishi kerak”;
uchinchidan, argumentatsiyaning muvaffaqiyati uning ichki qabul qilinishi bilan
belgilanadi.
Sanab o‘tilgan omillar – samarali argumentatsiyaga erishish uchun zaruriy
shart-sharoitlar.
Mantiq (grekcha logike so‘zidan olingan) – tafakkur to‘g‘risidagi fan, fikr
yuritish qonunlari, shakllari va vositalari to‘g‘risidagi ta’limot. Mantiqiy
tadqiqotlarning asosiy maqsadi – fikr yuritish to‘g‘riligini tahlil qilish, qonunlar va
prinsiplarni ta’riflash bo‘lib, ularga amal qilish – xulosalash jarayonida haqiqiy
xulosalarni olishning zaruriy shartidir. Boshqaruv tizimlarini tadqiq etishda
o‘rganilayotgan tizimlar, ular komponentlarining mantiqiy tuzilishi o‘rganiladi,
ushbu komponentlar o‘rtasidagi mantiqiy aloqalar o‘rnatiladi.
Turli tushunchalarni aynan bir xil deb qarash – tadqiq qilishda eng ko‘p
tarqalgan mantiqiy xatolardan biri. Fikrlashning zid bo‘lmaslik talabi
Dostları ilə paylaş: